Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


Chinni buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash



Download 0,94 Mb.
bet14/18
Sana12.01.2022
Hajmi0,94 Mb.
#338968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
CHINNI ISHLAB CIQARISH. BBM

2. Chinni buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash

Shlikerli massadan quyish usuli chinni buyumlarini shakllashning eng qadimiy usuli hisoblanib, u ishlab chiqarishda 100 yildan ortiq vaqt mabaynida qo'llanib kelmoqda. Shlikerli massadan quyish usulining asosida oquvchan holdagi massani o'zining suvini g’ovak holdagi gips qolipiga berib, uning sirtida qoliplanayotgan buyumning zich holdagi qatlamini hosil qila olish qobiliyati yotadi. Shlikerli massadan quyish usulida plastik massa asosida shakllanishi mumkin bo'lmagan ya'ni aylanuvchi jism shakliga ega bo'lmagan buyumlar olinadi. Ularga haykalchalar, skulptura buyumlari, ko'zachalar, chuqur tovoqlar, salat solinadigan idishlar va boshqalar kiradi. Bu usul bo'yicha yana yupqa devorli qahva va choy servizlarining buyumlari, hamda suyakli chinni buyumlar ham shakllanadi. Plastik massadan qoliplangan choynak, chashka, ko'zachalarning bandlari, qopqoqlari va jo'mraklari ham shliker massadan quyish usuli bo'yicha olinadi. Shlikerli massadan quyish usulining plastik usulda shakllashdan ko'ra quyidagi afzalliklari mavjud: -massani suvsizlantirish va tiniqtirish jarayonlarining bo'lmasliklari tufayli ishlab chiqarish sikli ancha qisqaradi; -shlikerni ixtiyoriy masofaga tashib olib borish imkoniyati tug’iladi; -yupqa devorli buyumlarni shakllashning mumkinligi; -buyumlarning yuqori darajada shaffoflikka, oqlikka, turli murakkab shakllarga ega bo'lishi, ularning engil va yuqori estetik ko'rinishga ega bo'lishi; -kam plastiklikka ega bo'lgan massalarni ishlatish mumkinligi. Shlikerli massadan quyish usulining kamchiliklari:

-mehnat sharoitining og’irligi;

-elektrolitlarni ishlatish zarurligi;

-katta ishlab chiqarish maydonining kerak bo'lishi;

-gips qoliplarni tez ishdan chiqishi;

-Qaytadan ishlatish mumkin bo'lgan chiqitlar miqdorining yuqoriligi;

-yuqori unumdorlikka ega bo'lgan jihozlarning yo'qligi.



Ana shu kamchiliklar sababli, shlikerli massadan quyish usuli umumiy ishlab chiqarish hajmining atiga 4-6% ni tashkil etadi. Shlikerli massadan quyish usulining mohiyati. Shliker tayyorlanayotgan massa komponentlari suvli muhitda turg’un suspenziyani hosil qila oladilar va suspenziya gips qoliplariga solinganda, kapillyar kuchlar asosida o'z suvini g’ovaklar orqali gipsga shimdirib, uning sirtida massaning qattiq qatlamini hosil qiladi. Ushbu hodisa shlikerning oquvchanligi va quyilish xususiyatlari evaziga sodir bo'ladi. Bunda suv suyuq faza sifatida va hamda elektrolitlar shlikerga kerakli xususiyatlarini bahshida etadilar. Buyumlar devorlarining gips qoliplarida shakllanishi shliker qattiq fazalarining qolipning ichki sirtiga cho'kib, suyuq fazaning g’ovaklar orqali so'rilishi asosida ro'y beradi. Bunda buyum devori qatlamining to'planish tezligi shlikerdan gipsga suvni yutilish tezligiga, shlikerdagi qattiq fazaning granulometrik tarkibiga, qattiq va suyuq fazalar nisbatiga, shlikerdagi suvning buyum qatlamidan diffuziyalanish tezligiga bog’liqdir. Shlikerli massadan quyish usulining turlari va xususiyatlari. Shlikerli massadan quyish usulining quyidagi turlari mavjud: to'ldirish usuli, to'kish usuli, yana quyish usuli (kombinatsiyalashtirilgan). To'ldirish usuli yordamida buyumlar shakllanganda shliker gips qolipining ikkita devori orasiga u to'lgungacha quyiladi. Bunda shlikerning namligi massa tarkibida bentonit bo'lmaganda 31-34 % ni, bentonit bilan esa 38-40 % ni, yarim avtomatli quyish konveyerlarida 29-30 % ni tashkil etadi. Shlikerning oquvchanligi 15 s, quyuqlanishi 30 minutdan so'ng 1,3-2 birlikka teng. Bunda buyum qatlami gips qolipining ikkita devori orasida hosil bo'ladi. Shlikerni qolipga u to'liq ravishda to'lib bo'lgunigacha quyib-quyib turiladi. Bunda quyish kanallari massa bilan to'lib qolmasliklari uchun, ularni mineral yog’da qizdirilgan stearin eritmasi bilan ishlanadi. Bu usulda devorlari qalin bo'lgan buyumlar: oval shakldagi chuqur idishlar, jumraklar, bandlar quyiladi. To'ldirish usuli yordamida buyumlar devorining qalinligi bir xil chiqib, shlikerning namligi va sarfi minimal tarzda bo'ladi. To'kish usuli yordamida buyumlarni shakllash jarayonida shliker gips qolipining ichiga to'lgunicha quyiladi. Ma'lum vaqt o'tganidan keyin suvning shimilishi oqibatida qolip shliker chegarasida zichlangan massa qatlami vujudga keladi, uning qalinligi shlikerning xossalariga va gips qolipiga bog’liq bo'ladi. Shlikerning ortiqchasi to'kib tashlanib, qolipda to'plangan massa qatlami qoladi. Bu usulda bir xil qalinlikdagi devorga ega buyumlar ya'ni chashkalar, qaymoq va sut solinadigan ko'zachalar va boshqalar olinadi. Bunda shliker yuqori darajadagi oquvchanlikka ega bo'lishi kerak. Yana quyish usuli (kombinatsiyalashtirilgan usul) ikkita bosqichda olib boriladi. Bunda avval to'ldirish usuli yordamida buyumning yassi qismi yasaladi. Ushbu vazifani bajarish uchun 2 ta qismdan iborat qolip ishlatilib, ma'lum vaqt o'tgandan so'ng u ajratiladi. So'ngra qolipning bir qismi o'rniga gips qolipining boshqa qismi o'rnatilib, unda to'kib tashlash usuli yordamida buyumning boshqa qismi shakllanadi. Shakllash yakunida ortiqcha qatlam kesib tashlanib, buyumning chetlari tekislanadi va tozalanadi.
12. Ekologik qism

Fan va texnikaning rivojlanishi va yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishda keng joriy etilishi natijasida insonning tabiatga ko'rsatilayotgan ta'siri (antropogen ta'sir) jadallashib bormoqda. Inson va tabiat orasidagi o'zaro munosabatlar murakkablashib, ushbu ta'sir tabiiy omillar bilan qiyoslanadigan darajaga yetdi. Shuning uchun atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi.

Biosferada antropogen ta'sir qilish shu darajaga borib etdiki, yer yuzida ham tabiiy o'zgarishlar ro'y berib, ba'zi mintaqalarda hayot kechirish amri mahol bo'lib qoldi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan tejamkorona va oqilona foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalarida keng joriy etish kabi masalalar eng muhim va o'z yechimini kutayotgan umumdavlat vazifalariga kiradi.

Respublikamiz va xususan, viloyatimiz miqyosida jiddiy va keskin ekologik vaziyatlarni vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish o'sish sur'atlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish sur'atlardan bir necha marotaba yuqoriligidadir. Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag’lar (u milliy daromadning 1,5-2% ni tashkil etadi) kerakli miqdoriga nisbatan bir necha o'nlab marotaba kamdir.

Rivojlangan mamlakatlarda esa, bu ko'rsatgich korxona mablag’ining 25-30% ni tashkil etmoqda. Ko'p o'n yilliklar davomida vujudga kelgan ekologik muammolarga siyosat aralashib, ularga panja orqasidan qarab kelindi. Ularni nazar pisand qilmaslik shu darajaga yetdiki, kelib chiqish sabablari hamma tomonlama o'rganilmay qoldi.

Natijada atmosfera havosi, tuproq va suv manbalari zararlandi, atrof - muhitga misli ko'rilmagan darajada zarar yetkazildi. Ma'lumotlarga qaraganda, inson sog’ligining 67 - 74% tashqi muhit, ovqatlanish va yashash sharoitiga, 16 - 18% genetik va nasliy omillarga va faqatgina 10 - 15% sog’liqni saqlash xizmatiga bog’liq. Demak, hayot kechirish uchun atrof - muhitni zararlamaslik chora-tadbirlarini ko'rish har bir ishchi, xizmatchi, mutaxassis, muhandis va rahbarning asosiy burchi bo'lishi kerak.

Sayyoramiz sog’lomligi - bizning sog’ligimiz demakdir! Atrof muhitni muhofaza qilish borasida O'zbekiston Respublikasida quyidagi qonunlar qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g’risida» gi qonuni; O'zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g’risida» gi qonuni; O'zbekiston Respublikasining «Davlat saniyatariya nazorati to'g’risida» gi qonuni; O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to'g’risida» gi qonuni; O'zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g’risida» gi qonuni; O'zbekiston Respublikasining «O'simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g’risida» gi qonuni.

Chinni buyumlari xalqimizning kundalik ehtiyojida keng qo'llaniladigan, tibbiyot sohasida, uy-ro'zg’orda, qurilish va boshqa tarmoqlarda ishlatiladigan mustahkam, oq,     58 ba'diiy bezalgan, sirlangan buyumlardir. Ular ishlatilish sohalari va xususiyatlariga ko'ra turlicha harakterlanadilar.

Chinnilar tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi va pishirish haroratlari bo'yicha ham turlichadir. Chinni buyumlariga bo'lgan ehtiyoj katta bo'lganligi sababli ularni keng miqyosda ishlab chiqarish, yangi xom-ash'yo turlari topish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.

Chinni buyumi tarkibiga kiruvchi chinni gili va giltuproqni odatda yer ostidan kavlab chiqarish korxona yaqinidagi ochiq sayoz kon-karyerlarda amalga oshiriladi. Xom ashyo sidiradigan va yuklaydigan mashina-skreper, buldozer yoki ekskavator yordamida avvalo karyer yuzasi o'simlik, kulrang tuproq, qum va ohaktosh qoldiqlaridan tozalanadi, oqava ariqlari yo'qotiladi hamda yo'li quritiladi. So'ngra turli usullarda asosiy xom ashyoni kavlash va transport vositalariga yuklash ishlari amalga oshiriladi.

Chinni buyumlarga termik ishlov berish texnologiyaning eng murakkab va mas'ul jarayoni bo'lib, tayyor mahsulotning ma'lum darajali sifatini ta'minlaydi. Qoliplangan chinni buyumlari kabi quritiladi, so'ngra tunnel pechlarida kuydiriladi. Sopol buyumlari kabi bu yerda ham termik ishlov ikki bosqichda olib boriladi.

Birinchi bosqichda harorat ikkinchisiga nisbatan kamroq bo'ladi. Masalan, xo'jalik-maishiy chinnisi avval 900-950 gradusli haroratda kuydiriladi, sirti sirlanadi va 1300-1350 darajali haroratda ikkinchi martaba kuydiriladi. So'ngra mahsulot yuzasiga bo'yoq surtiladi, “oltin suvi” beriladi va nihoyat past haroratda amalga oshiriladigan va bo'yoqlarni qotirishga xizmat qiladigan uchinchi kuydirishga jo'natiladi..

Tayyor buyum saralanib, sortlarga ajratiladi. So'ngra maxsus yashik va konteynerlarga joylanadi va tayyor buyumlar omboriga jo'natiladi. Termik ishlov vaqtida kaolin, gil va dala shpati parchalanadi. Kvarts esa polimorfizm hodisasiga duch keladi.

Natijada uch molekula alyuminiy (III) oksidi ikki molekula kremniy (IV) oksidi bilan birikib, mullit nomli o'ta mustahkam, issiq va sovuq ta'siriga chidamli, kimyoviy turg’un va ninasimon moddani hosil qiladi.

Dala shpati esa massa tarkibida ko'zga ilg’amas holda erib, chinnining yaltirashi va oqligini ta'minlovchi shisha modda hosil qiladi. Odatda, xo'jalik- maishiy chinnisi tarkibidagi bunday shishaning miqdori 40-50 protsentgacha boradi. Kvarts esa yuqori harorat ta'sirida tridimit nomli formaga o'tadi.

Albatta, massa tarkibida oz miqdorda bo'shliq va havo bo'ladi. Chinni buyumlar ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyodan foydalaniladi.Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarur bo'lgan shunday vositalardirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta'sir etadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, «tabiiy resurslar» tushunchasini ko’pgina olimlar turlicha ta'riflashadi. Masalan, geograf olimlar, akad. I.P.Gerasimov va prof. D.L.Armand tabiiy resurslarga eng to'liq ta'rif berganlar: «tabiiy resurslar- kishilar bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashi uchun zarur bo'lgan xilma-xil vositalardir». Prof. YU.G.Saushkin esa «elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun     59 xom ashyolarni tabiiy resurslar deb ta'riflaydi. Geograf olim A.A.Minc esa , «Tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo’nalishlariga qarab ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni» birinchi o’ringa qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya'ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalanishiga qarab guruhlarga ajratiladi.

Shunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bo’linadi. Aslida, tabiiy resurslar ikkita asosiy guruhga bo’linadi: A. guruhi - moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilgi mahsulotlari, metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar kiradi. V guruhi - ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari.

Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi. Tabiiy resurslarga oziq ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan ma'danlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och taxtalar, energiya va yoqilg’i manbalari bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi.

Ma'lumki ,har qanday ilg’or, zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni atmosfera havosiga va oqova suvlariga va atrof muhitga turli chiqindilarsiz faoliyat ko'rsata olmaydi. Men loyihalashtirayotgan chinni mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlov berish sehida mahsulot ishlab chiqish jarayonida atmosferaga zaharli gazlar chiqadi.Va ularni ta'sirini kamaytirish maqsadida korxona atrofiga ko'kalamzorlashtirilgan hudud barpo etish lozimdir.

“Chiqindisiz texnologiya” inson ehtiyojlarini qondirish, bilim, usullar va vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan unumli foydalanishni ta'minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir. “Chiqindisiz texnologiya” - bu mahsulotning shunday ishlab chiqarish usuliki, unda xom ashyo - ishlab chiqarish - iste'mol qilish - ikkilamchi xom ashyo resurslari siklida energiya va xom ashyolardan unumli va kompleks ravishda qo'llaniladi va tabiiy muhitga yetkazilgan har qanday ta'sir uning normal holatidan chiqara olmaydi.

Ushbu ta'rifda 3 holatni ajratish mumkin:

1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil etadi.

2. Xom ashyo tarkibidagi barcha komponentlardan unumli foydalanish, iloji boricha energiya resurslari potensialidan to'laroq foydalanishning majburiyligi.

3. Chiqindisiz texnologiya tabiiy muhitga ta'sir qilib uning normal ishlashiga ta'sir etmaslik.

Kam chiqindili texnologiya mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta'sir ruhsat etilgan sanitar-gigiyenik me'yorlardan oshmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik, tashkiliy va iqtisodiy sabablar tufayli xom ashyoning ma'lum bir kichik qismi chiqindi bo'lib qolishi mumkin va ular ekologik havfsiz joylarda saqlanadi yoki ko'miladi. Havoga chiqindilar maxsus gazlarni yoqib tashkil qilingan manbadan jihoz va moslamalarni germetikligini buzilishiga hisobiga jarayonlarni borish texnologiyasini     60 buzulishi hisobiga xom ashyo va mahsulotlarni ortish va tashish vaqtida tushishi mumkin.

Havoga tashlanayotgan chiqindilari quyidagi usullar bilan tozalanadi.

1. Mexanik 2. Ho'llash 3. Filtrlash 4. Elektrostatik 5. Tovush va ultratovush yordamida koagullash.

Havoni zararli gazlardan tozalash uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: 1.Absorbsion 2.Adsorbsion 3.Katalitik 4.Termik.

Qattiq chiqindilarni qayta ishlash uchun : 1. Mexanik 2. Mexano-termik 3. Termik usullardan qo'llaniladi. Umuman olganda sanoat chiqindilaralarining 4 xil xavflilik sinflari mavjud bo'lib, 1 O'ta xavfli 2 Yuqori xavfli 3 O'rtacha xavfli 4 Kam xavfli sinflarga farqlanadi Atmosfera havosiga tushayotgan turli iflos moddalarning zaxarlilik darajasini ularning 1 m3 havodagi mg lar (mg/m3 ) miqdorini aniqlash yo’li bilan aniqlanadi.

Aerozollar tarkibidagi changning miqdori esa bir birlik yuzaga cho’kayotgan g-lar (g/m2 ) miqdorini aniqlash yo’li bilan aniqlanadi.

Zaxarli moddalarning insonga, hayvonlar va o'simliklapga eng minimal ta'sirini aniqlash uchun 200 xil modda uchun chegaraviy mumkin bo'lgan miqdor (CHMM) ishlab chiqilgan.

CHMM asosan quyidagi ko'rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan:

1. U yoki bu moddaning chegaraviy mumkin bo'lgan miqdori deb uning shunday miqdorini tanlab olinadiki, shu miqdordagi har qanday modda insonga ta'sir ko'rsatganda uning ish qobiliyatini kamaytirmaydi va salomatligi, kayfiyatiga hech qanday ta'sip ko'rsatmaydi.

2. Zaxarli moddalarga moslashish noxush hisoblanib, o’rganilayotgan miqdorning mumkin emasligining isboti hisoblanadi.

3. Zaxarli moddalarning o'simliklarga, iqlimga, atmosfera havosining tiniqligiga va aholining yashash sharoitlariga noxush ta'sip ko'psatayotgan miqdorini mumkin bo’lmagan miqdor deb belgilansin.

Xar bir modda uchun tegishli CHMM kabul qilingandir. Xavoni changdan tozalashning quyidagi usullari mavjuddir, 1) gravitatsion usuli 2) quruq inertsion va markazdan qochma kuch asosida tozalash usuli 3) ho'llash usuli 4) filtrlash usuli 5) elektrostatik usul 6) tovush va ultratovush yordamida koagullash usuli.     61

Atmosfera havosini zaxarli gazlardan tozalash jarayoni asosan gazlarni suyuqlik va qattiq jism chegara sirtlarida boruvchi kimyoviy o’zgarishlar hisobiga olib boriladi.

Zaxarli gaz moddalarning fizik-kimyoviy xossalari, ularni ajratib olinish sharoitlariga binoan ularni tozalash uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar qo'llaniladi: 1. Adsorbsiya 2. Absorbsiya 3. Katalitik 4. Termik Har bir modda uchun tegishli CHMM qabul qilingandir. Tozalash moslamasi o'rnatishni zarurligini asoslash uchun CHMCH ni hisoblaymiz. CHMMso=3 mg/m3 CHMMsi2o=0,05 W=3m/s-gaz-havo aralashmasini manbadan chiqishining o’rtacha tezligi D=2m-chiqindilar manbasining diametri N=10 m-manba balandligi F=1-Zaharli moddalarning atmosfera havosida cho'kish tezligini hisobga oluvchi koef. A=240 n=1 m=1 Kimyo sanoatida suv-xom ashyo, erituvchi, reaksion muhit, ekstragent, absorbent sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor mahsulotlarni va uskunalarni yuvishda ishlatiladi.

Texnologik jarayonlarda ishlatilgan suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o'g’itlarni ishlab chiqarishdagi oqova suvlar kislota, ishqor va tuzlar bilan ifloslanadi.

Oqova suvlarning ifloslik darajasi quyidagi ko'rsatgichlar orqali aniqlanadi: 1) Orgonaleptik ko'rsatgichlar (rangi, hidi, mazasi,tiniqligi va h.k.)

2) Fizik-kimyoviy ko'rsatgichlar (pH, temperatura, elektro’tkazuvchanlik, suvning qattiqligi, qovushqoqligi, zichligi, sirt tarangligi va h.k.)

3) Erigan organik va anorganik moddalapning miqdori, kislorodning kimyoviy (XPK) va biokimyoviy (BPK) sarflanishi

4) Kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdori. Oqova suvlarning bir necha sinflanishi mavjuddir.

Iflos suvlarning bir necha sinflanishi mavjuddir. Iflos suvlarning effektiv tozalash sxemasini tanlab olish uchun eng qulay bo'lgan sinflanish - by L.A.Kulskiy sinflanishidir. Ushbu sinflanishga binoan suvlar 4 guruhga bo’linadi: 1 guruh - suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan suvlar, zarrachalar kattaligi l0-3-10-7m 2 guruh - suvda erimaydigan mayda dispersli va kolloid zarrachalar bilan ifloslangan suvlar , zarrachalar kattaligi l0-7 - 10-9m. 3 guruh - suvda erigan opganik moddalar bilan suvlar 4 guruh - suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan suvlar (kislota, ishqor, tuzlar).     62 Oqova suvlarning har bir guruhiga o’ziga xos tozalash usullari mavjud bo'lib, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) Mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, sentrafugalash); 2) Fizik-kimyoviy usullar (flotatsiya, adsorbsiya, flokulyatsiya, koagulyatsiya, ekstraksiya, ion almashinish usuli); 3) kimyoviy usullar (neytrallash, oksidlash, qaytarish, tepmooksidlash) 4) biokimyoviy usullar - tipik opganizmlarning organik ifloslantiruvchi moddalarning ozuqa sifatida iste'mol qilishiga asoslangandir. Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bo’linadi: regenerativ usullar - ifloslantiruvchi moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta ishlatishga asoslangan; destruktiv usullar esa ifloslantiruvchi strukturasini buzib yuborib zararsizlantirishga asoslangandir. Korxonadan chiqayotgan chiqindilar jadvalda ko’rsatilgan. Atmosferaga tashlanayotgan gaz chang chiqindilari va ularni tozalash usullari





Gaz va chang chiqadigan manba



Ajratilayotgan chiqindilar miqdori

  1. gazsimon

  2. changsimon

Chang gazlarning miqdori m3/sut

Tozalagich lar va uskunalar

CHMM

Chiqindi- lar

rekuperats iyasi



Bo’lakla- gich

Qizdirish






Chang (Si2O)

CO


0,06

4


Filtr

Adsorber





0,05

3


Qayta

ishlatiladi



Oqova suvlar va ularni tozalash



Oqova

suvlarining turlari



Oqova suvning hajmi m3 /soat

  1. tashlanayotgan

  2. tashlab yuborilayotgan

Iflosliklar tarkibi

Toza-

lash usullari



Tozalagich moslama-

lar va uskunalar



Tozalan-

gan suvning ishlatish yo’llari



Texnologik jarayonda hosil bo’layot gan

Maishiy ehtiyojlar



224-258

Shlam

Tindi- rish

Tindirgich

Qayta

ishlatila di





Korxonani suv bilan ta’minlanishi

Suv bilan ta’minlash manbasi

Suvdan foydalanish me’yori, m3/sut

Aylanma harakatdagi suvning hajmi, m3/sut

Toza suvni tejash

Loyiha bo’yicha

Aslida

Suv saqlash ombori

300

280

250



90

“Chinni mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi” aholi punktidan sanitar himoya zona 50 m uzoqlikda, aholiga zaharli gaz, chang yetmasligi uchun yon atrofi daraxtlar va gullar bilan obodonlashtirilgan bo'lishi kerak “Chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi” da turli xildagi zaharli gazlar, kislotalar va tez alangalanuvchan moddalar mavjud. Shuning uchun ob'ektda fuqarolarni, ya'ni ishchilarni favqulodda vaziyatlardan himoyalash uchun fuqaro muhofazasi shtabi tashkil etilgan. Bu shtabni vazifasi ob'ektni xavfli deb hisoblangan nuqtalarini kuzatish va nazorat qilishdan iborat. Korxonada fuqaro muhofazasini tashkil etish.

Fuqaro himoyasining asosiy vazifalari:

1.Aholini umumqirg’in qurollardan saqlash.

2. Xalq xo'jaligi sehlarining ishlash turg’unligini oshirish.

3. Qutqaruv va tiklovchi ishlarini olib borish.

Korxonada fuqaro muhofazasini tashkil qilish omillari yuqoridagilardan iborat.

“Chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi” da Fuqaro muhofalarini ta'minlash maqsadida moddiy texnik bazasidan kelib chiqib quyidagi bo'lim va xizmatlar tashkil qilingan.

1. Umumiy aloqa xizmati (telefon).

2. Qo'riqlash xizmati.

3. Yong’inga qarshi kurash bo'limi.

4. Tibbiy bo'lim xizmati.

5. Avariyaviy texnik xizmat.

6. Moddiy texnik ta'minot bo'limi.

7. Transport bo'limi.

8. Markaziy tahlil laboratoriyasi.

“Chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish korxanasi” da sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulotda vaziyatlar.

Korxona territoriyasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavfli hodisalarga: zilzila, yong’in, portlash, kimyoviy zaharlanish kiradi. Korxonadagi bino inshootlar zilzilaga bardoshli materiallardan, ya'ni temir beton konstruksiyasidan foydalanilgan, hamda pishig’ g’ishtlardan qurilgan. Korxona 6-8 ballga chidamli seysmik zonada joylashgan. Agarda 8 ballik zilzila sodir bo'lsa, korxona binolaridagi energetik tizimlarning buzilishi, yong’in natijasida aloqa vositalarining buzulishi sodir bo'lishi mumkin.

Zilzila vaqtida ishchilar darhol bino ichidan chiqib, binolardan, elektr energiya tizimlaridan uzoqroq turishlari shart. Ob'ektda chang va zaharli gazlar mavjudligi ularning miqdori saqlanish qoidalari deganda asosan atrof muhitga kuchli ta'sir qiluvchi va odamlar hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar hisoblanadi.

Korxonadagi avariyalar, yong’in va portlashlar favqulotda vaziyatlarida xavfi tug’ilganda va sodir bo'lgan xavf darajasini ko'rsatadigan ikkita bildirish rejimini belgilanadi: 1) Yuqori tayyorgarlik rejimi 2) Favqulotda rejim Bunday hollarning hammasida hokimiyatlarga, tuzilmalarga, tibbiy xizmatga, yong’in xavsizligi xizmatiga xabar berish kerak. Korxonada mavjud kuchli ta'sir qiluvchi modda, uning miqdori saqlanish tartibi:

Alyuminiy oksidi - oq rangli glinozem, hidsiz, temperaturaga chidamli,toksik xususiyati yo'q, suvda yaxshi erimaydi.

Favqulodda Vaziyat yuz berganda “Diqqat Hammaga” ovozli signal orqali ishchixizmatchilarga xabar qilinadi. Ta'sir etuvchi zaharli modda va chang bilan ishlovchi sehlarda ishchi va xizmatchilar ob'ekt fuqaro muhofazasi bo'limi (FM shtab) hodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlangan bo'lishlari kerak.

Nafas olish organlari shaxsiy himoya vositalari nafas olish organlarini turli kasalliklarni keltirib chiqariuvchi mikroblardan va toksinlardan muhofaza qiladi. Berilgan oyoq kiyim va kiyimlar ishchiga mos o'lchamda bo'lishi kerak. Maxsus kiyim ishlaganda siqmasligi kerak. Ish paytida ishchilar berilgan maxsus kiyim va oyoq kiyimida bo'lishlari shart.

Qurilmani texnologlari quyidagi maxsus kiyim bosh bilan ta'minlanadi: paxtali pidjak, paxtali fufayka, paxtali shim, charm tufli, rezina fartuk, bundan tashqari qurilmada ishlovchi navbatchi chilangarlar mahsus brezent pidjak bilan ta'minlanadilar.

Har bir ishchi zararlanmasligi uchun yo'riqnomadan o'tgan va birinchi tibbiy yordam berishni bilishlari kerak. Ishchilar, muhandis-texnik hodimlarga qurilma hududida va atrofida sizdirgichli gaz niqobisiz kirish ta'qiqlanadi. Gazniqoblar ikki turga bo'linadi:

Filtrlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH); Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).

Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish. Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda vaziyatlardan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko'rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir. Avariya qutqaruv ishlari quyidagi vazifalar orqali olib boriladi:

1.FV hududlarida razvedka ishlarini olib borish hamda harakatlanish yo'nalishlarini rejalashtirish. 2.Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish. 3.Jabrlangan guruhlarga ajratgan holda birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish. Boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishga quyidagilar kiradi: 1.Insonlarni ommaviy piyoda yoki transportda harakatlanish yo'llarini ochish hamda xavfli jismlardan tozalash. 2.Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan avariyalarni to'xtatish, qutqaruv ishlarini o'tkazish.

Korxonada yong’in sodir bo'lganda harakatlanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Korxonada germetik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong’in chiqqanda OPD turli signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan korxonadagi navbat sehning yong’in xavfsizligi bo'limiga xabar beriladi va ishchilarning tartibli evakuatsiyasi ta'minlanishi nazorat qilinadi.

Yong’in xavfsizligi bo'limi yetib kelguncha ishchilar o'zlari OU 2, OU 9,OU 8 yong’in o'chirgichlari bilan yong’inni boshqa ob'ektga o'tib ketmasligini nazorat qiladi. Yong’in xizmat hodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam ko'rsatish xizmati ham yetib keladi.

FV oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi. Tartibni saqlashga e'tibor beriladi. Yong’in yoki avariya sodir bo'lishida odamlarni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo'llari bo'lishi binolarni loyihalashda, qurishda hisobga olingan. Yong’in xavfsizligi norma qoidalariga asosan evakuatsiya yo'llari o'tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo'lida hech qanday to'siqlar yo'q. Korxona binosida 2 ta chiqish evakuatsiya yo'llari mavjud.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish