Navlari: Sabzi navlari vegetasiya davrini uzunligiga qarab, ertapishar ekilgandan ildizmevani texnik pishiga qadar 70-11- kun, o‘rtapishar-110-130 kun va kechpishar-130 kundan ko‘p bo‘ladi. Respublikamizning barcha rayonlarida sabzining qadimdan uchta mahalliy navlari ertapishar Mushak-195, O‘rtapishar Sariq Mirzoi 304, va qizil Mirzoi 228. Bulardan tashqari yangi yaratilgan nurli 70-o‘rtapishar, Ziynatli-o‘rtapishar hamda yevropadan keltirilgan o‘rtapishar nav Shantane 2461, Nanskaya 4 navlar ekiladi. Respublikamizni barcha viloyatlarida lavlagini Bordo 237 navi, turpning Marg‘ilon va Andijon-9 navlari, sholg‘omni Namangan (oq) mahalliy va Samarqand (qizil) hamda Petrovskaya sariq navlari ekiladi.
Ildizmevali sabzavotlarning biologik xususiyatlari. Ikki yillik ildizmevalar uzun kun talab qiladigan o‘simliklardir. Kunning uzun bo‘lishi ildizmevalarning gullashi va hosil tugishini tezlatadi, aksincha kun qisqa bo‘lsa, ularning rivojlanishini susaytiradi. Shimolda yaratilgan ekin navlari janubdan kelib chiqqan navldarga nisbatan bir muncha uzun kun talab qiladi.
Ildizmevalarning hammasi ham issiqka uncha talabchan emas. Ularning urug‘i 4-50 haroratda unib chiqa boshlaydi. Lekin urug‘ining unib chiqishi uchun optimal harorat 20-250 hisoblanadi. Bunday haroratda turp va sholg‘om urug‘i ekilgandan keyin 3-6 kunda, lavlagi 5-10 kunda, sabzi 12-20 kunda unib chiqadi. Sholg‘om, turplarni normal o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 15-180 hisoblanadi. Sabzi, ayniqsa, lavlagi issiqka birmuncha talabchan bo‘ladi. Ularning o‘sishi uchun 20-250 harorat optimal hisoblanadi. Ildiz-mevalarning deyarli hammasi sovuqqa birmuncha chidamli. Lavlagi 2-30 gacha, sabzi va boshqa ildizmevalar 4-50 gacha bo‘lgan sovuqdan uncha zararlanmaydi
Lavlagi va sabzining janubiy navlari yuqori haroratni yaxshi o‘tkazadi. Turp va sholg‘om issiqni unchalik hohlamaydi. Bu ekinlar yuqori haroratda tez pishib o‘tib ketadi: po‘k bo‘lib mazasi buziladi hosili ham pasayadi.
Ildizmevalar, ayniqsa sabzi va seldrey juda yorug‘sevar o‘simlik hisoblanadi. Lavlagi, sabzi singari ildizmeva o‘simliklar ildizi baquvvat bo‘lganligidan qurg‘oqchilikka ma’lum darajada chidaydi. Sholg‘om va turp havo va tuproq namligi yetishmasligiga chidamsiz bo‘ladi.
Ildizmevalar texnologiyasi. Yer tanlash. Ildizmevalar organik moddalarga boy o‘tloq tuproqli hamda o‘g‘itlangan kumoq yoki yengil soz bo‘z tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Botkoq va sho‘r yerlarni ko‘pchilik ildizmeva o‘simliklar unchalik yoqtirmaydi. Lekin lavlagi og‘ir soz tuproqlar bir oz shurlangan yerlarda boshqa sabzavotlarga karaganda yaxshiroq usadi.
Almashlab ekishdagi o‘rni. Sabzi, lavlagi, turp va sholg‘om o‘suv davrining dastlabki paytlarda juda sekin o‘sadi va begona o‘tlar bosib ketadi. Shu sababli ularni kartoshka, bodring, karam va tomatdoshlar kabi, yerlarni o‘tlardan tozalaydiganlardan bo‘shagan maydonlarga joylashtiriladi.
Ildizmevalilarni, ildizmevalardan, poliz ekinlaridan, piyozdan keyin hamda xaydalgan bedapoyalarga birinchi yili ekib bo‘lmaydi, chunki bu yerlarda begona o‘tlar juda ko‘p bo‘ladi. Ko‘pchilik ildiz mevali sabzavotlarni urug‘i juda mayda bo‘ladi. Shuning uchun ularga yerni ekishga tayyorlash xususiyatlaridan biri, dalani yuzasi tekis, tuprog‘i mayda va yumshoq bo‘lishi kerak. Bunga ekishdan oldin sifatli borona qilish yo‘li bilan erishish mumkin.
O‘g‘itlash. Ildizmevali sabzavotlar ko‘pchilik sabzavot ekinlariga qaraganda yerni unumdorligiga unchalik talabchan emas. Lekin ular butun vegetasiya davrida tuproqda ozuqa bo‘lishini talab qiladi. Yuqori hosil olish uchun tuproq sharoitiga karab mineral o‘g‘itlar quyidagi normada solinadi kg.ga. Bo‘z tuproqlarda: № 120-150, fosfor 80-100, kaliy 40-50, o‘tloqi va o‘tloqi-botqoqli tuproqlarda, aot 80-100, fosfor 80-100, kaliy 40-50 kg.ga sof xolda, Kaliyli o‘g‘itlarni yillik normasi va fosforli o‘g‘itlarni 70-75% yer xaydashdan oldin solinadi. Azotli o‘g‘itlar vegetasiya davrida egat oralariga ozuqa hisobida 10-12 sm chuqurlikka solinadi.
Ekish muddatlari va usullari. O‘rta Osiyoning iqlim sharoiti ildiz mevali sabzavotlarni bir nechta muddatda ekishni tavsiya qiladi. erta bahorda dalaga chiqish imkoniyati bo‘lishi bilan janubiy va markaziy iqlim zonalarda fevralning ohiri va martni boshlarida sabzi va lavlagi ekiladi. Hosilni iyun iyul boshlarida yigib olinadi. Bunda sabzini Mushak 195 va lavlagini Bordo 237 navlari ekiladi.
Bu muddatda o‘rtapishar navlarni ekish tavsiya qilinmaydi, sababi ular yozda kunlar isib ketguncha tulik hosil yigib ulgura-olmaydilar. Sholg‘om va turp bahorda ekilsa xaddan tashqari erkaklab ketadi, hosili yomon bo‘ladi. Shuning uchun ular faqat yozda ekiladi. Kech kuzda (15 noyabrь - 10 dekabrь) qattiq sovuq tushguncha sabzi va lavlagi ekiladi. Bu muddatlarda ekishning avfzalligi shundaki ko‘klamda ekinlar ancha ertagi unib chikib erta serhosil bo‘lib yetiladi.
Yozgi muddatlarda sabzi, lavlagi, turp va sholg‘om yetishtiriladi. Bular asosan takroriy ekish bo‘ladi. Sabzi va lavlagi 15 iyundan 10 iyulgacha ekiladi. Turp bilan sholg‘om esa iyulni 2 yarmidan avgustni 10 larigacha ekiladi. Asosiy keltirilgan muddatlardan tashqari sabzini o‘rta muddatlarda ya’ni 20 apreldan 5 maygacha eksa ham bo‘ladi. Bunda issiqka chidamlik sariq Mirzoyi 304 navini ekkan ma’qul. Hosili avgustda yig‘ib olinadi.
Respublikamizning markaziy rayonlarida sabzi avgustning ikkinchi yarmida ekilsa o‘simlik kuzda qishda o‘sib, hosilini mart-ning oxirida aprelda yig‘ishtirib olsa bo‘ladi. Bu muddatda sabzining erkaklab ketmaydigan Nant 4 va qizil Mirzoi 228 navlarini ekish kerak.
Urug‘larni ekishga tayyorlashning eng samarali usullaridan biri drojalashdir. Bu usul ekish normasini ikki marta kamaytirishga, o‘toq qilish harajatlarini qisqartirishga va hosildorlikni ancha oshirishga imkon beradi.
Ildizmevali sabzavotlar qatorlab, lentasimon yoki keng qatorli qilib ekiladi. Lavlagini va turpni ildizmevalari yirik bo‘lganligi sababli ular qatorlab, egat oralari 60-70 sm yoki lenta shaklida qo‘shqatorlab 50 Q 20% sm, sholg‘om esa lenta shaklida qo‘shqatorlab lentalar orasi 40-50 sm, lentadagi qatorchalar oralig‘i 15-20 sm qoldirilib yoki lentada sochma usullarda ekiladi. O‘simliklar yagana qilinayotganda o‘simliklar oralig‘i kerakligicha qoldiriladi.
Yuqorida keltirilgan ekish sxemalarida o‘simliklar qalinligi bir gektarda quyidagicha bo‘ladi: 420-550 ming sabzida, sholg‘omda 300-400, turp va lavlagida 150-200 ming dona.
O‘zbekistonda ildizmevali sabavotlar SKON-4,2 osma seyalkada ekiladi. Erta bahorda ekiladigan yerlar kuzda egat olib qo‘yiladi. Urug‘lar egatni ustiga yoki tekis dalaga ekiladigan bo‘lsa o‘simliklarni unib chiqqandan so‘ng, birinchi suvdan oldin egat olinib sug‘oriladi.
O‘zbekistonda quyidagi ekish normalari tavsiya qilinadi: lavlagi uchun 15-16, turp va sabzini urug‘lari 5-6 va sholg‘omniki 2 kg, ga. Sabzi va lavlagi kech kuzda ekilsa yoki asosiy hosil yetilguncha barra ko‘katidan ora-chora foydalanish ham kuzda tutilgan bo‘lsa, bunday hollarda ekish normasi 25-30% ko‘paytiriladi. Lavlagi urug‘i 2-4 sm sabzi va boshqa ildizmevali sabzavotlarni urug‘i 1-2 sm, yengil qumoq tuproqlarda esa 3sm chuqurlikgacha ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |