Piyozni parvarish qilish. Avgustь oyida ekilgan piyozlar parvarishi urug‘ suvi berishdan boshlanadi va maysalar kiyg‘os ko‘karib chiqquncha har 3-4 kunda sug‘orib turiladi. Bahorda ekilgan piyozlar qishda to‘plangan nam hisobiga unib chiqadi, lekin yomg‘irdan keyin hosil bo‘lgan qatqaloq ularga yomon ta’sir etadi. qatqaloq urug‘ suvi berish yo‘li bilan yumshatiladi. Bahorda ekilgan piyoz urug‘lari 2-3 xaftadan, yozda ekilganlari esa 7-10 kundan keyin unib chiqadi. Piyoz chiqanidan keyin o‘toq va yagona qilishga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |