Gazlarni fraksiyalarga ajratish moslamalari. Yoldosh gazlarni ajratish uchun absorbsiya, adsorbsiya, kondensatsiya va rektifikatsiya usullaridan foydalaniladi. Ular orasida eng ko'p qo'llaniladigani rektifikatsiya bolib, bu usul yordamida 2-4MPa bosim ostida sovuqda yoldosh gazlar individual komponentlarga ajratib olinadi.
Metan, etanni boshqa uglevodorodlardan ajratishda past haroratdagi rektifikatsiya bilan adsorbsiya usuli birgalikda qo'llaniladi. Yo'ldosh gazlarni qayta ishlash korxonalarida gazlarni ajratish uchun gaz fraksiyalovchi qurilmalardan (GFK) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |