Kimyo tarixi predmeti nimani o’rganadi


D.I. Mendeleevning davriy qonuni. Radioaktivlik. Anorganik va analitik kimyo. Kompleks birikmalar nazariyasining paydo bo’lishi



Download 0,7 Mb.
bet80/84
Sana18.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#455253
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Kimyo tarixi birlashtirilgani o

293.D.I. Mendeleevning davriy qonuni. Radioaktivlik. Anorganik va analitik kimyo. Kompleks birikmalar nazariyasining paydo bo’lishi
Эlementlarni tizimga solishda D.I. Mendeleev (1834-1907 yy.) ularning asosiy xossasi sifatida atom massasini qabul qildi. 1869 yil 18 fevral' - Mendeleev davriy jadvalning "tug`ilgan kuni" sanaladi. SHu kuni u o`zining tuzgan jadvalini bir qator mashxur olimlarga jo`natib, bu dastur nomini "Эlementlarning atom massasi va kimyoviy o`xshashligiga asoslangan tizimlash tajribasidan",- deb ataydi. D.I. Mendeleev sinflagan jadvalda 63 ta element atom massasi ortishi asosida joylashtirilgan bo`lib, ularning xossalaridagi davriylik kuzatildi. o`sha paytda olim noma`lum 4 ta elementlarning atom massalarini 45, 68, 70 va 180 bo`lishi mumkin deb bashorat qilgan edi.
Atom tuzilishining murakkab ekanligini isbotlovchi kashfiyotlardan yana biri 1895 y. fransuz olimi Anri Bekkerel tomonidan ochilgan tabiiy radioaktivlik hodisasidir. Radioaktivlik hodisasi ochilishidan sal oldin 1896 yil yanvarda Rentgen γ-nurlarni ochdi va keyinchalik bu nurlar "Rentgen" nurlari nomini oldi. Rentgen nurlari to’lqin uzunligi 10 2 nm bo’lgan, ko’zga ko’rinmaydigan elektromagnit nurlanishi bo’lib, kuchli teshib o’tish qobiliyatiga ega. Rentgen nurlarining bu xossasidan texnikada va medisinada ko’p qo’llaniladi. A. Bekkerel bu kashfiyot bilan juda qiziqdi va K2[UO2 (SO4)2] ∗2N2O mineralini qorong’ulikda o’z-o’zidan ko’zga ko’rinmas nur tarqatishini aniqladi. Bu hodisa radioaktivlik deyiladi. Bekkerel maslahati bilan M. Skladovskaya-Kyuri va uning eri Pyer-Kyurilar o’zlarining eng muhim tajribalariga kirishadilar va uran rudasi tarkibidan 1898 y. poloniy va radiy elementlarini ajratib olishga muvaffaq bo’ladilar. Radioaktivlik hodisasini keyinchalik asosan tekshirgan ingliz olimlardan Ernest Rezerford bo’lib, u uch xil -α (alfa), β(beta) va γ (gamma) nurlanishni aniqladi. Ќar bir nurlanish o’zining elektr xossasi va teshib o’tish qobiliyatlari bilan farq qiladi.
294.Organik kimyo fani, nazariyasining yaratilishi va rivoji
Birinchi marta 1806 yili Bertselius o`zining "Xayvonot kimyosi" asarida "Organik kimyo" terminini shifokor talabalarga tanishtirdi va fanga olib kirdi.
Sirka kislotasi arab alkimyogarlari tomonidan V asrda vino achitqisidan xaydab olindi. Эtil spirti vinoning o`zidan olindi va "Spiritus vini" vino ruxi deyildi. Эfir 1625 yili V. Valentin vino spirti va kuporos moyi (H2SO4) dan oldi. Absolyut efir 1796 yili T.Lovits tomonidan K2CO3 va CaCl2 ta`sirida suv va spirtdan tozalandi. "Yog`larning shirin asosi" glitserin yog`lardan olindi. XIX asr boshlarida organik moddalarning tabiati xali tushunarli emas edi. 1784 yili A. Lavuaz'e vino spirti, moylar, mumlarni yoqib ulardan xosil bo`lgan karbonat angidridi va suv miqdorini o`lchadi va tarkibini aniqladi. Lavuaz'e o`sha paytda organik moddalar murakkab radikallarning kislorod bilan birikishidan xosil bo`ladi deb fikr yurgizardi. Gey-Lyussak, Tenar, Bertselius va ayniqsa Libixning taxliliy ishlari organik moddalar tarkibini va undagi elementlar nisbatini aniqlashga imkon berdi.
Yangi nazariya yaratilishining asosiy shartlari shuki, S atomining 4 valentli ekanligi, "atom", "molekula" xaqida ma`lumot, moddalarning atom va molekulyar massalarini aniqlash imkoniyati vujudga keldi. 1859-61 yillarda Qozon universiteti professori A.M. Butlerov(1826-1886 yy.) bir qator sintezlar qildi. Formal'degid polimeri - dioksimetilen oldi, undan 1859 yilda urotropin - geksametilentetramin sintezini bajardi, 1861 yilga kelib dioksimetilendan birinchi qandsimon modda "metilitan" sintezini yo`lga qo`ydi. Molekuladagi atomlar orasida bog`larning tarqalishi 1860 yilda Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratilishiga olib keldi. 1861 yil 19 sentyabrda SHpeyerdа nemis shifokorlari va tabiatshunoslarining s`ezdida Butlerov o`zining "Moddalarning kimyoviy tuzilishi" ma`ruzasi bilan chiqdi va kimyoviy tuzilishning asosiy tushunchalarini e`lon qildi: "Xar qanday murakkab zarrachaning kimyoviy tabiatini undagi elementar zarrachalar soni va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi.... Xar qaysi kimyoviy atom murakkab modda tarkibida o`zining kimyoviy tabiatiga bog`liq ravishda qatnashib, uni xosil qilishda ishtirok etadi",- deb aytgan edi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish