yirik-maydaligiga yoki 1 grammdagi soniga ko‘ra: juda yirik – 1-10 dona (dukkaklar, loviya, ko‘k no‘xat, qovoq, makkajo‘xori, tarvuzda); yirik – 10-100 dona (artishok, tarvuz (ba’zi navlarida), qovun, bodring, osh lavlagi, sparja (sarsabil), rovoch, ismaloq, rediska, turp); o‘rta – 150-350 dona (qalampir, karam, piyoz, pomidor, baqlajon, pasternak, bryukva, sholg‘om); mayda – 600-900 dona (sabzi, petrushka, shivit (shivit), sachratqi); juda mayda – 1000-2000 dona (shovul, selderey, kartoshka, salat);
hajmiga ko‘ra: juda mayda – 2 mm gacha; mayda – 2-3 mm gacha; o‘rta – 3-5 mm; yirik – 5-8 mm; juda yirik – 8 mm dan katta;
ko‘rinishi: yassi (tomatdoshlar va qovoqdoshlar); yarim yumaloq (piyoz, sparja); noto‘g‘ri shaklda (osh lavlagi); sharsimon (no‘xat, shirin jo‘xori, bryukva, turp); sharsimon-burchakli (ismaloq, rediska, sholg‘om, ko‘k no‘xat); yassi-qavariq (sabzi, petrushka, selderey); yassi-botiq (pasternak, shivit); uchi qirrali yassi (salat);
shakli: uchburchak-buyraksimon (pomidor); yumaloq-uchburchaksimon (qalampir); buyraksimon chuqurchali (baqlajon); yumaloq (ko‘k no‘xat); yumaloq-oval (petrushka, pastrenak, shivit, karam, bryukva, turp, sholg‘om, rediska); oval-yumaloq (loviya, qovoq); oval-tuxumsimon (sabzi, selderey); uzunchoq-ellipssimon (bodring); yumaloq-ellipssimon (tarvuz); uchli-ellipssimon (qovun); cho‘ziq (salat); burchakli (piyoz, lavlagi, no‘xat, shovul, rovoch, ismaloq) va hokazo;
yuzasi: tukli (pomidor); uyachali (qalampir, baqlajon, karam, sholg‘om, rediska, turp, bryukva); burishgan (tarvuz, ko‘k no‘xat, rovoch); botiq (lavlagi, piyoz, sparja); qirrali (salat, sabzi, petrushka, pasternak, shivit, selderey); notekis (ismaloq, dukkaklar); silliq (bodring, qovun, qovoq, tarvuz, dukkaklar, ko‘k no‘xat); silliq yaltiroq (shovul) va hokazo;
rangi: kul rang (pomidor, lavlagi, ismaloq, sabzi, petrushka, shivit, salat); qizg‘ish-qo‘ng‘ir (karam, turp); jigar rang (salat, rovoch, shovul, pasternak, shivit, selderey, baqlajon); tim qora (piyoz, sparja); oq (bodring, qovoq, qovun); sarg‘ish (qovun); kul rang-sariq (sholg‘om, rediska) va hokazo.
Sabzavot ekinlarining urug‘i hidiga ko‘ra ham farq qiladi. Qalampir, shivit, petrushka, selderey va sabzi urug‘i o‘ziga xos hidlidir.
Ishni bajarish tartibi. Ishni boshlashdan avval “Sabzavotchilik va polizchilik” darsligidan topshiriqni diqqat bilan o‘rganish lozim.
Keyin o‘quvchilar tirik o‘simliklar, gerbariylar, ularni natural yoki fiksalangan oziq-ovqat organlari, ko‘rgazmali jadvallar va o‘qituvchi yordamida qaysi botanik oilaga mansubligini o‘rganadilar. Keyin esa o‘quvchilar nishonli probirkalarga solingan urug‘larni morfologik tuzilishini o‘rganadilar. To‘plangan ma’lumotlarni 3-jadvalga qayd qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |