Biologik xususiyatlari. Bodring issiqsevar o‘simlik. Urug‘i 12-130 haroratda unib chiqadi. Harorat bundan past bo‘lsa, urug‘ bursa-da, ammo o‘sishga harakat qildmaydi va chirib ketishi mumkin. Qulay, ya’ni 25-300 haroratda urg‘i 5-6 kunda, ivitilmasdan ekilganda esa 7-10 kunda unib chiqadi.
Yuqori (400 va undan yuqori) harorat ham o‘simlikka halokatli ta’sir etadi. Bodring yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. U 10 soat davom etadigan yorug‘ kunda yaxshi rivojlanadi.
Sabzavot qovoqchalari. Sabzavot qovoqchalariga kabachki va patisson kiradi. Bularning 2-4 kunlik yosh meva (tuguncha)lari sirkalash uchun, yetilmagan mevalari oshxonalarda va konserva sanoatida foydalaniladi, yetilgan - yirik mevalari chorva mollariga oziq sifatida beriladi. Kabachka va patison navlari unchalik ko‘p emas. Kabachkaning Grecheskiy navi ko‘proq tarqalgan. Italyanskiy navi Grecheskiydan rangi jihatidan farq qiladi, ya’ni birinchisining rangi yashil ikkinchisining uzuq-uzuq yo‘llari bor. Patisonning Belo‘y 13 navi tarqalgan.
Bodring va sabzavot qovoqchalari agrotexnikasi. Almashlab ekishda ular uchun kartoshka, karam, sabzi, lavlagi eng yaxshi ekin hisoblanadi, agar bu ekinlarga go‘ng solingan bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘g‘itlash. Bodring va sabzavot qovoqchalarini o‘suv davrida albatta oziqlantirish shart. Bunda birinchi oziq o‘simliklar yon poyalar chiqara boshlagan davrda (gektariga 1.5 s ammiakli selitra va 1.2 s superfosfat) beriladi. O‘simlikning gunchalash davrida yoki gullay boshlagan paytda ammiakli selitra bilan ikkinchi marta va 20-30 kun o‘tgach, gektariga 1-1.5 s hisobidan ammiakli selitra solib, oxirgi marta oziqlantiriladi.
Ekish Markaziy Osiyoning janubiy rayonlarida ertagi bodiring ekish muddati mart ohiri aprelning boshlariga, qolgan rayonlarda aprelь oyining ikkinchi yarimlariga to‘g‘ri keladi, ya’ni u qora sovuqlar xavf-xatari o‘tgandan keyin ekiladi. Kechki bodring 15 iyundan boshlab to 10 iyulgacha ekiladi. Kabachki, patisonlar bir marta - aprelь ohiri may boshida ekiladi. Kabachki, patisonlar bir marta-aprelь ohiri-may boshida ekiladi.
Ertaki bodring qatorlab egatlar orasi 120x140 qatordagi uyalar orasi 30 sm qilinib joylashtiriladi. Kechki bodiringni qo‘sh qatorlab ekiladi, bunda bir juft egat markazi bilan ikkinchi juft egat markazi orasi 210x240, uyalar orasi esa 40 sm qilinadi.
Patissonlar 120x80 x70, (60), kabachkalar 170x80 x70 (60) sm sxemada ekiladi. Bahorgi bodiringni quruq yoki 18 - 24 soat uvitilgan urug‘larni ho‘l - quruq aralashtirib, yozda esa sug‘orilgan egatlar chekkasiga uvitilgan urug‘lar 3 - 4 sm chuqurlikga, uyalarga 4 - 6 tadan ekiladi. Gektariga 4 - 5 kg.dan urug‘ sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |