Takrorlash uchun savollar
1.Bijg’ish sanoatidagi asosiy va ikkilamchi maxsulotlar tavsifi.
2.Solod turlari va ishlatilish soxasi .
3.Nechta bijg’ish boskichlari mavjud?.
4.Pivo ichimligi turlari va sifati.
5.Pivo ishlab chiqarish sxemasi.
«Tayanch» so’z va iboralar
Solod, Xmel’, suslo, arpa, pivo sharbati, sof achitqi sharbati, zator, pivo achitqisi, undirish.
21-MA’RUZA ETIL SPIRTI ISHLAB CHIQARISHNING UMUMIY TEXNOLOGIYASI
Reja:
Ozuqa etil spirti tayyorlashda (bug’doy, arpa, suli va tariq) xom ashyolari va ularni qayta ishlashga tayyorlash.
Asosiy jarayonlar prinsipial sxemasi.
Spirt olish tartibi.
Etil spirti – xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llanib kelmoqda. Uning asosiy iste’molchi oziq – ovqat sanoati hisoblanadi. Etil spirti asosoan kuchli spirtli ichimliklar tayyorlashda, sharoblarni quvvatlantirishda, uksus tayyorlashda hid berishda qo’llaniladi. Medisina sanoatida va vitamin ishlab chiqarishda va dori darmon tayyorlashda dezinfeksiya qilish maqsadida ishlatiladi. Etil spirti shuningdek kimyo sanoatida va boshqa sanoatlarda ham ishlatiladi.
Spirt ishlab chiqarish sanoatida qishloq xo’jaligidan o’simlik xom ashyosini olib ularni kam qiymatga ega bo’lgan uglevodlarni kimyoviy reaksiya orqali spirt ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida undirilgan don kraxmalini shira tortirish uchun ishlatiladi. Kraxmal to’liq shira tortishi uchun – undirilgan don yuqori shira torttirish, dekstrinlash dekstrinolik xususiyatiga ega bo’lishi kerak.
Undirilgan don ishlab chiqarish uchun g’alla turini tanlash.
Undirilgan don ishlab chiqarish uchun arpa, javdari bug’doy, bug’doy, tariq, suli va (gumiza) ishlatiladi. Undirish jarayonida hosil bo’ladigan amilolitik fermentlarni faolligi bo’yicha bu g’allalarni 3 guruhga bo’lish mumkin. 1 guruh – arpa, javdari bug’doy, bug’doy. 1 guruhga kiruvchi donlar undirish jarayonida yuqori shira tortdirish va (dekstriniruyuhuyu) hususiyatiga ega, ammo (dekstriniruyuщuyu) hususiyati kam.
2-guruh- tariq, gumiza-bu turdagi don shira tortish qobiliyatiga, o’rtacha (dekstrinuyuhiy) va eng yuqori dekstrinolitik xususiyatga ega. 3 guruh – suli tarkibidagi ferment miqdoriga kirib 1 chi va 2 chi guruh donlarning oraliq o’rnini egallaydi.
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida kraxmalni to’la shira tortdirish uchun g’alla guruhidan 2 ta yoki 3 ta guruhining aralashma holdagi undirilgan doni ishlatiladi. Bunday aralashma holdagi undirilgan don tarkibida etarli darajada fermentlar: alfa-amilaza, betta-amilaza va dekstrinofosfatazalar bo’ladi. Undirilgan donning aralashmasi tarkibida tariq va suli 30 % dan kam bo’lmasligi kerak. Hamma aralashma tarkibidagi undirilgan arpa o’rniga qisman yoki butunlay undirilgan javdari bug’doy va undirilgan bug’doy, undirilgan sulini esa – gumiza bilan almashtirish mumkin.
Bu turdagi undirilgan donni ishlab chiqarish uchun «havo – suvli bo’ktirish usulida» olib boriladi. Temperetura 13-150 bo’ladi. Birinchi bo’ktirish jarayonida don suv yuzasidagi xar-xil xas-cho’plardan tozalanadi, so’ng don suv bilan yuviladi. Arpa, suli va bug’doy 2-3 marotaba, javdari bug’doy 1-2 marotaba bo’ktiriladi. Har-bir bo’ktirish jarayonida don suv tagida 3-4 soat bo’lishi, suv bo’ktirish chanidan chiqarib yuborilgandan so’ng 2-3 soat mobaynida suvsiz turishi kerak. Donning namligi 38-40 % ga etgach bo’ktirish jarayoni to’xtatilib, bo’ktirishni don bo’ktirish chanidan betonli supasimon (tokovo’y) don undirgichlarga 60-70 sm qalinlikda (vorox) yoyiladi. Voroxdagi harorat 23-240S ga etgach don aralashtiriladi (lopatka yordamida) va undirish qatorlariga 40 sm qalinlikda yoyiladi. Birinchi ikki kun davomida qatordagi harorat 19-200S da, undirish jarayonini oxirigi kunlari 13-140S ga kamaytiriladi (tez-tez aralashtirish usuli bilan). Arpa, suli va bug’doyni undirish jarayoni 10-12 kun, javdari bug’doyniki esa 7-8 kun davom etadi. Undirish jarayonida don bir kunda 2-3 marotaba aralashtirib turiladi. Undirilgan donni ishlab chiqarishga yubormasdan 24 soat oldin suv sepilib aralashtiriladi. Ko’k undirilgan arpa va sulining namligi 44-45 %, ko’k undirilgan javdari bug’doy va bug’doyniki esa 40-41 % bo’lishi kerak
Don va kartoshkadan olingan etil spirti likyor – aroq ishlab chiqarishda (60-62%); 30-35% -vinochilikda uchratiladi. Ma’lum darajada spirt tibbiy dori darmonlarni tayyorlashda dizenfeksiyalanadigan modda va kam miqdorda konserva va vitamin ishlab chiqishda qo’llaniladi.
Ishlab chiqarish qoldiqlari achitqi ishlab chiqarishda va molga em sifatida beriladi.
Tozalangan darajasiga qarab quyidagi etil spirti ishlab chiqiladi.
a) ekstra
b) tozaligi yuqori darajadagi etil spirti
v) I navli etil spirti
“Ekstra” etil spirti, GOST talabiga rioya qiladigan dondan ishlab chiqariladi.
Tozaligi yuqori darajadagi etil spirti va I nav etil spirti xom ashyoga qarab:
a) dondan; kartoshka va dondan; kartoshkadan
b) don aralashmasidan; kartoshkadan; qand lavlagidan va melassadan har nisbatda olingan holda
v) melassadan
Do'stlaringiz bilan baham: |