Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibi
O’zbekiston Respublikasi SMTda mahsulotni sertifikatlashtirishga quyidagilar kiradi:
a) SI ga sertifikatlashtirish to’grisida surovnoma berish va uni ko’rib chikish;
b) Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulot MXni va so’rovnomaga ilova qilgan boshqa xujjatlarni taxlil qilish;
v) so’rovnoma bo’yicha qaror qabul qilish;
g) sinovlar dasturi (programmasi)ni tayyorlash va tasdiklash (6 va 9-sxemalardan tashqari);
d) namunalarni identifikatlash (aynan o’xshashligini aniqlash), tanlab olish va laboratoriyaga olib kelish (6 va 9-sxemalardan boshqa);
y) namunalarni ASL da sinashni bajarish (6 va 9-sxemalardan boshqa);
j) mahsulotni ishlab chiqarish xolatini tekshirish (sertifikatlashtirishning 3, 4 va 5-sxemalari uchun);
z) sifat tizimini baxolash (5 va 6-sxemalari uchun);
i) mahsulotning muvofiqligi to’grisida deklaratsiya yozish (9-sxema);
k) olingan natijalarni taxlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishdan voz kechish;
l) muvofiqlik sertifikatini UzR SMT Davlat reestrida ro’yxatdan o’tkazish.
Taqdim etilgan mahsulot MXda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo’lganda SI gigiyenik va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya tekshiruvini o’tkazish va ekologik sertifikatlashtirish zarurligini aniqlaydi. Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtda o’tkazilishi mumkin va so’rovchiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli xujjatlar berilishi bilan tugallanishi lozim.
SI tadbirkorlik sub’ektlarining yozma arizasiga muvofiq, sertifikatlashtirishni o’tkazishda davlat sanitariya nazorati idoralaridan, davlat veterinariya nazorati idoralaridan va usimliklar karantini bo’yicha davlat idoralaridan, shuningdek tabiatni muxofaza qilish davlat idoralaridan barcha zarur xulosalarni olishga oid agentlik xizmatlarini ko’rsatishga xaqlidir. Bunda namunalarni to’g’ri ajratib olish va ularni tegishli davlat idoralariga berish vazifasi, shuningdek mas’ullik SI ga yuklatiladi.
SI so’rovchilarning talablari bo’yicha ularga quyidagi axborotlarni tayyorlashi va taqdim etishi lozim:
- majburiy sertifikatlashtiriladigan mahsulot turlari ro’yxati yoki bu ro’yxatdan ko’chirma;
- SI ning akkreditlangan soxasi bo’yicha bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari;
- sertifikatlashtirish bo’yicha xizmatlariga xaq to’lash preyskuranti (tariflari);
- «O’zstandart» agentligi tomonidan berilgan akkreditlash to’grisidagi guvoxnoma.
Mahsulotni UzR SMTda sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun surovchi mazkur Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan shaklda yozilgan surovnomani tegishli SI ga yuboradi.
So’rovchi bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha idora to’grisida ma’lumot va sertifikatlashtirish qoidalari yo‘k bo‘lgan taqdirda, bu to‘grisidagi ma’lumotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha Milliy idora (keyinchalik-SMI) da yoki uning xududiy idoralarida olishi mumkin.
Chetdan kelitiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi xujjatlar taqdim etilishi lozim:
- ishlab chiqariladigan mahsulotga me’yoriy xujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);
- mahsulot yorligi namunasi yoki mahsulot to‘grisida ma’lumot;
- tovarga ko‘shib jo‘natiladigan xujjat nusxasi. Bu nusxaga mahsulotning O’zbekiston Respublikasi bojxonasi xududiga kelganligi to‘grisidagi belgi ko‘yilgan bo‘lishi shart (tovarga tovar-transport nakladnoyi, invoys, schet-faktura);
- amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalari yozilgan gigiyenik sertifikat va MX da belgilangan boshqa talablar to‘grisidagi ma’lumotlar nusxasi (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik sertifikat).
Agar so‘rovchi ayni vaqtda gigiyenik sertifikatni va muvofiqlik sertifikatini olishga ariza bergan bo‘lsa, bunday xolda gigiyenik sertifikat nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin beriladi.
Majburiy sertifikatlanishi shart bo’lgan, chetdan keltirilgan mahsulotga respublikada MX yo‘k bo‘lsa, sifat ko‘rsatkichlari va xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish sinovlari o‘xshash turdagi mahsulotga bo‘lgan talablarga muvofiqligi bo‘yicha bajariladi.
So‘rovchi tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotga zarur me’yoriy xujjat yoki xavfsizlik bo‘yicha texnik tafsilotlar taqdim etilmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlashtirish o‘xshash mahsulot xujjatlari bo‘yicha yoki gigiyenik sertifikat asosida bajariladi. Bunda (ozik-ovkat mahsulotiga va ozik-ovkatga tegib turadigan mahsulotga) identifikatlash (aynan o‘xshatish) ishlari xam bajariladi.
MXga ega bo‘lmagan, shuningdek gigiyenik sertifikatlashtirilmaydigan mahsulotni sertifikatlashtirish identifikatlashtirish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Ishlab chiqariladigan masulotni sertifikatlashtirishda so‘rovchi quyidagi xujjatlarni taqdim etishi lozim:
- ishlab chiqariladigan mahsulotga me’yoriy xujjat nusxasi;
- mahsulot markirovkasining nusxasi (mahsulot to‘grisida axborot);
- amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkaziladigan sinovlarning natijalari yozilgan gigiyenik sertifikat va MX da belgilangan boshqa talablar to‘grisidagi ma’lumotlar nusxasi (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik sertifikat);
Agar so‘rovchi ayni vaqtda gigiyenik sertifikatni va muvofiqlik sertifikatni olishga ariza bergan bo‘lsa, bunday xolda gigiyenik sertifikat nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan sung beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |