Kimyo tarixi predmeti nimani o’rganadi


Flogiston nazariyasining inqirozi



Download 0,7 Mb.
bet79/84
Sana18.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#455253
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Kimyo tarixi birlashtirilgani o

Flogiston nazariyasining inqirozi
XVIII asrning ikkinchi yarmi va oxirida kimyoda ekserimental materiallarning yig`ilishi, kimyoviy taxlilning shakllanishi kimyo fani taraqqiyotining bosh omili edi. Bu davrda Evropa davlatlarining barchasida kimyo rivoji bir tekisda bo`lmadi. Angliya va SHvetsiyada kimyogar-olimlar kimyoviytaxlil va pnevmatik kimyo muammolarini echishga uringan paytda, Germaniyadagi olimlar flogiston nazariyasi yordamida manufaktura talablarini qondiruvchi texnologiyalar yaratish bilan kimyoviy texnologiyalar yaratish bilan band bo`ldilar. Jamiyatda yuz berayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar, tabiatshunoslik, ayniqsa kimyo faniga qo`yilgan talablar, yangi tarixiy jarayonning shakllanishiga va flogiston nazariyasi emirilishiga olib keldi. Bu davrning buyuk kimyogarlaridan biri shved olimi T.I. Bergman (1735-1784 yy.) edi. U 1767 yildan boshlab Upsala universiteti professori o`zining mashxur taxliliy kimyo tadqiqotlari bilan shuxrat qozondi, sifat taxlilining "xo`l" usulini joriy qildi. Bir qancha xususiy reaktsiyalarni yo`lga qo`ydi va tizimli sifat taxlili reaktivlari xaqida qo`llanmalar yaratdi
291.Atom-molekulyar ta`limot.
M.V. Lomonosov 1741 yilda atom – molekulyar ta’limotni quyidagicha ta’riflab berdi: 1. Moddalar korpuskulalardan (molekula) va elementlardan (atom) tashkil topgan. 2. Korpuskula va elementlar ma’lum hajm va og’irliklarga ega. 3. Korpuskula va element doimo harakatda bo’ladi, shuning uchun ularning issiqligi, temperaturasi har xil bo’ladi 4. Harakatning saqlanish prinsipi bo’ladi. Shuning uchun ular bir-biriga ta’sir qiladi. 5. Olov modda harakati natijasidir. R Boylning metallarning og’irliklari olovda qizdirilganda hosil bo’ladi degan fikrni noto’g’ri deb, u havo hisobiga oshadi deydi. 6. 1748 yilda M. V. Lomonosov “Moddalar massasining saqlanish qonunini"taklif qildi.


292.XIX asrning birinchi yarmida kimyo fani.
J. Dal'tonning atomistik ta`limoti Evropada tan olingandan so`ngra 1808 yilda J. Gey-Lyussak tomonidan xajmiy nisbatlar qonuni ochildi. 1811 yilga kelib ital'yan olimi A. Avogadro (1776-1856 yy.) Dal'ton ta`limoti va Gey-Lyussak kashfiyoti orasida qarama-qarshilik yo`qligini ko`rsatdi va o`zining gipotezasini yaratdi: "Bir xil sharoitdagi xar xil gazlarning bir xajmi molekulalarining teng soni bilan ifodalanadi".
Kimyoviy atomistika rivojining tub burilish nuqtasi shved olimi I.Ya. Bertselius nomi bilan bevosita bog`langan, u Dal'ton-dan keyin atom-molekulyar ta`limot nazariyasiga eng katta xissa qo`shdi. Taxminan 1807 yildan boshlab Bertselius xar xil birikmalarning element tarkibini aniqlashga kirishdi. Yuzlab bajargan taxlillari natijasida tarkibning doimiylik qonuni isboti uchun shuncha dalillар keltirdiki, kimyogarlar bu qonunning to`g`riligini tan olishdi va natijada atom-molekulyar ta`limot xam shakllandi. Эndi Bertselius elementlar atom og`irliklarini Dyulong va Pti, Mitcherlix va Gey-Lyussak qonunlaridan foydalanib murakkab va yangi usullar bilan aniqlashga kirishdiki, bu usullardan Dal'ton 67

xabardor emasdi, ammo o`z zamondoshlari kabi u xam Avogadro gipotezasini rad etgandi. 1826 yilda Bertselius o`zi aniqlagan atom og`irliklari jadvalini e`lon qildi, ularning deyarli barchasi (ikki-uchtа elementlardan tashqari) zamonaviy qiymatlarga to`g`ri keladi. Dal'ton aniqlagan atom og`irliklaridan bu qiymatlar farqi ularning yaxlit sonlar bilan ifodalanmaganidir.


Dal'tonning xisoblashlarida vodorodning atom og`irligi 1 deb qabul qilingan, shuning uchuн xam barcha qolgan elementlarning qiymatlari butun sonlarda ifodalangan. 1815-1816 yillarda Dal'ton jadvali bilan tanishib chiqqan ingliz kimyogari Uil'yam Praut (1785-1850 yy.) barcha elementlar xam vodoroddan tarkib topgan, faqat ulardagi vodorod atomlari soni xar xil degan gipotezani ilgari surdi. Vodorodning atom og`irligi 1 ga teng bo`lsa, kislorodning atom og`irligi undan 15,9 marta katta chiqdi, ammo bundan kislorod tarkibida 15,9 ta vodorod bor degan xulosa chiqarish xato ekanligi ravshan bo`lsa kerak.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish