Kimyo tarixini o’rganish bosqichlariKimyo taraqqiyotining asosiy bosqichlari Kimyo rivojlanishining tarixini o'rganish bir-birini to'ldiruvchi ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: - xronologik (yillar ketma-ketligi shaklida); - har qaysi kimyo bilimlarining alohida rivojlanishi (konseptual tizimlarining rivojlanishi). Kimyo tarixini xronologik o'rganishda uni shartli ravishda bir necha davrlarga bo'linadi va uning tarixiylik jihatlarini yoritishga urg’u beriladi. Kimyo taraqqiyotining keyingi bosqichlari (ayniqsa, XIX asrning birinchi yarmidan boshlab, fanning jadal rivojlanishi va o'ziga xos yo'naiishlarga tarmoqlanishi) uni xronologik shaklida o'rganishdan ko'ra alohida qismlarga ajratib o'rganish qulayroq ekanligini ko'rsatadi
Аlkimyoning rivojlanish bosqichlari.
Аlkimyoningbirinchi bosqichi. Aleksandriyada rivojlandi. Ular Aristotel fizikasidagi bir element boshqasiga aylanadi degan tezisni olib - metallurgiya, metallarni oltingacha aylantirish ustida ishlay boshladi. Ular asosan mis rudalaridan oltin oldi. Kam miqdorda 7 ta metall mavjud bo’lishi ularda metallik xossalari; haydash, sublimatlash, qayta kristallash, metallarni quyish, ranglash, turli xil minerallar olish va shisha olish haqida yozadi.
Arab alkimyogarlaridan Abu-ar-Rozi (865-925)“Sirlar kitobi”, ”Sirlar siri haqida kitob” asarlarini yozadi. Bu kitoblarda modda, asbob va operasiyalarni o’rganish, metallar Hg, Au va ularni kuydirish haqidagi fikrlarini bayon etadi. Moddalarni birinchi tasnifini(klassifikasiyasini) taklif qilib - tabiiy (mineral), o’simliklar va hayvonlar tarkibida uchrovchi moddalarning xossalarini umumlashtirdi. Simob, oltingugurt va tuzni - elementi-prinsipi deb atadi. Bu Aleksandriya maktabi nomi bilan tarixda nom qoldirdi.
Аlkimyoning ikkinchi bosqichi
VII asrda arablar Misrni bosib oladi.
Ular Aleksandriya maktabi olimlari tomonidan yozilgan va to’plangan kitoblarni - Ispaniya, Italiya va Yevropa mamlakatlariga berib yuborishadi. Ko’pchilik arab olimlari - shulardan eng birinchisi - medik va alkimyogar Djabir ibn Xayni yoki Gaberdir uning "Kniga semidesyati", "Kniga o yadax" “Zaharlar haqidagi“ asari Qair va Istambulda chop etildi.
Gaber (721-815) novshadil spirtini va xossalarini o’rgandi, oq bo’yoq (belila) tayyorlash usulini taklif qildi, haydash orqali spirtdan toza holdagi sirka kislotani oldi, uning turli konsentrasiyali eritmalaridan foydalandi. Simob va oltingugurtning hamma metallarga transmutasiyasini aytib o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |