O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Farg’ona Politexnika Inistituti
Kimyo Texnalogiya
Fakulteti
Kimyo Texnalogiya
Kafedrasi
Noorganik moddalar ishlab chiqarish uskunalari va
Loyixalash fanidan
Kurs loyixasiga tushuntirish xati
Mavzu: Unimdorligi 34999kg/coat bo’lgan suyiltirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi konversiya sexini loyihalang. Asosiy qurilma kontakt qurulmasi.
Bajardi Davronov S
Raxbar Tojimamatova M
O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Farg’ona Politexnika Inistituti
Kimyo Texnalogiya
Fakulteti
Kimyo Texnalogiya
Kafedrasi
Noorganik moddalar ishlab chiqarish uskunalari va
Loyixalash fanidan KURS LOYIHASI
Mavzu: Unimdorligi 34999kg/coat bo’lgan suyiltirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi konversiya sexini loyihalang. Asosiy qurilma kontakt qurulmasi.
Bajardi Davronov S
Raxbar Tojimamatova M
Mundarija 1
1 Unimdorligi 34999kg/coat bo’lgan suyiltirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi konversiya sexini loyihalang. Asosiy qurilma kontakt qurulmasi. Mavzusuda kurs loyixasi bajarish
2 Birinchi asoslar……………………………………….
3 Boshqaruv materiallar.
4 Grafik qisim mazmuni
4.1 Texnalogik sxema A4 formatda………………………………………………….
4.2 Asosiy qurilma………………………………………..
5 Xisoblash tushuntirish xato mazmuni
5.1 Kirish
5.2 Xom ashyo va tayyor maxsulot tavsifi
5.3 Jarayonning fizik kimyoviy asaslari
5.4 Texnalogik sxema bayoni
5.5 Texnalogik ishlab chiqarishdagi asosiy jihoz hisobi
5.5.1 Moddiy va issiqlik xisobi
5.5.2 Asosiy jihozning xisobi
5.6 Mexanik xisobi
5.7 Gidravlik xisobi
5.8 Asosiy jihozning hisobi
5.9 Xulosa
5.10 Adabiyotlar
1.Kirish
Kimyo sanoati va ishlab chiqarilgan kimyoviy mahsulotlar mustaqilligimizning moddiy – tehnikaviy bazasini yaratishda muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari kimyoviy sanoatning tez suratlarda rivojlanishdagi asosiy sharoitlardan biri, sanoatni xom ashyo bilan yetarlicha darajada ta’minlash, undan to’la va to’g’ri foydalanishdan iboratdir.
O’zbekiston respublikasi kimyo sanoati yuzlab turdagi xalq va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda shular jumlasiga kiradi. Bularga: “Navoiy O.A.J”, “Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi”, “Samarqand va Olmaliq” kimyo zavodlari va bularga yana O’zbekistonda katta zavod “Farg’onaazot O. A. J.” Misol bo’ladi.
Sanoati kun sayin o’sish va qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab ortishi bilan mineral tuzlarga (o’g’itlarga) bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan muammolardan biri ozuqa mahsulotlarini va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlashdir.
Deyarli hosildor yerlar hozirgi paytda qishloq xo’jalik mahsulotlari olish uchun band desak bo’ladi. Kundan kun o’sib borayotgan aholi soni va uni ehtiyojini ega yerdan yuqori darajada foydalanishni talab qiladi. Shu sababli ham hosildorlikni oshirishning birdan – bir asosiy yo’li mineral o’g’itlar ishlab chiqirashni rivojlantirishdan iborat.
Mineral o’g’itlar o’simlik va yerning unumdorligini oshirishda asosiy vosita bo’lsa, o’g’it ishlab chiqarish uchun nitrat kislota xom ashyo hisoblanadi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda kislota ishlab chiqarishning ahamiyati juda kattadir.
Nitrat kislota asosan sanoatda ikki xil: suyultirilgan va konsentrlangan holatda ishlab chiqariladi. Suyultirilgan nitrat kislotadan sanoatda ko’plab mineral o’g’itla olishda ishlatiladi. Shular jumlasiga, ammoniy selitra, kaliy nitrat, ammoniy sulfat va boshqa o’g’itlarni misol qilishimiz mumkin. Bundan tashqari nitrat kislotadan bo’yoq, portlovchi moddalar, plastmassalar, su’niy tolalar, va turli nitratlar keng ishlatiladi.
O’zbekistonda nirat kislota g’oyat ko’p miqdorda ishlab chiqariladi.
Ammiakni oksidlash yo’li bilan nitrat kislota ishlab chiqaruvchi katta – katta zavodlarimiz bor. Shu jumlasiga, “Navoiy O.A.J”, “Farg’onaazot O. A. J.” Ishlab chiqarish birlashmalari kiradi. Shu bitiruv malakaviy ishimizda biz “Farg’onaazot O. A. J.”ning nirat kislota ishlab chiqarish sexi haqida ma’lumot yig’ib o’rgandik.
“Farg’onaazot O. A. J.” ishlab chiqarish birlashmasida hozirgi kunda quvvati 360 ming tonna/yiliga bo’lgan suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi sanoatga saifatli darajada [jv fshyo yetkazib bermoqda.
Ushbu ishlab chiqarish loyihasi A 1386, P 6980 bolimi boshligi
orinbosari S. Ye. Dorokin tomonidan 22. 03. 1985 yilda №34 qarorga asosan bajarilgan.
Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish modernizatsiya qilingan
energotexnologik sxema AK – 72m bo’yicha loyihalangan. AK – 72 agregotidan farqli AK – 72m yuqori darajada ishlashligi va ko’pgina afzalliklarga ega: tabiiy gazni tejamlash, bug’ ishlab chiqarishni orttirish qimmatbaho materiallar sarfi 0,3. Uning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari chet el firmalaridan qolishmaydi.
.
Ishlab chiqarish obyektini loyihalashdan so’ng qurilish joyini iqtisodiy
tomondan yaxshlab o’rganib chiqish zarur.
Menga berilgan amalyot ishimga ko’ra ishlab chiqarish obyekti aholi yashash hududidan uzoqda va ishlab chiqarish obyektidan chiqayotgan zararli va chiqindi gazlar aholi yashash punktlariga teskari holatda shamol yo’nalishiga muvofiq qurilishi ko’zda tutilgan. Ishlab chiqarish obyekti katta temir yo’l trassasi bilan bog’langan zavoddagi ishlab chiqarish xom – ashyo yoki tayyor mahsulot to’g’ridan – to’g’ri kerakli manzilga temir yo’l orqali yetkazib beriladi yoki kerakli xom – ashyo, qurilmalar uchun ehtiyot qismlar temir yo’l orqali keltiriladi.
Ishlab chiqarish obyektida ishlovchi ishchi va xizmatchilar uchun korxona tomonidan maxsus yotoqxonalar qurilgan, ishchi xodimlarni o’z ish o’rinlarida ishlab kelishlari uchun maxsus transport vositalari ajratilgan.
Ishlab chiqarish obyekti xom – ashyo bilan ta’minlash uchun korxonada
kerak bo’lgan gaz – havo va suvni sexlardan oladi va elektr enegiyasi bilan ta’minlanishi uchun ishlab chiqarish obyekti elektrodebutsiya qurilgan.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot – ammiakni qayta ishlab mineral o’g’it olish uchun ammoniy selitra va karbamit ishlab chiqarishga beriladi. Bir qism nitrat kislota sanoatning boshqa ehtiyojlari uchun foydalanishga beriladi.
Quyida qurilish maydoni to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan:
Seysmikligi. GOST shkalasi bo’yicha 8 ball bo’lib, VSR 64 (Medvedev, Skonor va Karnik) gradusi bo’yicha VII shkalasiga to’g’ri keladi.
Iqlimiy shartlari. Farg’ona hududi iqlimi kontinental bo’lib, yozi issiq va mo’tadil qishi bilan harakterlanadi.
Hudud 4 – kontinental zonaga kirib, buning uchun quyidagi parametrlar xarakterlidir.
Havoning o’rtacha harorati 13oC;
Atmosfera yog’lari miqdori 134 mm;
Eng sovuq davridgi harorat – 7oC;
Eng sovuq 5 kundgi harorat – 15oC;
Eng sovuq kundagi harorat – 16oC;
O’rtacha maksimal harorat – 34oC;
O’rtacha harorat (havoni) 8oC bo’lganida kunduzi sezoni 134 kun;
Isitish sezonida o’rtacha harorat belgilangan 1,3oC;
Loyiha uchun “A” parametrli ventelyatsiya qishki davr harorati (isirish) - 15oC;
Loyiha uchun “A” parametrli ventelyatsiya yozgi davr harorati 36,2oC;
Havoning o’rtacha solishtirma jami
iyulda 30%;
dekabrda 68 %
Do'stlaringiz bilan baham: |