Jarayon texnologiyasi. Suyuq fazadagi radikal-zanjirli xlorlash texnologiyasi bir nechta bosqichdan iborat: xom-ashyoni tayyorlash, xlorlash, chiquvchi gazlarni qayta ishlash va NSl yig‘ish, suyuq reaksiya massasini qayta ishlash va reaksiya mahsulotlarini ajratish.
Reagentlarni tayyorlash. Asosan, suyuq xlor bug‘latiladi va xona xaroratiga yaqin temperaturada isitiladi. Organik reagentlar ba’zi xollarda maxsus tozalanmasdan nasos orqali reaktorga yuboriladi. Ular tarkibidagi namlik sulfat kislota yordamida quritiladi. Organik reagent-azeotrop haydash orqali yoki qattiq adsorbentlar yordamida suvdan ajratiladi. Organik reagent tarkibidagi oltingugurtli birikmalar mavjud bo‘lganda gidrotozalash usulidan foydalaniladi.
Uchmaydigan moddalarni, masalan, yumshoq va qattiq parafinlarni xlorlashda, gazni suv bilan sovutishni o‘zi etarli bo‘ladi, bunda gazdagi HCl yutiltiriladi. O‘rin almashinish reaksiyalari bilan xlorlashda ko‘p miqdorda HCl hosil bo‘ladi, shuning uchun uni suv bilan absorbsiyalash natijasida 20-30 % xlorid kislotadan foydalanish mumkin.
Endi suyuq fazada radikal-zanjirli xlorlashni, 1,1-dixloretandan metilxloroform olish misolida ko‘rib chiqamiz (2-rasm). 1-yig‘gichga kerakli miqdordagi reagent 1,1-dixloretan va initsiator (porofor) solib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan eritma 2-nasos yordamida 3-chi xloratorning yuqori qismiga, pastki qismiga esa gazsimon xlor yuboriladi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan issiqlikni 0,2-0,3 bosim ostida NSl dagi 1,1-dixloretanni bug‘latish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Hosil bo‘lgan bug‘ 4,5-qaytar kondensatorlarga qaytib keladi. Reaksiya massasining yuqori kaynovchi metilxloroform bilan boyib borishi natijasida tarelkadagi suyuqlik temperaturasi yuqoridan pastga tomon 70-100oC ortib boradi, bu esa reaktorning optimal temperaturasini hosil qiladi.
2-rasm. 1,1,1-trixloretan olish texnologik sxemasi: 1-yig‘gich, 2-nasos, 3-xlorator, 4-5-qaytar kondensatorlar, 6,8-skurubberlar, 7,9-sovutgichlar, 11,13-kondensator-deflegmatorlar, 14-separator, 15-qaynatgichlar.
Gaz o‘zi bilan 1,1-dixloretan bug‘larini olib ketishi sababli, uning yo‘qolishini oldini olish uchun 5-qaytar kondensatorda sovutiladi, hosil bo‘lgan kondensat yana xloratorga qaytib keladi. Organik moddalar bug‘idan tozalangan gaz 6-skrubberga HCl esa absorbsiya jarayoniga yuboriladi. U erga suyultirilgan xlorid kislota yuboriladi. HCl ni absorbsiya jarayonida katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi va konsentrlangan (30-33%) xlorid kislota olish uchun, skrubberning pastki qismiga 7-grafitli sovutgich moslamasiga ulanadi. HCl qoldig‘i 8-skrubberdagi suvga yutiladi; chiqindi gazlar atmosferaga chiqariladi; 8-skrubberdagi xlorid kislota 9-sovutgichda sovutilgandan so‘ng 6-skrubberga yuboriladi. 3-xloratorning pastki qismidan reaksiyaning suyuq massasi 10-rektifikatsiya kolonnasiga keladi, u erda 1,1-dixloretan va HCl xaydaladi. HCl kondensatdan ajratiladi va xloratordan chiqayotgan gaz tomonga yo‘naltiriladi. Hosil bo‘lgan kondensatning bir qismi flegma hosil qilish uchun sarf bo‘ladi, qolgan qismi esa xloratorning tepa tomoniga yuboriladi. 10- kolonnadagi kub qoldig‘i 12-kolonnaga yuboriladi. Rektifikatsiya qoldig‘idan metilxloroform olinadi. Rektifikatsiya qoldig‘i tarkibida 1,1,2- trixloretan va tetraxloretan bo‘ladi. Ulardan trixloretanni ajratib olish mumkin (undan vinilidenxlorid olinadi), tetraxloretanlar esa trixloretilen va boshqa organik mahsulotlar olishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |