Bitiruv ishi buyicha maslaxatchilar
№
|
Bo’limlar nomi
|
Maslaxatchi
(F.I.O.)
|
Topshiriq
berildi
(imzo sana)
|
Topshiriq bajarildi
(imzo sana)
|
1.
|
Texnologik qism
|
|
|
|
2.
|
Iqtisod
|
|
|
|
3.
|
Avtomatlashtirish
|
|
|
|
4.
|
Mexnat muxofazasi
|
|
|
|
5.
|
Ekologiya
|
|
|
|
6.
|
Fuqaro muxofazasi
|
|
|
|
Bitiruv ishini bajarish rejasi
№
|
Bitiruv ishi bosqichlarining nomi
|
Bajarish muddati (sana)
|
Tekshiruvdan o’tganlik
belgisi
|
1
|
Kirish. Loyixani texnik – iqtisodiy asoslash.
|
|
|
2
|
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga qo’yiladigan texnik talablar.
|
|
|
3
|
Ishlab chiqarishdagi fizik-kimyoviy jarayonlarnining nazariy asoslari.
|
|
|
4
|
Xom ashyo materiallar ta’rifi va ularga qo’yiladigan talablar. Moddiy balans xisobi.
|
|
|
5
|
Ishlab chiqarish usulini tanlash. Ishlab chiqarishning texnologik tizimini tanlash va uning bayoni.
|
|
|
6
|
Texnologik jixozlarni tanlash, ularning texnik ta’rifi va xisobi.
|
|
|
7
|
Issiqlik qurilmasining issiqlik texnik xisobi. Ishlab chiqarishning nazorati.
|
|
|
8
|
Ekologik qism. Mehnat muxofazasi.
|
|
|
9
|
Fuqarolar muxofazasi.
|
|
|
10
|
Avtomatlashtirish qismi.
|
|
|
11
|
Iqtisodiy qism. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
|
|
|
Bitiruv ishi raxbari
(familiyasi, ismi, sharifi) (sana)
Topshiriqni bajarishga oldim
familiyasi, ismi, sharifi) (sana)
Topshiriq berilgan sana yil.
Mundarija
№
|
Mavzu
|
Bet.
|
1.
|
Kirish
|
3
|
2.
|
Texnik – iqtisodiy asoslash.
|
8
|
3.
|
Ishlab chiqarishda fizik-kimyoviy jarayonlarnining nazariy asoslari
|
10
|
4.
|
Ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlarga qо’yiladigan davlat andozasi talablari
|
24
|
6.
|
Moddiy balans hisobi
|
36
|
7.
|
Ishlab chiqarish usulini tanlash
|
42
|
8
|
Ekologik qism
|
48
|
9
|
Fuqarolar muhofazasi
|
60
|
10
|
Mehnat muhofazasi
|
63
|
11
|
Avtomatlashtirish qismi
|
68
|
12
|
Iqtisodiy qism
|
77
|
13
|
Foydalanilgan adabiyotlar rо’yhati
|
79
|
1. Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng bozor iqtisodiyotiga o’tishning eng maqbul yo’lini tanlab oldi. Prezidentimiz I. A. Karimov ishlab chiqishgan besh tamoyil asosida mamlakatimiz iqtisodiyotini yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani hech kimga sir emas. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida shunday deyilgan:
Biz bugun 2013-yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy sifat o‘zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir.
Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015-yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2013-yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati 121 foizga, qurilish materiallari sanoati 113,6 foizga, yengil sanoat 113 foizga va oziq-ovqat sanoati 109 foizga o‘sgani misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin.
So‘nggi 3-yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko‘paydi va import o‘rnini bosish bo‘yicha yakuniy samara 5 milliard 300 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi.
Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat edi.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam, xato bo‘lmaydi.
2013-yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‘mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‘sish sur’ati 2012-yilga nisbatan 25,8 foizni tashkil etdi.
O‘tgan yili aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlash va sotsial sohani rivojlantirish masalalari faoliyatimizda hal qiluvchi o‘rin egalladi.
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib qolmoqda.
Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi.
Ushbu ma’ruzadan xulosa qilgan holda, men mahalliy xom ashyolar asosida sifatli chinni mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, quvvati yiliga 10 mln dona mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning loyihasini o’z diplom ishimga oldim. Hozirgi kunda O’zbekistonda chinni mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalari mavjud emas, faqat kichik mas’uliyati cheklangan jamiyatlar Toshkent, Qo’qon, Rishton, Samarqand shaharlarida faoliyat yuritmoqda.
Chinni mahsulotlari ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda xom ashyolar yetarli hisoblanadi. Angren boyitilgan kaolini va giltuprog’i, Ingichka dala shpati, Jeroy kvarts qumi, Dehqonobod dolomiti va boshqalar shular jumlasidandir. Faqatgina ishlab chiqarishni to’g’ri amalga oshirish tufayligina sifatli mahsulot olishimiz mumkin. Bunda ishlab chiqarishga xom ashyolarni boyitish uskunalarini joriy etish va faqatgina boyitilgan xom ashyolarni ishlatish maqsadga muofiqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mahsulot narxi va sifatigina emas, uning dizayni ham ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda yangicha mahsulotlar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
2.Texnik-iqtisodiy asoslash
Har bir korxona loyihalashtirilishidan oldin texnik iqtisodiy tarafdan asoslanishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishda texnik iqtisodiy ko’rsatkichga avvalambor mahsulotning sifati asosiy ko’rsatgich hisoblanadi, sifatli mahsulotga esa qo’llanadigan xom ashyo materiallarni sifati talab darajasiga javob berishi kerak, bulardan tashqari korxonadan konlarning masofasi, mahsulotning tannarxi ham ta’sir etadi.
Bitiruv malakaviy ishida chinni ishlab chiqarish korxonasi Toshkent shaxriga qurish mo’ljallagan. Xom ashyo sifatida mahalliy xom ashyo materiallarini qo’llash mo’ljallangan: kaolin minerali sifatida boyitilgan Angren kaolini, Angren giltuprog’i, dala shpati “Ingichka” Samarqand viloyati, Jeroy kvarts qumi ko’zda tutilgan. Hozir Respublikamizga keltirilayotgan chinni mahsulotlari asosan Xitoydan valyutaga keltirilmoqda. Bitiruv malakaviy ishimizda mahalliy xom ashyo materiallari asosida olingan chinni mahsulotlari valyutani tejaydi, mahsulotni sifatini oshirib, tannarxini tushiradi. Seh yoki korxonani loyihalashtirishda avvalambor loyiha texnik iqtisodiy tomonidan yaxshilab o’rganib chiqiladi, asoslanadi. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun sifatli xom ashyolarni qo’llash kerak. Buning uchun har bir qo’llanayotgan xom ashyolar talabga javob beradigan darajada ishlov berilishi kerak. Malakaviy ishimizda xom ashyolarga ishlov berish va boyitish loyihasi ko’zda tutilgan.
1)Xom ashyo materiallari jumladan, kvarts qumi, dala shpati va dolomitlarni boyitish uchun boyitiladigan seh korxonadan masofasi uzoq bo’lishi kerak emas. Chunki, transport xarajatlari iqtisodiy tomondan tejaladi.
2) Xom ashyolarni boyitish uchun ko’zda tutilgan jihozlar sifatli va talab darajasiga javob berishi kerak. Masalan, kvars qumi tabiiy holatdagi kimyoviy tarkibini ko’rganimizda rang beruvchi komponentlarni miqdori 0,1 foizni tashkil qilsa, boyitilgandan so’ng, ularni miqdori kamayib 0,04- 0,07 foizni tashkil qiladi. Dolomit xom ashyosini tabiiy holatda 0,1 foizni va boyitilgandan keyin, 0,03-0,04 foizni tashkil qiladi. Bu esa, iqtisodiy jihatdan mahsulotlarni sifati oshadi, tannarxi arzonlashadi va bemalol raqobat bardosh bo’la oladi. Hom ashyoni tashish temiryo’l transportida keltiriladi, bu mahsulot tannarxini tushishiga olib keladi. Bundan tashqari Toshkent shaxrida korxonani qurilishiga sabab suv, gaz, elektr energiyadan foydalanish qulay hisoblanadi. Hozirgi rivojlanayotgan davrda respublikamizda yangi sifatli va mahalliy hom ashyo materiallari asosida mahsulot ishlab chiqarish juda muhimdir.
3. Chinni mahsulotlariga qo’yiladigan davlat andozasi talablari
Chinni buyumlariga 28390-89 raqamli davlat andozasi talablari qo’yiladi Quyidagi standart xo’jalik chinni buyumlari uchun amal qiladi.
Texnik talablar:
1.1 Buyumlar quyidagi standart asosida tasdiqlangan texnologik rejim va etalon namunalar asosida tayyorlanadi. Buyumlar 1 va 2 navli qilib chiqariladi.
1.2.1 Buyumlar quyidagi turlarga bo’linadi:
Shakli bo’yicha – yassi buyumlar (chuqurligi 25 mm dan ortiq bo’lmagan idishlar) va chuqur buyumlar (chuqurligi 25 mm dan ortiq buyumlar) .
O’lchamlari bo’yicha - mayda buyumlar (uzunligi yoki diametri 175 mm dan kam bo’lgan) , o’rtacha buyumlar (uznligi yoki diametri 175 mm dan 250 mm gacha) va yirik buyumlar (uzunligi yoki diametri 250 mm dan ortiq) .
Sopolakning qalinligi bo’yicha oddiy va yupqa devorli (idish sopolagining qalinligi 1,6 mm dan ko’p emas), idish sopolagining qalinligi 1,8 dan ko’p emas va boshqa buyumlar – idish sopolagining qalinligi 2,5 mm dan ko’p emas.
Ichimliklar uchun tayyorlanadigan buyumlar sig’imi bo’yicha mayda va yirik turlarga bo’linadi:
mayda – 500 sm³ dan kam
yirik – 500 sm³ dan yuqori
1.2.2 Oziq- ovqat mahsulotlari bilan tasirlashadigan buyumlarga Vazirlik tomonidan ruxsat berilgan retseptura asosida tayyorlangan sir va bo’yoqlar ishlatiladi.
1.2.3 Buyumlarni oziq- ovqat bilan ta’sirlashadigan ichki yuzasidan qo’rg’oshin va kadmiyning miqdori quyidagi kattaliklardan ortiq ravishda ajralib chiqishi mumkin emas:
Yassi buyumlardan qo’rg’oshin 1,7 mg/dm³, kadmiy 0,17 mg/dm³
Mayda va o’rta chuqur idishlardan qo’rg’oshin 5 mg/dm³, kadmiy 0,5 mg/dm³
Yirik chuqur buyumlardan qo’rg’oshin 2,5mg/dm³, kadmiy 0,25 mg/dm³
1.2.4 Sifat ko’rsatgichlari bo’yicha buyumlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-
Ko’rsatkich
|
28390-89 sonli Davlat standarti
|
Egilish bo’yicha mexanik mustahkamligi, МPа
|
70-90
|
Suv yutuvchanligi, %
|
0-0,5
|
Umumiy qisqarish, %
|
-
|
Hajmiy og’irlik, g/sm3
|
2,25-2,42
|
20-800ОС da IKK,
.10-6 оС-1
|
4,0-5,0
|
Oqligi, % sirlanmagan
|
55-70
|
Shaffofligi,%
1
2
|
11,0
3,0
|
Issiqlikka bardoshligi,
issiqlik almashish sikli
|
8 va undan yuqori
|
1.2.5 Buyumlarda ko’rsatilgan talablarga ko’ra nuqsonlarning bo’lishi mumkin emas.
1.2.6 Gorizontal tekislikda buyumlar turg’un bo’lishi kerak.
1.2.7 Choynak va kofeyniklarni 70º ga og’dirganda uning qopqog’i tushib ketmasligi kerak.
1.2.8 Buyumlarning yopishtiriladigan qismlari ularning asosiy qismiga mustahkam tarzda yopishgan bo’lishi kerak.
1.2.9 Buyumdan suyuqlikni oqib tushadigan qismidan u ajralmas tor oqim tarzida oqib tushib, buyumning korpusiga tegmasligi kerak
1.2.10 Buyumlardagi sir surtilmagan joylar, ya’ni tagi, buyum chetlari, qopqoqni joylashadigan joyi shlifovka qilinishi lozim.
1.2.11 Rangli sopolakka ega va rangli bo’yoqlar surtilgan buyumlarning rangi bir tekis bo’lishi kerak.
1.2.12 Nodir metallardan hosil bo’lgan plyonka buyum sirtiga mustahkam tarzda yopishgan bo’lishi kerak.
1.2.13 Yassi idishlar bir to’da qilib taxlanganda sinib ketmasligi lozim.
1.2.14 Buyumlarni oziq- ovqat mahsulotlari bilan ta’sirlashadigan yuzasi kislotaga chidamli bo’lishi kerak.
1.3 Buyumlar 28389 raqamli Davlat andozasi asosida markirovka qilinishi va qadoqlanishi kerak.
Buyumlarni sinash metodlari
3.1 Buyumlarning chiziqli o’lchamlari va nuqsonlarning chiziqli o’lchamlari shtangensirkul orqali GOST 166 yoki chizg’ich bilan GOST 427 bo’yicha, buyumlarning sig’imi GOST 1770 bo’yicha idishlarni suvga to’ldirib o’lchov idishi yordamida aniqlanadi.
3.2 Buyumlarning gorizontal yuzadagi turg’unligi ularni suvga to’ldirilgan holda 15º ga og’dirib tekshiriladi, bunda idish yiqilib ketmasligi kerak.
3.3 Idish qopqog’ining o’rnashishi idishni maxsus asbob yordamida normativ- texnik hujjatlar asosida og’dirish asosida aniqlanadi.
3.4 Buyumga yopishtiriladigan qismlarning mustahkamligi bir marta yuk berish yordamida aniqlanadi.
3.5 Buyumlarning shlifovka qilinish sifati, rangi, nodir metallar qoplamalarining yopishish sifati aniqlanadi.
3.6 Buyumlarning oqligi 24768- sonli GOST yordamida aniqlanadi.
3.7 Buyumlarning shaffofligi GOST 24769 orqali aniqlanadi.
3.8 Termik bardoshlik GOST 24770 orqali aniqlanadi.
3.9 Buyumlarning suv yutuvchanligini aniqlash uchun 5 ta buyum sinig’idan olingan namunalar sirdan tozalanib, quritiladi (termostatda 100-120º C da), keyin eksikatorda 20±5 ºC da sovutilib, tortiladi. So’ngra namunalar suvda 4±0,5 soat davomida qaynatilib, keyin sovutiladi. Keyin suvdan chiqarilib nam siqilgan latta bilan artilib, tortiladi.
Barcha tortish ishlari ±0.01 g aniqlikdagi tarozilarda amalga oshiriladi.
Suv yutuvchanlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bu yerda m1- quritilgan manunaning boshlang’ich massasi, g m2 – namunaning qaynatilgandan so’nggi og’irligi, g
O’rtacha qiymat sifatida 5 ta parallel aniqlashlarning o’rtacha arifmetik qiymati olinadi.
3.10 Kislotaga bardoshlik GOST 24970 bo’yicha aniqlanadi.
3.11 Yassi buyumlarning mexanik mustahkamligi 10 ta tarelka yoki laganlarni taxlab, ustidan 100 ta buyumning o’g’irligiga teng massa bilan yuk berish orqali aniqlanadi.
3.12 Yassi idishlarning deformatsiyasi o’lchov asboblari yordamida buyum cheti bilan tekislik orasidagi tirqishni o’lchash yordamida aniqlanadi.
3.13 Qo’rg’oshin va kadmiyning chiqishi GOST 25185 orqali aniqlanadi.
3.14 Markirovka qilish va qadoqlash GOST 28389 orqali aniqlanadi.
4. Buyumlarni tashish va saqlash. GOST 28389 orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |