289.O’tish davri. Metallurgiya. Yatrokimyo, pnevmokimyo
Insoniyat-tabiat-olov munosabatlari ta’sirida bir xil predmetlar yo’qolib ularning o’rniga boshqasi paydo bo’ladi. Masalan: loyni qizdirib unga qattiqlik berish, ganchkorlikni vujudga keltirdi. Rudalardan metallarni eritib olib, metallardan qotishmalar olib metallurgiya sanoati vujudga keldi. Eng dastlabki metallar - mis, oltin, temirlar vujudga keldi. Osuriylar armiyasi temirdan eng birinchi qurol yasab (900 yilda bizning eramizgacha) urushlar qilganlar.
Yatrokimyo - alkimyoning uchinchi bosqichi bo’lib ularning asosiy maqsadi oltin izlash va dori izlashga qaratilgan edi. Bu vaqtga kelib Italiyada izchil rivojlanish vujudga keldi. Shvesariyalik Teo Frast Parasels (1493-1541 yil) alkimyoda yangi yo’nalish yaratib - organizmdagi kimyoviy funksiyalar garmoniyasini faqat kasallik buzish mumkin deydi. U Hg, Sb, Cu, Fe, As preparatlari, mineral kislota, vino spirti, sirka kislotasini sintez qildi va medisina amaliyotiga kiritdi. U alkimyogarlardagi 3 elementni materiyaning asosi – simob Hg, oltingugurt S va tuz deb, ular xuddi inson jismi, ruhi va qalbiga o’xshash bo’ladi deydi. Masalan: simob yetishmasa paralich, oltingugurt ko’p bo’lsa vabo, tuz ko’p bo’lsa oshqozon kasali kelib chiqishini ko’rsatdi.
290.Flogiston nazariyasi, uning inqirozi
Metallarning kal'tsinatsilanishi uzoq vaqt kuzatilgach, pirovard natijada kulga o`xshagan birikma xosil bo`lishigа e`tibor berdilar. Bundan tashqari metallar kuydirilganda ayrim gazsimon moddalar ajralib chiqadi, bu uchuvchan moddalar tabiati tushunarli emasdi. Uglerod yonganda "o`rmon gazi" xosil bo`lishini Van Gel'mont ilgari aytgani bilan unga xam e`tiborsizlik bilan qarashdi. Flogiston nazariyasining asoschilari sifatida kimyogar-vrachlar Iogann Ioaxim Bexer (1635-1682 yy.) va uning izdoshi bo`lgan G. SHtaль (1659-1734 yy.) xisoblanadi. Universitetni tugatib professor ilmiy darajasigacha etgan bo`lsa xam, Bexerning ilmiy dunyoqarashi juda qoloq va g`alis edi. 1667 yilda yozgan "Er osti fizikasi" asarida murakkab jismlarning dastlabki tarkibiy qismlari xaqida gapirib, barcha anorganik, o`simlik va tirik organizmlar tuproq va suvdan iborat deb xisoblaydi. Bexer tuproqni uch xil deb qabul qiladi: "birinchi tuproq" - suyuqlanadigan toshsimon modda, "ikkinchi tuproq"- yog`simon yonadigan, "uchinchisi"- uchuvchan deb xisoblaydi. Jismlarning yonuvchanligini ulardagi yog`simon ikkinchi tuproq yoki oltingugurt borligi bilan tushuntiradi. Metallar og`irligining ortishi sababini "olov-simon materiya" metall bilan birikadi deb o`rgatadi. Ana shunday g`alis tushuncha va chalkashliklardan iborat bo`lgan Bexerning fikrlari G. SHtal' tomonidan flogiston nazariyasini yaratishda asos qilib olindi.SHTAL Barcha yonuvchi moddalarning "yonish printsipini" tushuntirish uchun fanga flogiston (yunoncha yonuvchi, olov degani) iborasini kiritadi. Bexerdan farq qilib, "yonish printsipi"nи "yog`simon tuproq" emas, balki nozik gazsimon materiya, vaznsiz tutqich bermas - flogiston belgilashini uqtiradi. SHunday bo`lsa xam, SHtal' o`zining flogistoni Aristotelning olovi emasligini ta`kidlaydi. Yonish jarayonida yonuvchi moddadan ajralgan flogiston quyunga o`xshagan modda xosil qiladi va xavo bilan qo`shilib ketadi deydi. Uni xavodan ajratib olish mumkin emas. Xavo tarkibidagi flogiston o`simliklar tomonidan ajratib olinadi, uni iste`mol qilgan boshqa tirik organizmlar flogistonni qabul
Do'stlaringiz bilan baham: |