2.Umumiy koidalar
Mahsulot, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar mazkur Qoidalarga muvofiq sertifikatlashtiriladi.
Bir turli mahsulotlarni sertifikatlashtirishni tashqi l qilish va o’tkazish ishlari belgilangan tartibda akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari (keyinchalik SI) tomonidan bajariladi.
Sertifikatlashtirishning ma’lum sxemalari bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha tegishli qoidalarda va bir turdagi mahsulotga talablarni o’z ichiga olgan me’yoriy xujjatlarda belgilanadi. Bunda tekshirishlar xajmiga karab sertifikatlashtirish sxemasining murakkabligi bu mahsulotning xavfsizlik darajasiga bog’lik bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Sertifikatlashtirish milliy tizimi (SMT)da qo’llaniladigan, sertifikatlashtirishning tavsiya etiladigan sxemalari ushbu Qoidalarga berilgan 1-ilovada keltirilgan.
Har bir muayyan xolatda SI (sertifikatlashtirish idorasi) so’rovchining taklifini, yetkazib beriladigan mahsulot xajmi va muddatini, sinash metodlarini, ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilishi mumkinligini, shuningdek mazkur mahsulotning iste’molchilar uchun mumkin bo’lgan xavfini xisobga olgan xolda sertifikatlashtirish sxemasini tanlaydi.
Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasida sertifikatlashtirish ushbu xujjatlarda keltirilgan sxemalar bo’yicha bajariladi.
Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiklanishi lozim bo’lgan tafsilotlar (ko’rsatkichlar) ro’yxati, tekshirish va sinash metodlari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga me’yoriy xujjatlar (keyinchalik - MX)da belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiklanadi.
MX da sertifikatlashtirish sinovlari to’grisida bo’lim keltirilmagan yoki davlatlararo standartlarni kullanishi kursatilmagan bo‘lsa, u xolda SI me’yoriy xujjatda yoki xalqaro standartlarda ko’rsatilgan tafsilotlar (harakteristikalar) majmuidan birinchi navbatda xavfsizlik bo’yicha talablarni tavsiflovchi ko’rsatkichlarni tanlaydi.
Sertifikatlashtirishda, muayyan mahsulot MXdan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan MX larga xam amal qilish lozim.
Mahsulot sinovlarini o’tkazishda, takrorlashga yo’l qo’ymaslik maqsadida, akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari (keyinchalik - ASL) boshqa ASL da o‘tkazilgan sinov natijalarini o’zaro tan olishlari lozim.
Surovchi sertifikatlashtirish ishlariga mavjud qonunlarda belgilangan tartibda xaq to’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |