16 – mavzu. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi (4soat)
Reja.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi
Buyurtmani topshirish va ko‘rib ko’rib
Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish
Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish
Tayanch so‘z va iboralar: buyurtmani ko‘rib ko’rib , buyurtmani topshirish, foydalanish huquqi, tovar belgisi.
1.Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi
Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Unga binoan:
“Mahsulotni sertifikatlashtirish” (keyinchalik sertifi-katlashtirish) mahsulotga o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat;
“Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat;
“Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa meyoriy xujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qo‘llaniladigan belgi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- inson sog‘lig‘i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof-muhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga oshirish uchun;
- xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun;
- mamlakatimiz va qo‘shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish uchun;
- iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) uchun;
- ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun.
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyo’l 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458 sonli raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidasi” ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida (keyinchalik O‘z SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan umumiy talablarni belgilaydi.
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan va chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, vazirliklar, Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyo’l 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorining 2-ilovasida keltirilgan.
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi:
sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish;
meyoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish;
buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish;
identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga yetkazish;
akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish;
mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash;
sifat tizimini baholash;
mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash;
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki bermaslik;
O‘z SMT Davlat reyestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish;
chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish;
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun) barqarorligi ustidan tekshiruvchan nazorat olib berish;
apellyatsiyalarni ko‘rib ko’rib .
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari:
Do'stlaringiz bilan baham: |