3.Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish.
Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, berilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan MH larda ko‘rsatilgan sinovlarni o‘tkazish huquqi O‘z SMT da akkreditlangan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) bo‘lmasa, SI yoki SMI haqiqiy natijalarni ta’minlovchi, sinovlarni o‘tkazish joyi, tartibi va sharoitlarini belgilaydi.
Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, konstruksiyasi, tarkibi va ishlab chiqarish jarayoni, iste’molchiga (buyurtmachiga) taqdim etilayotgan mahsulotlarga aynan o‘xshash bo‘lgan mahsulot to‘pidan (yoki seriyasidan) olingan namunalarida o‘tkaziladi. Namunalar soni ularni tanlab olish tartibi, aynan o‘xshatish va saqlash qoidalari sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni MH lari va sinov uslublarida belgilanadi.
So‘rovchi, zarur bo‘lganda, tarkibi va mazmuni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tarkibida belgilanadigan namuna (namunalar) ning texnik xujjatini taqdim etadi.
Namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish, belgi qo‘yish va tamg‘alashni, namunalarni sinash joyiga yetkazishni ta’minlaydigan so‘rovchi ishtirokida, SI yoki sinov laboratoriyasi amalga oshiradi.
Bunda namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi.
Bojxona ta’minotidagi import mahsulotlaridan namuna tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan uning inspektori va tovar egasi yoki uning ishonchli shaxsi ishtirokida sertifikatlashtirish idorasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda namuna (kichik namuna) lar tanlab olish dalolatnomalari uch nusxada tuzilib, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi.
So‘rovchi, shuningdek, SI ga mahsulotni ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tashqi l qilishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini (ularni amal qilish muddatlarini hisobga olgan holda) yoki O‘z SMT da akkreditlangan yoki tan olingan yurtimizning yoki chet el sinov laboratoriyalari tomonidan bajarilgan sinovlari to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin.
Buyurtmachi iltimosiga ko‘ra uning vakillariga sinovlarni tashqi l qilinishi va sharoitlari bilan tanishib ko’rib imkoniyati berilishi lozim.
So‘rovchi o‘z mahsulotining sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada sinovlarning maxfiyligini va normal sharoitlarni saqlanishini ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilinishi lozim.
Namunalar sinovlarining sifati va ishonchliligi hamda ularni saqlash bo‘yicha javobgarlik, texnikaviy layoqatligi va mustaqilligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasiga yuklanadi. Sinov bayonnomalari vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va laboratoriya rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil laboratoriya bo‘lmagan taqdirda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun sinovlarni faqat texnikaviy layoqatligiga akkreditlangan sinov laboratoriyalarida SI vakilining nazorati ostida o‘tkazishga ruxsat etiladi.
Bunday sinovlarning xolisligi bo‘yicha javobgarlik sinov laboratoriyasi bilan birga ularni o‘tkazishni topshirgan SI ga ham yuklanadi. Bu holda sinov bayonnomalari SI vakillari tomonidan ham imzolanadi.
Sinov bayonnomalari so‘rovchiga va SI ga taqdim etiladi. Sinov bayonnomalarining nusxalari sertifikatning amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi lozim. Bayonnoma nusxalarini saqlashning aniq muddatlari bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida va sinov laboratoriyasi hujjatlarida belgilanadi.
Agarda mahsulotning alohida parametrlari bo‘yicha sinovlari har xil akkreditlangan sinov laboratoriyalarda (markazlarda) o‘tkazilgan bo‘lsa, unda mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligini ijobiy bahosi bo‘lib zarur bo‘lgan barcha ijobiy natijalari sinov bayonnomalarining mavjudligi hisoblanadi.
Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |