Kimyo texnologiya


Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish



Download 2,59 Mb.
bet119/134
Sana02.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#310717
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134
Bog'liq
ma'ruza to'g'ri varianti QXMT 2021yil,,

4.Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish.

So‘rovchilarga muvofiqlik sertifikatini va sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini berishni SI, ular bo‘lmasa, SMI amalga oshiradi.

SI sinov bayonnoma (lari) ni ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini baholab va ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, O‘zRH 51-021 “O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Davlat reyestrini olib borish qoidalari” da belgilangan O‘z SMT ning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi va so‘rovchiga topshiradi. Sertifikat faqat ro‘yxat raqami bo‘lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyo’l 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda belgilangan.

Sertifikat berish bo‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni ko‘rib ko’rib , ishlab chiqarishni tekshirish, sinash va tekshiruvchan nazorat, hujjatlarni ro‘yhatdan o‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlashtirilgan muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga SI belgilaydi.

Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, so‘rovchi mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi.

Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish.

O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar sertifikatini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar.

Respublikada foydalaniladigan yurtimiz va chetdan keltirilgan mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bo‘lmaganda SMI qabul qiladi.

Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi.

Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi.

Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish


xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar va materiallar ilova qilinishi lozim.

Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH ning qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini taqdim etadi.

Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish (tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda ayrim tavsiflari bo‘yicha o‘tkazishni talab qilishi mumkin.

Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha belgilanadi.

Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reyestriga kiritiladi.

Chet el sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlariga haq to‘lash so‘rovchi tomonidan bajariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 409-sonli “Majburiy sertifikatlashtirish kerak bo‘lgan tovarlar (mahsulotlarni) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab chiqilib, 26 fevral 2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikatlari bir nomdagi yoki bir xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.

Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda saqlanishi mumkin.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi o‘rnatgan muddatda amalga oshiriladi.



Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari

1 kundan 5 kungacha

Yengil sanoat mahsulotlari

5-10 kungacha

Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta ishlashdan boshqa)

10 kungacha

Yelektrotexnika va texnika mahsulotlari

5-15 kungacha

Mashinasozlik mahsulotlari

10 kungacha

Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar

15 kungacha

O‘lchash vositalari

5-30 kungacha

Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda, sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiqligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.

Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.

Respublikaga olib kelinayotgan mahsulot bojxona nazorati ostida sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.

Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) o‘zaro kelishuviga muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.




Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish