287.Buyuk Sharq allomalari kimyo haqida ma’lumot bering
Ana shu davrda ensiklopedist olimlar Al-Beruniy, Al-Forobiy, Abu Ali-ibn Sino(X-XI)-vrach alkimyogarlar faoliyat ko’rsata boshladi. Abu Ali-ibn Sino Buxoroda tug’ilib 21 yoshida Urganchga Ma’nun akademiyasiga o’qishga boradi. Bu akademiya boshlig’i Al-Beruniy edi. Ibn Sino “Tib qonunlari” va ”Shifobaxsh vositalar haqida kitob” nomli asarlarini yozadi. U 17 yoshida mohir tabib bo’lgan va HCI,HNO3,H2SO4 ,KOH ,NaOH larni bilgan. Ibn Sinoning ustozi Al Beruniy buyuk matematik, fizik, astronom bo’lishiga qaramasdan kimyoni amaliy fan sifatida ishlatdi. U tabiiy minerallar ko’mir, ozokerit, neft asfaltlarni analiz qilib, xossalarini aniqlab ularning qayerlarda ishlatilishini ham aytadi. Rudadan metallarni, tarkibida oltin bo’lgan rudalardan esa oltinni ajratish metodikasini yozadi. Qimmatbaho toshlarning analizini ularning solishtirma og’irliklarini aniqlaydi. Ibn-Sino tomonidan yozilgan 450 kitobdan 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Shundan 80 tasi falsafa va ilohiyotga, 48 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 1 ta riyoziyot, 2 tasi - kimyo tarixi, 4 ta adabiyot, 9 ta odob ilmi, musiqa, 7 tasi - falakiyotga bag’ishlangan. Uning kitoblari Yevropa dorilfununlarida 500 yildan beri darslik sifatida ishlatiladi. Ibn - Sinoning “Tib qonunlari” asarida 760 dan ortiq dori yozilib ular - mineral moddalar (metallar, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlardan, organik (o’simlik va hayvonlardan) olingan moddalar to’g’risida gapiriladi. U “Shifobaxsh vositalar” kitobida tabiatshunoslik haqidagi bilimlarni umumlashtiradi. Metallik xossasini simob beradi u yaltiroqlik, plastiklik va olovga munosabatini bildiradi deydi. Uning boshqa alkimyogarlardan farqi shuki, metallar astronomiyaga bog’liq emas deydi.
288.Gretsiya, Misrda alkimyoning rivojlanishi
Sivilizasiya o’chog’i bo’lgan Xitoy, Misr, Xindiston va Messopotomiyalarda rudalardan metallar ajratib olgan, bo’yoq tayyorlagan, loy idishlarni tayyorlagan va kasallarni o’t bilan davolagan. Qadimiy Misrda topilgan bundan 6 ming oldin yasalgan shisha tarkibi xozirgi shishalarga o’xshash ekan. Eramizgacha 5000 yil oldin Misrda ohaktoshni 1100°S da kuydiradi. Eramizgacha 3 ming yil oldin Misrda katta miqdorda misni uglerod yordamida qaytarib olishgan. Shu davrda Messopotomiyada mis, bronza, temir, kumushni ola boshladi, natijada kishilar turmush madaniyati o’zgardi. Oziq-ovqat, kulinariya va parfyumeriya ishlari boshlandi Qadimgi dunyodagi kimyoviy bilimlar 100 ming yillar oldingi davr - olovning vujudga kelishidan boshlanadi. Amaliy kimyo Miloddan qariyib 4000 yil ilgari Misr, Messopotamiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida rivojlana boshlaydi va kimyoviy bilimlar Misrdan qadimgi dunyoning turli qismlariga tarqalgan. Bizning eramizgacha 1000 yil oldin qadimiy Misrda - keramika, lazur, shisha, oxra bo’yog’i, indigo, pigmentlar ishlatilgan. Shuning uchun Fransuz kimyogari Bertlo kimyoni Misrcha "xemi" deb atadi (hunarmandchilikni rivojlantirgan odamlarni "xemi" deb atagan), Grek alximigi Zosima kimyo - oltin va kumush yasash san’ati ("xemia" metall quyish san’ati) degan so’zdan olingan deydi. Kimyo so’zining ma’nosi haqida turlicha fikrlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |