Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Vаnt-gоff qоidаsi, lе-shаtеlе prinsipi


V.21. Reaksiyaning molekulyarligi va tartibi



Download 282,53 Kb.
bet4/7
Sana24.03.2022
Hajmi282,53 Kb.
#507929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Vаnt-Gоff qоidаsi, Lе-Shаtеlе prinsipi.

V.21. Reaksiyaning molekulyarligi va tartibi.
Kimyoviy reaksiyalar kinetik jihatdan molekulyarligi va tartibiga ko’ra klassifikatsiyalanadi.
Kimyoviy reaksiyalarning kinetik klassifikatsiyasi.

Reaksiyaning molekulyarligi.
Kimyoviy reaksiyaning elementar aktida ishtirok etuvchi molekulalar soniga qarab reaksiyalar monomolekulyar, bimolekulyar va trimolekulyar reaksiyalarga bo’linadi. Kimyoviy reaksiyalarning bunday klassifikatsiyasi 1884 yilda golland kimyogari Y. Vant-Goff (1852-1911) tomonidan taklif etilgan.
Reaksiyaning molekulyarligi o’zaro to’qnashyotgan zarrachalarning soniga bog’liq ravishda monomolekulyar, bimolekulyar va trimolekulyar bo’lishi mumkin. Lekin, uch va undan ortiq zarrachalarning bir vaqtda o’zaro to’qnashish ehtimolligi juda kichikdir.
1. Monomolekulyar reaksiyalar: reaksiyada bitta molekula ishtirok etadi.

Misollar:
I2 → 2I
CH3Br CH + Br
Monomolekulyar reaksiyalarga parchalanish va izomerlanish reaksiyalari misol bo’ladi.
2. Bimolekulyar reaksiyalar: reaksiyada ikkitta molekula qatnashadi.

A + B → C + D + ... yoki A + A → B + C + ...
Masalan:
H + Cl2 → HCl + Cl
2HI → I2 + H2
3. Trimolekulyar reaksiyalar: reaksiyaga uchta molekula kirishadi.

2NO + O2 → 2NO2


A + B + C → D + E + F + ...
yoki 3A → B + C + D
Reaksiya tartibi - Reaksiya tartibi reaksiya tezligining qay darajada konsentratsiyaga bog’liqligini ko’rsatadi. Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog’liqligi tenglamasidagi konsentratsiyalar daraja ko’rsatkichlarining yig’indisi reaksiya tartibini bildiradi. Masalan:
aA + bB → cC + dD reaksiyaning tezligi k[A]a ∙ [B]b bo’lgani uchun uning tartibi a + b = n bo’ladi.
Shunga ko’ra barcha reaksiyalar biribchi, ikkinchi va uchinchi tartibli reaksiyalarga bo’linadi.Kimyoviy reaksiyalarning bunday klassifikatsiyasi 1886 yilda nemis kimyogari Vilgelm Fridrix Ostvald (1853-1932) tomonidan ishlab chiqilgan.
1. Birinchi tartibli reaksiyalar:
Umumiy holda A → B + C
Ushbu reaksiyaning tezligi = k ∙ [A]
Reaksiya boshlanishida V hajmda a mol modda bor bo’lsa, τ vaqtdan so’ng uning x moli ortib qoladi. Reaksiya uchun olingan moddaning konsentratsiyasi dastlab Co = edi, τ vaqtdan so’ng C = bo’ladi. U holda reaksiya tezligi = k ∙ c bo’ladi. Agar ni τ bo’yicha differensiallasak, = k(a – x) tenglama hosil bo’ladi.
Birinchi tartibli reaksiyaning tezlik konstantasi k = lg bo’ladi.
Olingan moddaning yarmi emirilishi uchun ketgan vaqt yarim emirilish davri deyiladi:
= =
Birinchi tartibli reaksiyalarga misollar:
• N2O5 → 2NO2 + O2
• Qandning inversiyasi: C12H22O4 + H2O → 2C6H12O6
Glyukozaning mutarotatsiyasi;
• C2H4 + H2 → C2H6
• Radioaktiv parchalanish
2. Ikkinchi tartibli reaksiyalar:
Umumiy holda:A + B → D + ...
Reaksiya tezligi - = - = k[A]∙[B]
Moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalari:
[A]0 = a; [B]0 = b. τ vaqtdan keyingi konsentratsiyalari: [A] = a – x; [B] = b – x
Reaksiyaning kinetik tenglamasi: agar [A] = [B] bo’lsa;
= k(a – x)2
Kτ = - = -
Yarim yemirilish davri:
=
Ikkinchi tartibli reaksiyalarga misollar.
• 2HI → H2 + I2
• 2NO2 → 2NO + O2
• 2ClO- → 2Cl- + O2
Siklopentadiyenning dimerlanishi
Agar [A] ≠ [B] bo’lsa, ikkinchi tartibli reaksiyaning kinetik tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
= k(a – x) ∙ (b – x)
kτ = ln
(A) ≠ (B)
Misollar:
• Gaz fazada HI ning hosil bo’lishi: H2 + I2 → 2HI
• Radikal reaksiyalar H + Br2 → HBr + Br
• Menshutkin reaksiyasi: R3N + RX → R3RN+X-
3. Uchinchi tartibli reaksiyalar:
= k3 ∙ c1 ∙ c2 ∙ c3 yoki
= k3(a – x)(b – x)(c – x) agar [A] = [B] = [C] bo’lsa = k3(a – x)3 bo’ladi.
K =
Yarim yemirilish davri:
=
Yuzaki qaraganda reaksiya tartibi uning molekulyarligi bilan bir xildek ko’rinadi, lekin aslida bunday emas. Oddiy gomogen reaksiyalarning tartibi reaksiyaning elementar aktida ishtirok etadigan molekulalar soniga, ya’ni molekulyarligiga mos keladi.Odatda, oddiy reaksiyalar bir tomonga yo’nalgan bo’lib, bitta kimyoviy bosqichdan iborat.Murakkab reaksiyalarda esa reaksiya tartibi alohida reaksiya bosqichlarining molekulyarliklariga bog’liq bo’ladi. Bunday murakkab reaksiyalarga qaytar, parallel boruvchi va ketma-ket boruvchi reaksiyalarni misol qilib keltirish mumkin.

Download 282,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish