Kimyo tarixi predmeti nimani o’rganadi


D.I.Mendeleev tomonidan Davriy qonunning ochilishi. Davriylik haqida ta’limot haqida ma’lumot bering



Download 0,7 Mb.
bet83/84
Sana18.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#455253
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Kimyo tarixi birlashtirilgani o

301.D.I.Mendeleev tomonidan Davriy qonunning ochilishi. Davriylik haqida ta’limot haqida ma’lumot bering
D.I.Mendeleyev “Kimyo asoslari” kitobining 1- bobida N. O, N, C galogenlar, 2 - bobida Na, K, Cu , Ag ishqoriy-yer metallarini xarakterlab berdi. U klascifikasiyalashda faqat atom og’irligi bilan chegaralanib qolmasdan ularning kimyoviy xossalari, oksidlar hosil qilishi, vodorod bilan birikishi, valentligi asosida gruppalarga ajratadi. Demak, Mendeleyev birinchidan - atom og’irligi, ikkinchidan kimyoviy xossalari asosida 1869 yil 6 martda “Elementlarning tabiiy sistemasini “ yaratdi. D.I. Mendeleyevning davriy qonunida “Elementlar xossalarining o’zgarishi ularning atom og’irligi o’zgarishiga davriy ravishda bog’liqdir” deyiladi.
D.I.Mendeleyevdan avval olib borilgan ishlarning hyech birida kimyoviy elementlar orasida o’zaro uzviy bog’lanish borligi topilmadi. Chuqur ilmiy bashorat va taqqoslashlar asosida D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muhim qonuni – kimyoviy elementlarning davriy qonunini ta’rifladi. D.I.Mendeleyev ta’riflagan davriy qonun va uning grafik ifodasi - davriy sistema hozirgi zamon kimyo fanining poydevori bo’lib qoldi. D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning ko’pchilik xossalari shu elementlarning atom massasiga bog’liq ekanligini aniqladi. U o’sha zamonda ma’lum bo’lgan barcha elementlarni ularning atom massalari ortib borishi tartibida bir qatorga qo’yganida elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarda qaytarilishini, ya’ni d a v r i y l i k borligini ko’rdi
303.YUnon faylasuflarining atom va element to‘g‘risidagi tushunchalari tug’risida ma’lumot bering
Yunon faylasuflari element, atom va kimyoviy birikma xaqidagi tushunchalarni kashf etdilar. Эramiz-dan burun yashagan Fales Miletskiy (640-546 yy.), Anaksimandr(610-546 yy.), Anaksimen (585-525 yy.), Geraklit (540-475 yy.), Pifagor (532-497 yy.), Anaksagor (500-428yy.), Эmpedokl (490-430 yy.)larning ishlari fan taraqqiyotidagi dastlabki tushunchalar edi. Ular o`zlarining e`tiborlarini koinot va uning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi moddalarga qaratishdi. Bu olimlarni moddalarning olinish usuli, ularning amaliy ishlatilishi emas, balki nega bu moddalarning xossalari boshqa moddalardan farq qiladi degan savolga javob qidira boshladilar, ya`ni boshqacha qilib aytsak, bugungi kimyoviy nazariyaning dastlabki elementlarini qidirishga tushdilar. Fales Miletskiy Kichik Osiyoning G`arbiy tomoni - Ioniyada, Milet degan joyda (xozirgi Turkiya zamini) yashagan. Falesning fikricha, bizni o`rab olgan borliqning dastlabki asosini tashkil etuvchi element - modda borki, qolgan barcha jismlar shundan xosil bo`ladi va suvsiz xayot bo`lmasligini e`tirof etadi. Qadimgi yunonlar vakuum bo`lishi mumkinligini inkor etishar, Er bilan osmon orasida bo`shliqning xavo bilan bandligini xisobga olib, suv va erdan boshqa barcha joy xavo bilan to`lgan deb tasav-vur qilishardi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish