Yunon olimlarining nazariy qarashlari nimalardan iborat.
Tabiat hodisalariga falsafiy nuqtai nazardan qarash dastlab Yunon mamlakatidan boshlandi. Yunon olimlari materiya qayerdan kelib chiqqan degan savolga javob izlay boshlaydilar. Chunonchi, yunon olimi Fales (Miloddan 7 asr ilgari) fikricha dastlabki materiya suv bo’lib, barcha narsalar suvdan hosil bo’ladi. Undan qariyb bir asr keyin boshqa bir yunon olimi Anaksimen barcha narsalar havodan hosil bo’lgan deb taxmin qilgan. Miloddan V asr ilgari o’tgan Geraklit hamma narsa olovdan kelib chiqqan deb aytgan. Uning fikricha, materiya uzluksiz harakat qilib turadi. Miloddan 490-430 yil avval o’tgan yunon olimi Empedokl barcha narsalar to’rtta asosiy moda - suv, havo, olov va tuproqdan hosil bo’lgan. Kimyoviy sonlar elementlar proporsiyasining o’zgarishi deydi, hamda bo’shliq nazariyasini taklif qiladi.
Dastlabki nazariy kimyo – naturalfilosofiya haqida nimalarni bilasiz.
Nazariy kimyo - naturalfilosofiya deb ataladi. Bular asosan grek faylasuflari bo’lib, ular tabiatni umumiy, yagona deb tushuna boshladi. Buning asoschisi Fales Milanevskiy bo’lib, u moddalarning xossalarini - tabiatdagi sifat o’zgarishlari belgilaydi deydi. Grek faylasuflaridan yana bir guruhi Demokrit (eramizgacha 470-460 yil), Epikur, Levkipp - dunyo asosida kichik g’ishtchalar, bo’linmas atomlar yotadi deydi. Ular bir-biridan o’lchami, shakli bilan farq qilishini ta’kidlaydi. Demokrit modda tuzilishining semantik modelini taklif qiladi, ya’ni bo’linmas atomlar molekula tarkibidagi harflar bo’lsa, molekulalar moddalar turini belgilovchi so’zlardir deydi. Boshqa grek filosofi Aristotel (eramizgacha 383-322 yil) tabiatning yaratilishi asosida-issiqlik, sovuqliq, quruqlik va namgarchilikka asoslangan kimyoviy sistema yotadi deydi.
45)Alkimyogarlarning kimyoviy belgilari haqida.
Alkimyogarlar oltin (quyoshdan), kumush (Oydan), mis (Veneradan), temir (Marsdan), qo’rg’oshin (Saturndan), qalay (Yupiterdan), simob (Merkuriydan), olinadi deydi va olov, suvni belgilarini-simvolini taklif qilishdi. Metallar asosida simob, keyinchalik esa oltingugurt va mishyak yotadi deydi va har xil rangdagi qotishmalarni oladilar. Shu davrda, keramika va shisha ishlab chiqarildi. Rang beruvchi indigo, purpur, marena yaratildi.Ana shu davrda ensiklopedist olimlar Al-Beruniy, Al-Forobiy, Abu Ali-ibn Sino(X-XI)-vrach alkimyogarlar faoliyat ko’rsata boshladi. Abu Ali-ibn Sino Buxoroda tug’ilib 21 yoshida Urganchga Ma’nun akademiyasiga o’qishga boradi. Bu akademiya boshlig’i Al-Beruniy edi. Ibn Sino “Tib qonunlari” va ”Shifobaxsh vositalar haqida kitob” nomli asarlarini yozadi. U 17 yoshida mohir tabib bo’lgan va HCI,HNO3,H2SO4 ,KOH ,NaOH larni bilgan. Ibn Sinoning ustozi Al Beruniy buyuk matematik, fizik, astronom bo’lishiga qaramasdan kimyoni amaliy fan sifatida ishlatdi. U tabiiy minerallar ko’mir, ozokerit, neft asfaltlarni analiz qilib, xossalarini aniqlab ularning qayerlarda ishlatilishini ham aytadi. Rudadan metallarni, tarkibida oltin bo’lgan rudalardan esa oltinni ajratish metodikasini yozadi. Qimmatbaho toshlarning analizini ularning solishtirma og’irliklarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |