Ko‘paytirish usuli bo‘yicha: vegetativ va generativ usullarda.
Ekiladigan ashyo (material) sifatida ishlab chiqarishdagi faqat haqiqiy urug‘largina emas, balki mevalar ham ishlatiladi. Mevalar urug‘ga solishtirilganda ular tashqi (perikarpiy) va ichki (integiment) urug‘ po‘stiga ega. Bundaylar sho‘radoshlarda to‘pmeva, seldereyguldoshlarda qo‘sh urug‘, dukkakdoshlarda donador urug‘lar tuzilishida va ko‘rinishida bo‘ladi.
Haqiqiy urug‘lar ituzumdoshlar va qovoqdoshlar oilasida etli quruq mevalardan olinadi. Urug‘larning yirik-maydaligi, shakli, yuzasi, rangi va alohida hosilalar bo‘lishi ularning muhim morfologik belgisi hisoblanadi. Sabzavot o‘simliklarining urug‘lari quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |