«kimyo» kafedrasi “umumiy kimyo” fanidan


Galogenlarning kislorod tutgan birikmalari



Download 19,83 Mb.
bet59/401
Sana18.04.2023
Hajmi19,83 Mb.
#929617
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   401
Bog'liq
Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018

Galogenlarning kislorod tutgan birikmalari
Galogenlar kislorod bilan qator beqaror birikmalar hosil qiladilar. Ularning hosil bo’lish vaqtida Gibbs potensialining o’zgarishi G0298 0 bo’lganligi uchun ular aylanma, bilvosita yo’llar bilan olinadi. Oksidlarga mos keluvchi kislotalarga qaraganda ularning tuzlari bir qadar barqarorroqdir.
Ftorning O2F2 va OF2 kislorodli birikmasi mavjud. Kislorod ftorid OF2 (qaynash harorati -145°C, suyuqlanish harorati – 223°C) suyuq holda och sariq rangli zaharli gaz. OF2 ni olish uchun F2 ni NaOH ning sovutilgan eritmasi orqali o’tkazish orqali yoki HF va KFning suvdagi ertimalarini elektroliz qilib olinadi.
2F2 2NaOH  2NaF  H2O  OF2
OF2ning suv bilan reaksiyasi
H2O + OF2  O2 + 2HF’
OF2 ni HCl bilan reaksiyasida HF hosil bo’ladi
4HC1 + OF2 2HF + H2O + 2C12
OF2 250 °C dan yuqori haroratda qizdirilganda O2 va F2 ga ajraladi. OF2 kuchli oksidlovchi modda. CHunki undagi kislorod atomi rasmiy ravishda 2 oksidlanish holatida turadi. U o’zining barqaror holati -2 ga o’tishi kerak (Bu yerda so’z O-2 to’g’risida borayapti. CHunki O-1 1e- O-2 endotermik jarayon ekanligi bizga ma’lum). O2F2 kislorod diftorid qizg’ish rangli qattiq jism, suyuqlanish harorati 163 °C molekulasining tuzilishi quyidagicha:

Xlorning kislorodli birikmalari muhim va ko’p sonlidir (Cl2O, ClO2, Cl2O3,Cl2O6, Cl2O7). Xlor xlorit, xlorat va perxlorat kislotalarni hosil qiladi.
Cl2O -xlor(I) oksidida xlorning oksidlanish darajasi +1 ga teng. Uni quyidagi reaksiya yordamida olish mumkin:
2HgO +2 Cl2 HgCl2 ·HgO + Cl2O
Bu oksid suvda erib, gipoxlorit kislotani hosil qiladi.
H2O + Cl2O  2HOCl
HClO-juda kuchsiz kislota, K  510-8, ya’ni u karbonat kislotasidan ham kuchsizdir, termik jihatdan turg’un emas. Ishqoriy muhitda muvozanat o’ng tomonga siljiydi:
HCl  HClO  2KOH  KCl  KClO  2H2O.
Xlorni ishqorning sovuq eritmasi orqali o’tkazilganda ham shunday natijaga erishiladi:
2KOHCl2KClKClOH2O;
Ca(OH)2 Cl2 CaOCl2 H2O;
CaOCl2 HCl va HClO kislotalarining aralash tuzidir.
2CaOCl2 CO2 H2O  CaCO3 CaCl2 2HOCl (bu almashinish reaksiyasi)
CaOCl2 HCl  CaCl2 H2O  Cl2.
Oksidlanish-qaytarilish jarayoni Sl1 va Cl-1 zarrachalar o’rtasida sodir bo’layapti:
Cl1Cl-1Cl20;
ClO2 xlorning dioksidi, o’tkir hidli, o’z-o’zidan portlaydigan modda,(qaynash harorati – 11°C, suyuqlanish harorati – 60°S ) Juda beqaror modda. Zarba ta’sirida parchalanadi:
2ClO2Cl2 2O2;
Ishqorda eritilsa ikki xil tuz hosil bo’ladi:
2ClO2 2KOHKClO3KClO2H2O;
ClO2 oksidi olish uchun xloratlarni sulьfat kislota bilan parchalash yoki ularni biror qaytaruvchi, masalan, oksalat kislota bilan qaytarish kerak:
2 HClO3 + H2C2O42 ClO2 + 2CO2 + 2H2O
Texnikada ClO2 olish uchun qaytaruvchi sifatida sulьfit angidridi qo’llaniladi:
2 NaClO3+ H2SO4+ SO2 2 ClO2+ 2 NaHSO4
Suyultirilgan ClO2 ga 0°C da ozon yuborish orqali xlor(VI)oksidi olinadi:
2 O3 + 2 ClO2 Cl2O6 +2 O2
Bu oksid [ClO2+][ClO4-] ko’rishinshda ham mavjud bo’ladi.
Cl2O7 rangsiz moysimon suyuqlik,(qaynash harorati – 83 °C, suyuqlanish harorati -91,5 °C).

perxlorat kislotadan suvni fosfat angidrid yordamida yo’qotish orqali olinadi:
4 HClO4 + P4O102 Cl2O7 + 4 HPO3
Brom va yodning oksidlari unchalik ko’p emas hamda ahamiyati ega emas.
Br2O oksidi quyidagi reaksiya yordamida olinadi:
2 HgO + 2Br2HgO·HgBr2+ Br2O
Bu oksidni ozon yordamida BrO2 gacha oksidlash mumkin:
4O3 + 2Br2O  3 O2+ 4 BrO2
Yod oksidlari ichida eng barqarori I2O5 hisoblanadi.
2 HIO3 I2O5 + H2O
I2O5 oksidining tuzilishi:

I2O5 barqaror bo’lib, 300 °C da yid bilan kislorodga parchalanadi. Bundan tashqari I2O4 va I4O9 kabi oksidlari ham ma’lum, lekin bu moddalarni yodat kislotaning yod va IO+ bilan hosil qilgan tuzlari I (IO3)3 va IO (IO3) deb qarash mumkin.
Yodning kislorodli birikmalari gipoyodit kislota HIO, yodat kislota HIO3 va peryodat kislotalardir HIO4.
Gipoyodat kislota va uning tuzlari – gipoyiditlar juda beqaror moddalar bo’lib, osonlik bilan yodatlarga o’tadi. HIO va uning tuzlari faqat eritmalarda barqaror. Lekin gipoyiditlar toza gipoyidit kislotaga qaraganda barqarorroq moddalardir, agar yodga ishqorlar ta’sir ettirilsa, avval gipoyoditlar hosil bo’ladi, so’ngra yodatlarga va yodidlarga ajraladi. Gipoyodat kislota va uning tuzlari oksidlovchilardir.
Ishlatilishi. Galogenlar, ayniqsa Cl2 sanoatda keng qo’llaniladi. Xlor, HCl, CaOCl2, NaCl, MeClO3 larni sintez qilishda, oqlash, ichimlik suvlarini zarasizlantirishda, rangli metallurgiya sanoatida, ba’zi rudalardagi metallarni xloridlar ko’rinishirga o’tkazish, xlororganik birikmalar-C2H4Cl2, CCl4 larni (erituvchilar, yog’larni ekstraksiyalovchi moddalar, metallarning sathini moylardan tozalovchi vositalar), qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish vositalarini, plastmassalarni va kauchuklarni sintez qilishda keng qo’llaniladi. Brom-dori-darmonlar, bo’yoqlar, AgBr (fotografiya) olishda, yod esa medisinada (yodning spirtdagi 10%li eritmasi), antiseptik va qon to’xtatuvchi vositalar sifatida ishlatiladi.



Download 19,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish