Gidravlik hisob.
Quruq katalizatorning gidravlik qarshiligi quyidagi formuladan topiladi:
bu yerda, λ – qarshilik koeffitsienti;
H – katalizator qatlamining balandligi, m;
ρ – gazning zichligi, kg/m3;
S – ko’ndalang kesim yuzasi, m2;
VЭ – erkin hajm, m2/m3.
Gazning harorat rejimi.
U holda,
2. Boyitilgan katalizatorning gidravlik qarshiligi:
bu yerda, B – koeffitsient B = 169
U – boyitish zichligi.
U holda,
Shtutserlar diametri hisobi.
Gaz holidagi ammiak uchun
bu yerda, V – hajmiy sarf, m3/c
ω – gazning tezligi, m/c.
Standart bo’yicha d =400mm deb olamiz.
Havo uchun shtutser diametri:
Standart bo’yicha d = 600mm deb olamiz.
Nitroza gazlari chiqishi uchun shtutser diametri:
Standart bo’yicha d = 1100 mm deb olamiz.
.Asosiy qurilmaning bayoni.
Nitrat kislota ishlab chiqarish jarayonida kontakt, absorber kabi qurilmalar asosiy qurilmalar hisoblanadi.
Gaz holidagi ammiakni havo bilan azot oksidlarigacha oksidlanishi kontakt qurilmalarida amalga oshiriladi.
Kontakt qurilmasi, asosan po’latdan tayyorlangan bo’lib, konversiyalanish natijasida yuqori harorat hosil bo’lgani uchun ham qurilma tarkibida nikel, titan, xrom kabi elementlar har xil miqdoriy nisbatlarda qo’shib tayyorlanadi. Qurilmaning korpusi asosan 12x18H10T markali po’latdan tayyorlanadi. Kontakt qurilmasi vertikal sferiksimon silindirik ko’rinishda bo’lib, qurilmaning umumiy balandligi 15500 mm, diametri 3000 mm ga teng.
Kontakt qurilmasining yuqori qismi aralashtirgichdan iborat bo’lib, bu yerda gaz va havo holidagi ammiak aralashtiriladi. Aralashmaning tarkibidagi ammiakning miqdori 9,6 – 10,5 % oshmasligi kerak. Havo ammiak qurilmaning yuqorigi qismida aralashtiriladi, chunki aralashma portlash muhitiga juda yaqin (havoning tarkibida) ammiakning miqdori 12,5 % ortib ketsa, portlab ketishi mumkin. Ammiak havo aralashmasi 52 dona filtrdan mayin tozalanadi. Filtrlangan havo – ammiak aralashmasi tarkibidagi ammiakning miqdori 0,5 mg/nm3 dan ortmasligi kerak. Tozalangan havo – ammiak aralashmasi, azot – vodorod yetita platina katalizator to’rlarida oksidlanadi:
4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O +904kJ
4NH3 + 4O2 2N2O + 6H2O +1104,4kJ
4NH3 + 3O2 4N2 + 6H2O +1268,6kJ
Katalizator to’rlarida bir vaqtda quyidagi reaksiya ham borishi mumkin, mahsulot sifatida molekulyar azot hosil bo’ladi.
4NH3 + 6H2O 5N2 + 6H2O.
miak miqdori 9,6 – 10,5% dan ortmasligi kerak. Hosil bo’lgan ammiak – havo aralashmasi qurilmani katalizator qismiga o’tishdan oldin qurilma ichki qismida joylashgan filtrdan mayin tozalanadi.
Filtrlarda tozalangan aralashma tarkibidagi moy miqdori 0,5 mg/nm3 dan ortmasligi kerak.
Tozalangan ammiak – havo aralashmasi, azot – vodorod bilan qizdirilgan platinali katalizator to’rlarida oksidlanish natijasida harorat 850 – 880oC gacha ko’tariladi. Qurilmadagi bosim 0,25 – 0,37 MPa bo’lishini avtomatik ravishda boshqarish kerak.
Hosil bo’lgan nitroza gazlari qaozon – utilizatorlarida bosim 4,4 – 4,6 MPa suv sathi avtomatik tarzda rostlab turiladi, 1,2 LJRe – 102 va 1,21KreAS – 103 tomonidan boshqariladi.
440 – 450oC haroratli nitroza gazlari ekanamayzrda sovutiladi, keyingi bosqichlarda ham nitroza gazlarining harorati, bosimi sathi avtomatik ravishda boshqariladi.
40 – 50oC haroratgacha tushirilgan nitroza gazlari absorbsion kolonnasidan pastki qismiga beriladi.
Absorbsiyaga kelayotgan nitroza gazlari induktiv sarf o’lchagichidan o’tib, qurilmaga keladi. Agar gaz sarfi ko’payib ketsa, EyuK ko’payadi. Bu signalga aylantirilib, rostlash blokiga o’tkaziladi. U yerda komanda hosil bo’lib, rostlovchi klapanni ijro etuvchi mexanizm holatini o’zgartirish uchun normallashgan havo bosimi yuboriladi. Gaz absorberda tozalanib chiqib ketadi. Absorbent apparatining kub qismida yig’ilib, nasos (3) yordamida sovutgich (4) orqali absorberning tepa qismidan beriladi. Absorberning kub qismining sathi elektromagnit sath o’lchagichi yordamida sathning holati haqida signal rostlash blokiga uzatiladi. U yerda tegishli komanda pnevmo signal sifatida rostlash klapiniga berilib, klaoin yordamida sathning holati tiklanadi. Masalan: klapin bir oz yopilgandan keyin absorbent sarfi kamayadi. Bu haqidagi komanda quyidagi amalni bajaradi, ya’ni absorbent harorati kamayadi. Natijada sovutgichdan chiqishidagi termopara shunga yarasha signal hosil qiladi. Bu signal rostlash blokiga berilib, u yerdan sovutuvchi agent sarfini signali hosil bo’ladi. Absorbent konsentartsiyasi me’yoriga yetganda, bu haqidagi signalni avtomatik рН metr datchigi qabul qiladi. Elektr signal QJ o’zgargichiga beriladi. U yerdan priborga uzatilib, bu haqidagi signal ham beriladi. Natijada avtomatik rostlashning keyingi bosqichi, ya’ni absorberning tubidan chiqa boshlaydi.
Korxonadagi mehnat muxofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ishlovchilarning mehnat xavfsizligiga o’qitish;
ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini yaminlash;
shu jarayonini sanitar -gigiyena ahvolini me’yorlashtirish;
ishlab chiqarish madaniyatini oshirish;
ishlab chiqarish va texnik xizmatchilar ishini nazorat qilishdan iborat. Ishlab chiqarishda mexnat muxofazasini to’g’ri tashkil qilish shu korxonada bo’lishi mumkin bo’lgan avariya xolatlari, turli darajada jarohatlanish va kasbiy kasaliklarning oldini olishda muhim ro’l oynaydi.
Nitroza gazlari absorbsiya kalonaning (K31) tarelkalaridan va separator qurilmalaridan o’tib bo’lib past haroratli selektiv tozalashga yo’naltiriladi (P40). Nitroza gazlar tarkibidagi azot oksidlarining qoldiq miqdori 0.1%(hajmiy) oshmasligi kerek. Past haroratli selektiv tozalashga berishdan oldin chiqindi gazlar 290-300c gacha qizdiriladi. Reaktor (R40) dan chiqayotgan tozalangan chiqindi gazlarni isitish blokiga (BIG-172F) (D-53) ga yo’naltiriladi. Bunda tabiiy gazning kuydirishidan hosil bo’lgan gazlar hisobiga konvektiv va radiant zonasida isitiladi. Bu yoqilg’I gazlar isitish blokidagi regeniratsiyon zonasida ishlatiladi. Radiant zonadan chiqayotgan 750-770c haroratdagi tozalangan chiqindi gazlar gaz trubinasiga KMA-2 ga yo’naltiriladi. Bu yerda 0.003-0.005MPa bosimgacha siqilib 770-420c haroratgacha tushiriladi. Bundan keyin tozalangan chiqindi gazlar qolgan issiqlik miqdori gazlarni isitish blokidagi reginiratsion zonasida ishlatiladi. Regeniratsiya zonasidan chiqayotgan toza chiqindi va yoqilg’I gazlarning aralashmasi nitrat kislota saqlash omboridagi gaz fazasi bilan aralashib atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Ishchi zona havosidagi ifloslantiruvchi konsentratsiyal sanitariya me’yorlar tomonidan belgilangan me’yordan oshmasligini taminlash uchun kompressiya bo’limida umum almashuv ventilyatsiyasi o’rnatilgan.
Azot oksidlarining ishchi zonadan tarqalishini oldini olish uchun KMA-2 ustida mahaliy so’rish qurilmasi o’rnatilgan. Qozon utilizator ( I-14 ) tuzlarining suvdagi tarkibi doimiy ushlab turish uchun qozon suvning bir qismini uzluksiz puflovchi seperatorga beradi. Bu yerda bosim pasaytirish natijasida suvning bir qismi bug’ga aylanadi va diayratsion qurilmaga beriladi ( I-19 ). Qolgan suv esa sanoat konalizatsiyasiga chiqarib yuboriladi.
Suyuq ammiak tarkibidagi suv va yog’lar qizdirgich ( T2 ) da ajratiladi. T2 dan suyuq ammiak uzluksiz avtomatik ravishda kub qoldiq yeg’gichga ( E33 ) sochib beriladi. Ammiak bug’latilib qayta ishlatish maqsadida zavot ta’minotiga yo’naltiriladi. Kub qoldiqlari esa yeg’gich ( E30 ) to’planadi. Bunda yeg’gich to’lishi bilan kub qoldiqlari utilizatsiyaga yuboriladi.
Filtrlarda joylashgan ( F-11, F-4 va boshqalar) filtr elementlarini davriy ravishda almashtirib turiladi. Xususiyatini ( yaroqsizligini ) yo’qotgan filtrlar shaxar qattiq maishiy chiqindilar poligoniga tashlab yuboriladi.
.
Nitrat kislota ishlab chiqarish eski sxemada ko’p miqdorda ammiak, nitrat kislota , nitroza gazlari va boshqa moddalar yo’qotilishi ko’p bo’lgan . Qurilmalarni ta’mirga tayyorlashda yuvilgan suvlar tarkibida kislota aralashgan. Ko’p miqdordagi zararli moddalar suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarishning chiqindi gazlarida mavjud kislota tutgan oqava suvlarni zararsizlantirish uchun uni ohak bilan neytrallanadi, tindiriladi va tindirgichdan o’tkazilib, suv havzalariga ishlatilgan suvlar bilan aralashtiriladi.
U chiqindi gazlarni ta’sirini kamaytirish uchun ishqoriy absorbsiya sistemalarini o’rnatish mumkin. Buning natijasida gazlardagi NO va NO2 miqdorining 0,05 – 0,07 gacha kamaytiriladi. Shuningdek, chiqindi gazlar yaxshi sarflaydigan sililogen to’ldirilgan minoralardan o’tkazilib, so’ngra isitish natijasida ajralib, ularning toza holida jarayonga qaytarilishi mumkin.
AK – 72M sxemasi bo’yicha ishlab chiqarishdagi chiqindilar atrof – muhitga zararli ta’sir xavfini tug’dirmaydi. Qattiq holatdagi chiqindilar asosan katalizator qayta ishlash uchun ma’lum korxonalarga jo’natiladi. Ishlab chiqarishning gazsimon chiqindilari, suv bug’i va ammiak korxona ichida foydalanishga beriladi, chiqindi nitroza gazlarining konsentratsiyasini kamaytirish uchun esa katalik tozalash qurilmasi mavjud. Pudash va naydash qurilmasida ishlatiladigan suvlar shartli toza oqavalarni tashkil etadi va kanalizatsiyaga tashlanadi. Tipdagi aylanma suvlar utilizator qozoni va nasoslarni sovutishda to’planadi. Nitroza gazlarini sovutish va yuvish qurilmalari, absorbsiya, tayyor mahsulot ombori uzellari maxsus kislotaga chidamli g’ishtlardan tayyorlanadi.
Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarishda xom – ashyo va materiallar sifatida ishlatiladigan, shuningdek, ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni buzilishi natijasida shunday moddalar hosil bo’ladiki, ular zaharlanish, bo’g’ilish, kimyoviy kasb kasalliklariga sabab bo’lishi mumkin. Bunday moddalarga ammiak, ammiakli suv, azot oksidlari, nitrat kislota, bug’, issiq suv, nitritva nitratlarni tuzlari kiradi. Shuning ishlab chiqarish binolarini isitish va tortma vetilyatsion qurilmalar bilan ishchi persional andividual himoya vositalari bilan ta’minlanadi. Bunda ventilyatsiya tabiiy, mexanik va aralash bo’lishi mumkin. Bitta ishlovchi 20÷40 m3 gacha to’g’ri keladigan ishlab chiqarish xonalarida ventilyatsiya bir ishchiga jami 20 m3/soat havo almashinuvini ta’minlashi kerak. Ventilyatsion ustanovkalardan haydab chiqarilayotgan havo atmosferaga chiqarilishidan oldin chang hamda zarali moddalardan tozalanishi lozim. Isitish sistemasi xona turiga va alangalanadigan gazlar chang, bug’ borligiga qarab tanlanadi.
Avariya portlash, yong’in va baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun texnologik parametrlar belgilangan normadan ortib ketganda, butun agregat yoki uning ma’lum qismini to’xtatuvchi blokirovkalar bilan ta’minlangan. Blokirovkasiz agregatni eksplutatsiya qilish ta’qiqlanadi.
Agregatni yoki uning ayrim qismlarini avtomatik to’xtish uchun avariya holatidagi to’xtatish tugmasini, shuningdek tabiiy gazni BNG172 va ammiakni kotekt qurilmalariga kelishini to’xtatuvchi tugmachalar bo’lib, ular N. B. P. da joylashgan.
Qurilma trubaprovodlarda bosimni yo’qolishidan saqlovchi tugmalar bor.
Deatorda bosimni saqlovchi H = 5500 mm li gidrozatvor o’rnatilgan.
Ammoniyli xavfli konsentratsiyalarni hosil bo’lishini oldini olish uchun ammiak miqdori ortib ketganda signal beruvchi havoni avtomatik nazorat qilish qurilmasi va ventilyatsiya qurilmasini avtomatik ishga tushirish moslamasi mavjud.
Kimyolash uchun yerga ulash shundan iboratki, yerga ulanadigan qismlari elektr o’tkazish vositasida yerga bevosita yetib turgan metall buyumga yoki shunday buyumlar guruhiga biriktiriladi. Bunda yerga ulangan qismga tekkan odamga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan kuchlanish ancha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |