Parvarish qilish - Bodring va sabzavot qovoqchalarni erta muddatlarda ekishda tuproqning qatqaloqlanishiga qarshi ko‘ra-shishga to‘g‘ri keladi. Urug‘ unib chiqqandan keyin yagana qilinadi va xato chiqqan joylarga kayta urug‘ ekiladi. Birinchi yaganalashda har uyada 3-4 tadan, ikkinchi yaganalashda esa 1-2 donadan o‘simlik qoldiriladi, biror sababga ko‘ra urug‘ unib chiqmagan uyalarga undirilgan urug‘ ekiladi.
Nihollar 2-3 ta barg chiqargan paytda birinchi chopiq qilinadi, egatlar va qator oralari esa kulьtivatorda yumshatiladi. Oradan 3 - 4 hafta o‘tkazib ikkinchi yengil chopiq o‘tkaziladi. O‘simliklar palagi pushtalarga taraladi. Bodring va qovoqchalar o‘suv davrida sizot suvi 1 - 2 metrgacha bo‘lsa 9-10 marotaba va 2 metrdan chuqurga joylashgan bo‘lsa 15 marotabagacha sug‘orishni talab qiladi.
14-Mashg‘ulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |