Kislorod va oltingugurt
Kislorod garchi VI A guruhda joylashgan bo’lsa ham, u odatda ikki valentli elementlar jumlasiga kiradi, kislorodnig maksimal kovalentligi to’rtga teng bo’lishi mumkin. U holda kislorod atomi sp3-gibridlanish sodir bo’ladi.
Kislorod atomida elektronlarning orbitallaringa joylanishi quyidagicha bo’ladi:
Olimlar havo tarkibida yonuvchan, nafas olishda ishtirok etuvchi tarkibiy qismga egaligini bilib oldilar. 1774-yil ingliz olimi Jozef Pristli kislorodni kashf qilmaguniga qadar bu tarkibiy qism no’malum edi. Keyinchalik Lavuaz’e bu tarkibiy qismni kislorod “kislota tug’diruvchi” deb nomlagan.
Kislorod boshqa elementlar bilan juda hilma xil birikmalar hosil qiladi, misol uchun suv (H2O), alyuminiy oksidi (Al2O3), chaqmoqtosh (SiO2), temir oksidlari (FeO, Fe2O3). Haqiqattan kislorod elementi massa jihatidan inson tanasi va yer qobig’ining asosiy qismini tashkil etadi. U bizning hayotimizda moddalar almashinuvi uchun oksidlovchi va inson hayoti uchun muhim modda.
Kislorod xossalari
Kislorodning 2 ta O2 va O3 allotropik shakli mavjud. Odatda biz kislorod deganda molekulyar kislorodni (O2) nazarda tutamiz, agar molekulyar kislorodni dikislorod desak yanada tushunarliroq bo‘ladi, ozon deganda kislorodning O3 tuzilishini nazarda tutamiz.
Hona haroratida dikislorod rangsiz hidsiz gaz. U -183 oC da suyuqlanadi, -218oC da muzlaydi. U suvda juda kam eriydi 25oC da 0,04 g/l, ammo shu suvda erigan kislorod dengiz jonzotlari hayoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Kislorodning elektron konfigurasiyasi [Ne] 2s22p4. U valent elektronlarini oktetga yetkazishi uchun ikkita elektron oladi (O2- bo’lishi kerak). U kovalent birikmalarida H2O ga o’xshab yakka bog‘ bilan yoki formaldegiddagi (H2C=O)kabi qo’shbog‘ bog‘lanish hosil qiladi. Kislorod molekulasi qo‘shbog‘ orqali hosil bo‘lgan. Kislorod molekulasidagi bog‘ juda mustahkam uning bog’ entalpiyasi 495 kJ/mol. Bundan tashqari kislorod boshqa ko’pgina elementlar bilan ham mustahkam bog’ hosil qiladi. SHunday qilib, ko’pgina kislorod tutgan birikmalar termodinamik jihatdan kisloroddan barqarorroq. Kislorodni ko’pgina reaksiyalari yuqori aktivlanish energiyasiga ega bo’lib, yuqori temperaturada boradi. Ba’zi reaksiyalar ekzotermik bo’lib, yuqori tezlik bilan boradi va ba’zan portlash bilan borishi mumkin.
Kislorodning allotropik shakl o’zgarishi ozondir. Past haroratda kislorod molekulasi o’zaro dimerlanadi, u magnitga tortilmaydi diamagnitdir. Kislorod odatdagi haroratda passiv modda bo’lib, qizdirilganda va katalizator ishtirokida deyarli barcha elementlar bilan birika oladi. Oltingugurt, fosfor, natriy va hatto temir sim ham kislorodda havodagiga qaraganda ancha ravshan yonadi. Havodagi kislorod ta’siridan metallar zanglaydi, organik moddalar chiriydi, moddalarning yonishida kislorodning roli nihoyatda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |