Tabiatda tarqalishi. O’zlarining yuqori darajada kimyoviy faolligi tufayli aksariyat galogenlar tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Faqat yod elementi suv o’simliklarining tanasida yig’ilishi mumkin.
Ftor flyuorit (CaF2), kriolit (Na3AlF6), ftorapatit (Ca5(PO4)3F) minerallari tarkibida uchraydi. Xlor tabiatda keng tarqalgan, u asosan birikma holida uchraydi, natriy, magniy, kaliy xloridlar dengiz va ko’l suvlarida erigan holatda hamda qattiq holatda konlarda uchraydi. Masalan, NaCl–galit yoki tosh tuz, KCl·NaCl–silvinit, KCl·MgCl2·6H2O-karnallit, MgSO4·KCl·3H2O kainit kabi minerallar tarkibida uchraydi.
Eng og’ir galogen At tabiatda deyarli uchramaydi. Uni sun’iy Yadro reaksiyalari vositasida sintez qilinadi. 210 Astatning eng barqaror izotopining yarim yemirilish davri atigi 8,1 soatni tashkil etadi.
Galogenlarning vodorodli birikmalari
Galogenlarning birikmalaridan vodorodli birikmalari muhim o’rin tutadi. Bu birikmalardagi bog’lar kovalent qutbli bog’lardir. HF dan HI ga borgan sari bog’ning energiyasi va vodorodli birikmasining termik barqarorligi kamayadi
Galogenlarning vodorodli birikmalarining suvda erishi bilan birga ularning ionlarga dissosilanishi ro’y beradi. Kuchli vodorod bog’lari hosil bo’lishi tufayli HF gina kuchsiz dissosilanadi, kuchsiz kislota. Qolganlari eng kuchli kislotalar qatoriga kiradi.
Galogenlarning vodorodli birikmalari
|
HF
|
HCl
|
HBr
|
HI
|
Suyuq. Harorati
|
-83
|
-112
|
-85.5
|
-50,4
|
Qaynash harorati
|
19,5
|
-85,7
|
-66,7
|
-35,4
|
Bog’ energiyasi kJ/molь-1
|
574428
|
|
362
|
295
|
Hf0kJ/molь
|
-273
|
-92,5
|
-36
|
+26
|
Gf0kJ/molь
|
-271
|
-95.4
|
-53.6
|
+1.6
|
rAB, nm
|
0,092
|
0,127
|
0,141
|
0,161
|
Suvda erishi
(100S, molьl)
|
|
14
|
15
|
12
|
Termik parchalanish darajasi 3000C
10000C
|
-
-
|
310-9
1,410-4
|
310-5
0,005
|
0,19
0,33
|
Vodorodli birikmalarining konsentrik eritmalari ustida tutun paydo bo’lishi kuzatiladi, ya’ni ular gigroskopik bo’lganligi sababli havodagi suv bug’larini o’z atrofida to’plab, ular bilan qo’shilib tegishli kislotalarning mayda-mayda tomchilarini hosil qiladilar.
Yuqoridagi jadvaldan yaqqol ko’rinib turibdiki, HF ning suyuqlanish va qaynash temperaturalari boshqalaridan anomalь ravishda farq qiladi. Buning sababi uning molekulalarining hatto bug’ holida ham assosilanganligidadir. Bug’ning zichligini aniqlash tqayn 19,50C da HF tetramer holida uchrashini ko’rsatadi. Faqat 900C dagina HF yakka molekulalardan iborat bo’ladi:
Galogenlarning vodorodli birikmalarini bir qancha olish usullari mavjud
2NaCl + H2SO4 2HCl + Na2SO4
KBr + H3PO4 HBr + KH2PO4
CaF2+ H2SO4 2HF + CaSO4
HI beqaror bo’lganligi sababli uni bu usulda olib bo’lmaydi
Vodorod yodid kislota tuzlari – metall yodidlar qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi. Kaliy yodid hatto kuchsiz oksidlovchi nitrat kislota HNO2 ta’sirida O2 ga qadar oksidlanadi. Vodorod yodid kislotada erkin yodni erishi bromga xos bo’lgan jarayondan chuqurroq sodir bo’ladi.
H2 + J2 2HJ
Do'stlaringiz bilan baham: |