Axborot ta’minoti
Sertifikatlashtirish idorasi o‘zi bergan, bekor qilgan, to‘xtatilgan sertifikatlarni, shuningdek sertifikat berishdan voz kechilgan xollarni xisobga olib boradi. Bular to‘grisidagi va sertifikatlishtirish bo‘yicha faoliyat to‘grisidagi axborotni belgilangan tartibda SMIga jo‘natadi. SI o‘zining faoliyati va o‘zi bergan sertifikatlar to‘grisida manfaatdor tashqi lotlarni xabardor qiladi.
SMI mahsulotni sertifikatlashtirish natijalari to‘grisidagi axborotni chop etadi. Bu axborotga quyidagilar kiradi:
- sertifikat berilgan (tan olingan) mahsulotlar va ularning sertifikatlashtirilgan tafsilotlari ro‘yxati;
- SI, SMI va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar ro‘yxati;
- bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari to‘grisidagi ma’lumotlar;
- bir turli mahsulotni sertifikatlashtirish qayd etilgan tizimlarning ro‘yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |