4-jadval. Vaqtinchali kichik hajmli plyonkali tonnel qurilmaning tavsifi
T.r
|
Ko‘rsatkich
|
Tavsifi
|
1.
|
Tonnel balandligi, sm
|
|
2.
|
Qurilma asosining kengligi, sm
|
|
3.
|
Qurilma uzunligi, m
|
|
4.
|
Tayanch yoylari orasidagi masofa, sm
|
|
5.
|
Mahkamlovchi yoylar orasidagi masofa, sm
|
|
6.
|
Kanop ip qatorlari soni, dona
|
|
7.
|
Plyonka eni, sm
|
|
8.
|
Plyonka qalinligi, mm
|
|
9.
|
Yoy uchun foydalanadigan sim diametri, mm
|
|
10.
|
1 ga ga sarflanadi:
|
|
|
sim, kg (m)
|
|
|
plyonka, kg
|
|
|
kanop ip, kg
|
|
11.
|
Etishtiriladigan ekin
|
|
12.
|
Tonnel ichidagi o‘simliklar qatori, soni
|
|
13.
|
Qatorlar va qatordagi o‘simliklar orasidagi masofa, sm
|
|
14.
|
Tonnellar orasidagi yo‘lak kengligi, m
|
|
5-jadval. O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan parniklarning tavsifi
T.r
|
Belgilari
|
Parnik turlari
|
oynavand bir nishabli
|
bir nishabli romli plyonkali
|
yopqich yaxlit yopilgan plyonkali ikki nishabli
|
|
Parnik ichkarisining kengligi, sm
|
|
|
|
|
Parnik uzunligi, sm
|
|
|
|
|
Romlar soni, dona
|
|
|
|
|
Rom o‘lchami, sm
|
|
|
|
|
Asosidan sarrovigacha bo‘lgan masofa
|
|
|
|
|
Stropilining uzunligi, sm
|
|
|
|
|
Stropillar soni
|
|
|
|
|
Bobinaning uzunligi
|
|
|
|
|
Parnik tuprog‘idan romgacha yoki sarrovigacha bo‘lgan oraliq
|
|
|
|
|
Quti devorlarining balandligi va qalinligi:
|
|
|
|
|
Shimoliy
|
|
|
|
|
Janubiy
|
|
|
|
|
bosh va oxirgi tomoni (torsalari)
|
|
|
|
|
O‘rasining kengligi
|
|
|
|
|
yuqori tomoni
|
|
|
|
|
pastki tomoni
|
|
|
|
|
Tuproq aralashmasi qalinligi, sm
|
|
|
|
|
Biologik yonilg‘i qatlami qalinligi, sm
|
|
|
|
|
Parnikdan foydalanish muddatining boshlanishi
|
|
|
|
|
O‘stiriladigan o‘simlik va uning holati
|
|
|
|
Har bir tur parnik tavsifi, rasmi chizilganda hisobga olingan o‘lchov natijalari asosida ta’riflanadi. Parnik o‘lchami metrda, uning elementlari o‘lchami esa santimetrda ko‘rsatiladi. Tuproq aralashmasi va bioyonilg‘i qalinligini aniqlash uchun bir parnik ichi kovlab ko‘riladi.
“O‘stiriladigan o‘simlik” qatoriga, parnikda nima yetishtirilsa shu yoziladi, masalan: karam ko‘chati, qalampir ko‘chati, rediska, ko‘k piyoz va boshqalar. O‘quvchilar parnik turlari xarakteristikasini yozib bo‘lganlaridan so‘ng, parnik jihoz (inventar)lari va mashinalarini ko‘zdan kechirib ularning ro‘yxatini tuzadilar. Ro‘yxatda inventar va jihozlarning nomlari va vazifalari ko‘rsatiladi.
O‘quvchi barcha savollarga javob yozib, xo‘jalikda mavjud bo‘lgan parnik turlari va ular qismlarini chizib, asosiy parnik turlari ta’rifi aks ettirilgan jadvalni to‘lg‘azganidan, ko‘rgan inventar, jihozlari va mashinalarning ro‘yxatini tuzganidan so‘ng ish bajarilgan hisoblanadi.
Material va jihozlar. 1. Parnigi bor xo‘jalik. 2. Turli xildagi parniklarning tuzilishi bo‘yicha maketi, plakati, rasmi, shakli. 3. Ruletka, shtangensirkul, chizg‘ichlar. 4. Kompyuter tasvirlari va informasiyalari. 5. Ma’lumotnomalar. 6. Parnik asbob-uskunalari.
1-rasm. Tuproq ko‘tarmali sinchsiz qurilma ko‘rinishi:
1 – plyonka, 2 – tuproq ko‘tarmasi
Sinchli plyonkali yopqichlar. Ularda plyonka uchun, simlar, plastmassa quvurlar, tol novdalari, yog‘ochlar yoki reykalar va boshqalardan tayyorlangan sinchlar tayanch vazifasini bajaradi. Ular sinchning konfigurasiyasiga ko‘ra chodirsimon (shatrovie) (ikki nishabli) va arkasimon (yarimdoirasimon, tonnelsimon)larga bo‘linadi.
Chodirsimon (shatrovie) plyonkali yopiqichlar yog‘och chorpoya (kozelok) yoki uchburchak shaklli vertikal yog‘och bag‘azdan yasalib, ularni pastki qismi tuproqqa qadaladi (2-rasm).
Yog‘och materialning qimmatligi sababli sinchli chodirsimon qoplamalar kam qo‘llaniladi.
Arkasimon (yarimaylana) sinchli plyonkali yopqichlar yoysimon sinchli bo‘lib, sinchlari po‘lat sim, plastmassa yoki alumin quvurlar, tol novdalari va boshqa egiluvchan materiallardan tayyorlanadi.
2-rasm. Chodirsimon yog‘och sinchlar:
a – chorpoyatirgovuch (kozelok) va b – uchburchak
Tomorqa xo‘jaliklarida, zavodlarda ishlab chiqarilgan metall va plastmassalardan tayyorlangan qismlari bo‘lgan, arkasimon sinchli plyonkali qurilmalardan foydalanadilar. Ularning barchasi yoysimon, sinchli bo‘lib, ustidan plyonka tortilib yopiladi. Yon tomonlaridagi plyonkaning chetlari tuproq bilan bostirilib, bosh va oxirgi qismlaridagi plyonka buklanib yig‘iladi va kanop bilan oldindan yerga qoqilgan qoziqchaga bog‘lanadi. Ularning quyidagi uch turi keng tarqalgan: ya’ni, egatlarda qo‘llash uchun sinchi alyumin quvurlardan yasalgan, o‘rkachlar uchun plastmassa quvurlardan va po‘lat simdan tayyorlangan sinchlardan foydalaniladi (3-rasm).
3-rasm. Zavodda tayyorlangan tunnelli yopqichlar:
a – egat uchun; b, v – o‘rkachlar uchun (o‘lchami mm da)
Nur o‘tkazadigan plyonkalar ko‘chma va suriladigan sinchli qurilmalarda undan samaraliroq qo‘llaniladi, bu ularning foydalanish davrini 1-1,5 oyga uzaytiradi. Ular, avval qish oldi muddatda yoki erta bahorda ekilgan sovuqqa chidamli ekinlar ustiga yopiladi, so‘ng ekilgan ko‘chat yoki issiqsevar sabzavotlar ustiga ko‘chirib o‘rnatiladi.
O‘zbekistonda kichik hajmli plyonkali tonnelli deb ataladigan arkasimon (yarim aylana) sinchli qurilmalar, keng tarqalgan. Ularda diametri 4-5 mm va uzunligi 1,8-2 m bo‘lgan simdan tayyorlangan yoysimon sinchlar bo‘ladi. Tayanch yoylari 2-3 m masofada o‘rnatilib, uchlari 25-30 sm chuqurlikdagi tuproqqa kiritilib mahkamlanadi. Yoylar ustidan 3-5 qator kanop ip tortib bog‘lab qo‘yiladi. Sinchlar ustiga tonnelning bor uzunligi bo‘yicha eni 140-200 sm li plyonka yopiladi, plyonkani shamol ta’siridan saqlash uchun uning ustiga har 3-4 m da bittadan plyonkani bostirib, siqib turuvchi sim yoy o‘rnatiladi. Plyonkani har ikki cheti tuproq bilan bostiriladi. Ayrim hollarda tonnel ichini shamollatishni osonlashtirish maqsadida plyonkaning bir tomoni g‘altakka (babinaga) mahkamlanadi yoki biror og‘ir material bilan bostirib qo‘yiladi. Plyonkaning har ikki tomoni yig‘ilib yerga qoqilgan qoziqqa bog‘lab qo‘yiladi (4-rasm).
4-rasm. Kichik hajmli arkasimon sinchli plyonkali tonnel qurilma:
a – simdan tayyorlangan yoy sinch; b – tonnel qismlarining joylanish shakli; v – shamollatish uchun plyonkani yon tomoni ko‘tarib qo‘yilgan tonnelning umumiy ko‘rinishi;
1 – simlarni tayyorlash; 2 – sinch yoyi; 3 – tayanch yoylar; 4 – plyonkani ustki tomondan siqib turadigan yoy; 5 – plyonka; 6 – tonnelning oldi va orqa tomonida plyonka mahkamlab bog‘lab qo‘yiladigan qoziqlar (o‘lchami mm da)
Parniklar – stasionar yoki ko‘chma nur o‘tkazmaydigan yon to‘siqlari (25 sm gacha) bo‘lgan va yorug‘lik o‘tkazadigan qoplamali kichik hajmli inshootlardir. Yon to‘siqlari bo‘lgani uchun parniklar ekin o‘stiriladigan binolar qatoriga kiritiladi. Ammo, parnik qoplamasi (romi) bilan tuprog‘i oralig‘idagi masofa kam bo‘lganligi uchun xizmat qiluvchilar parnikdagi barcha ishlarni uni tashqarisida turib bajaradilar. Bu, parniklarni issiqxonalardan asosiy farqi hisoblanadi.
Parniklar himoyalangan yer inshootlarining qadimiy turidir. «Parnik» nomi «bug‘lash» so‘zidan kelib chiqqan, chunki qizigan go‘ng parchalanganda o‘zidan bug‘ chiqaradi. Parniklardan O‘zbekistonda qish va bahor faslarida foydalaniladi, ularda asosan ko‘chat yetishtiriladi. Ularda, jumladan, ertagi sabzavotlar hamda ochiq yerda yetilmay qolgan ayrim sabzavotlar hosili yetiltiriladi va tezlashtirib o‘stiriladi.
Parnik chuquri yerda kovlagan o‘radek ko‘rinadi. U isitish moslamalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. O‘raning yuqori qismi bo‘yi va enining uzunligi ichki kesakining o‘lchamiga nisbatan 10-15 sm ortiq. O‘ra devorlari yerning zichligiga ko‘ra tik yoki qiyaroq bo‘lishi mumkin. Erta muddatda foydalanadigan parniklar o‘rasining chuqurligi – 60-70, o‘rta muddatdagisiniki – 45-55 va kechki muddatdagisiniki – 25-30 sm bo‘ladi.
5-rasm. Biologik usulda isitiladigan yerga xandaq kovlab o‘rnatilgan rus parnigining ko‘ndalang kesimi:
a – yog‘och suyamali parnik; b – temir betondan yig‘ilgan parnik;
1 – romi; 2 – shimoliy kesakisi; 3 – janubiy kesakisi; 4 – tuprog‘i; 5 – bioyonilg‘i; 6 – qo‘shni parnik kesakilarini birlashtiruvchi moslama (lejen); 7 – rom tirgagi; 8 – parnik romlariga tirab turiladigan temir moslama (skoba) (o‘lcham mm da)
Ertaki issiq parniklar, qishda foydalaniladigan bioyonilg‘isi qalinligi – 50-60 sm, bahorda foydalanadigan yarim issiqxonalarniki esa – 30-40 sm bo‘ladi.
Oynavand parniklar qo‘pol va qimmat bщlgani uchun so‘nggi-yillarda romi plyonka bilan qoplangan yengil va arzon parniklardan foydalanilmoqda. Plyonkali parniklarning yon tomonlarida oynavand parniklar kabi to‘siqlari bo‘ladi. Ular bir va ikki nishabli. Bularning har ikkisi ko‘chma va stasionar bo‘lishi mumkin.
Bir nishabli plyonkali parnik o‘lchami 1,5×3 m bo‘lib, uning uchun 0,5-0,6 m chuqurlikda o‘ra tayyorlanadi. O‘raning burchaklariga va bo‘yining uzun tomonlari o‘rtasiga ustunlar o‘rnatilib, ularga kesaki (bort) qoqiladi (6-rasm).
тупроқ
гўнг
6-rasm. Bir nishabli plyonkali parnik.
Plyonkali yig‘ma ko‘chiriladigan parnik. Uzunligi 6 m bo‘lgan parnik maydoni 9,6 m2 ni tashkil etadi. U uchta stropil bag‘azlar (reykalar), ikki (kesaki) yon taxta va plyonkali qoplamadan yig‘iladi.
Issiqxonalar – o‘simlik o‘stiriladigan, inshootlarning eng takomillashgan turi bo‘lib, ularda zamonaviy muhadnislik vositalari ko‘magida o‘simliklarni o‘stirish uchun eng maqbul sharoitni yaratish mumkin.
7-rasm. Isitilmaydigan Xitoy plyonkali issiqxonasining tashqi ko‘rinishi
Issiqxonalarning vazifasi mavsumiy bo‘lmagan o‘simliklarni, shuningdek himoya qilingan va ochiq yerlar uchun ko‘chat o‘stirishdir. Ularning asosiy konstruktiv elementlari asos, karkas, old va yon tomon devorlari, qoplamadir. Ichki uskunalarga isitish, shamollatish, suv ta’minoti, elektr ta’minoti, karbonat angidrid bilan boyitish sistemalari va tokchalar kiradi.
8-rasm. Bir tomonga nishabli biologik isitiladigan
rus parnigining ko‘ndalang kesimi (sm)
Do'stlaringiz bilan baham: |