Issiqxonaning asosiy tuzilishi va turi haqidagi ma’lumot
Asosiy ko‘rsatkichlar
|
Issiqxona turlari
|
1. Yil davomida foydalanish muddati.
2. Vazifasi.
3. Isitish usuli.
4. Konstruktiv xususiyatlari
qoplama shakli
sirtqi qoplama
bo‘g‘inlar soni
o‘simliklarni o‘stirish usuli
5.Quyidagi materiallaridan tayyorlangan materiallar:
fundament
yon devorlar
sinch
to‘sin (shpros)
6. O‘lchamlar:
issiqxonaning umumiy uzunligi va eni
qurilish maydoni, m2
inventar maydoni, m2
foydali maydon, m2
maydondan foydalanish koeffisiyenti, %
seksiya oralig‘ining kengligi, m
sarrov balandligi, m
tarnov (karniz) ostidagi balandlik, m
to‘sinlar o‘rtasidagi oraliq, sm
7. Ichki uskunalar (sistemalar)
issiqlik manbalari
shamollatish
suv ta’minoti
karbonat angidrid bilan boyitish
o‘g‘it va zaharli ximikatlarni berish
mikroiqlimni boshqarish.
8. To‘siq koeffisiyenti
|
|
Issiqxona elementlarining qanday materiallardan tayyorlanganligi ko‘z bilan ko‘riladi. Issiqxonaning qurilish, inventar va foydali maydoni o‘lchashlar natijasi bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Qurilish maydoni - bu tashqi uzunlikni kenglikka ko‘paytmasi, inventarniki ichki uzunlikni kenglikka ko‘paytmasi, foydali maydon - ekish va ko‘chat uchun foydalaniladigan maydon (doimiy asfalt yo‘llarsiz). Maydondan foydalanish koeffisiyenti foydali maydonni inventar maydonga bo‘lish va olingan sonni 10 ga ko‘paytirib aniqlanadi.
Ichki uskunalarni bayon qilishda issiqlik manbalari va ularning joylashishi (issiq suvli quvurlar, tuproqosti va suv tuproqustini isitish, issiqlik generatorlari, kaloriferlar va sug‘orish usullari yomg‘irlatib yoki rezina ichak bilan va shu kabilar), karbonat angidrid bilan boyitish usuli, issiqxonaga qorishmalarni zaharli ximikatlar, o‘g‘itlarni berish usuli (magistral truboprovod, yomg‘irlatib sug‘orish orqali, umuman yo‘q), mikroiqlimni boshqarish (avtomatlashtirilgan yoki yo‘q) ko‘rsatib o‘tiladi.
Issiqxona solishtirma hajmi to‘siq koeffisiyenti hisoblashlar vositasida aniqlanadi. Solishtirma hajmi - bu hajmning inventar maydonga nisbati, to‘siq koeffisiyenti esa devor va tom sathi yig‘indisining inventar maydonga nisbatidir. Ikki nishabli bir bo‘g‘inli issiqxonalar devorlarining sathi to‘rt devor va ikki yon uchburchaklar sathi yig‘indisiga, tom sathi esa ikkala nishab sathining yig‘indisiga tengdir. Blokli issiqxonada devorlar sathi to‘rt devor va barcha seksiyalar yon uchburchaklari sathining yig‘indisiga, tom sathi esa bo‘g‘inlarni barcha nishablari sathining yig‘indisiga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |