Kimyo fanining arabcha nomi; hozirgi kimyoning ibtidosi. A. ning



Download 62,01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.01.2022
Hajmi62,01 Kb.
#403657
Bog'liq
Alkimyo - Vikipediya



Alkimyo

Alkimyo – 1) kimyo fanining arabcha nomi; 2) hozirgi kimyoning ibtidosi. A. ning

rivojlanishida uch davr farq qilinadi: 1davr – 2–6-asrlar, ikkinchi davr – 12–14-asrlar va

uchinchi davr – 15–17-asrlar. Bu davrlarda Misr, Xitoy, As-suriya, Movarounnahr va

Hindistonda hamda Yevropada A.ning asosiy masalasi "past va noraso" metallarni oltin va

kumushga aylantirishdan iborat bulgan. Olimlar metallarni bir-biriga qorishtirib oltin va

kumush qotishmalarini tayyorlashgan. 8-asr oxiri va 9-asr boshlariga kelib qishloq xoʻjaligi,

konchilik va hunarmandchilik ishlari bir muncha rivoj topdi. Bu esa uz navbatida tabiiy

fanlarning rivojlanishiga imkon berdi. Konchilik, kunchilik, shisha va qogʻoz tayyorlash ishlari

kimyo ilmining rivo-jiga ta’sir koʻrsatdi. Sohaning yetuk olimlari yetishib chiqdi. Shulardan biri

oʻrta asr kimyogarlarining ustozi Jobir ibn Xayyom (721–813) metallarning vu-judga kelishi

nazariyasini ishlab chiqdi. Olimning fikricha, yer ostida ikki xil buglanish amalga oshib,

birinchisi nam, ikkinchisi yer moddasidan koʻtariladigan quruq bugʻ boʻlib, tutundan iborat.

Nam bugʻdan simob, quruq tutundan oltingu-gurt hosil boʻladi. Oʻsha paytda ma’lum boʻlgan

mis, qoʻrgʻoshin, qalay va rux "no-raso" metallar qatoriga kiritilgan. Oltin bilan kumush tarkibi

toza boʻlib, qolganlari aralashmalardan tashkil topgan degan fikrlar bildirilgan. "Noraso"

metallarni "takomillashtirish" va "tuzatish" orqali oltin va ku-mushga aylantirish mumkin

degan gʻoya ilgari surilgan. Bu murakkab vazifani amalga oshirish uchun ana shu metallarga

iksirdan ozgina qoʻshish kifoya qiladi deb oʻylaganlar. Jobir ibn Xayyom har qanday taxmin

aniq ma’lumotlar bilan tasdiqlangandagina qabul qilinishi mumkin deb yozgan. Kimyoda

faqat taj-ribalarga suyanib ish koʻrish kerakligini ham ta’kidlaganligi ma’lum. Oʻrta asrlarda

sharqning ikkinchi bir kimyogari Ar-Roziy Aristotel fikrlariga toʻzatish kiritdi. Uning fikricha,

metallar murakkab moddalar boʻlib, oʻziga xos xossa va xususiyatlarga ega. U koʻplab

tajribalar utkazdi. Ar-Roziy oʻzining 200 dan ortiq ilmiy ishlarida, shu jumladan kimyoga oid

mashhur "Sirlar kitobi" asarida oʻsha davr kimyosida qoʻllanilgan barcha moddalar, asbob-an-

jomlar va tadbirlarni mufassal bayon etdi. Roziy ham, Jobir singari, iksir yordamida bir

metallni ikkinchi me-tallga aylantirish mumkin deb oʻylardi; bundan tashqari, metallarni turli

nis-batda bir-biriga qoʻshish orqali ham oltinga oʻxshash metall hosil qilish ustida koʻp



tajribalar oʻtkazdi. Biroq Roziy shu usudda tayyorlangan metallar koʻrinish jihatidan oltinga

oʻxshasada, hali ular yuqori sifatli oltin emas deb ta’kidladi. Buning isboti uchun u oʻsha

qotishmalarni oʻz tarkibiy qismlariga ajratdi. Xorazmlik ikki olim – Abu Abdullo Muhammad

ibn Yusuf Kotibiy Xorazmiy va Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy ham kimyo tarixiga katta

hissa qoʻshdilar. Oʻrta Osiyoda, umuman, Sharqda kimyo fanining taraqqiyotida buyuk tabib

va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning roli ham nihoyatda katta. Ibn Sino kimyogarlarning oddiy

metallarni oltinga aylantirish toʻgʻrisidagi fikrlariga keskin qarshi chiqdi. Metallarning paydo

boʻlishi masalasida u ham Jobir nazariyasiga oʻxshash nazariyani ilgari surdi; ammo Ibn

Sinoning fikri-cha, oʻsha davrda ma’lum boʻlgan har qaysi metall oʻzicha alohida bir moddadir

(biror yagona metallning turi emas). Bir metallni ikkinchisiga aylantirish uchun uning tarkibiy

qismlari (oltingugurt, simob va boshqa aralashmalar) orasidagi nis-batni oʻzgartirish kerak.

Vaholanki biz bu nisbatning qanday ekanligini bil-maymiz, demak, uni oʻzgartirishga qodir

emasmiz, deydi Ibn Sino. Ibn Sinoning metallar murakkab tarkibli moddalar ekanligi haqidagi

fikri fandan uzoq boʻlsa ham, uning oddiy metallarni iksir yordamida oltinga aylantirish mum-

kin degan nazariyaga qarshi chiqib yozgan mulohazalari oʻrta asr A.sining ilmiy 347kimyoga

oʻsib oʻtishida katta rol oʻynadi. Oʻrta asr kimyogarlari oddiy metallarni oltinga aylantirish

haqidagi oʻz naza-riyalarini amalga oshirish yoʻlida koʻp kuch va vaqt sarfladilar. Natijada ular

turli moddalar va asboblarni kashf etdilarki, bularning koʻp qismi hozirgi kimyo ilmida keng

qoʻllaniladi.A. sohasida oʻtkazilgan tadqiqotlar tufayli metallurgiyani rivojlantirishga,

keramika, shisha, millionlab tonna nitrat kislota ishlab chiqarishga, gazmollarni boʻyash

ishlarini maromiga yetkazishga, novshadil, kinovardan simobni ajratib olish va boshqa

ishlarni amalga oshirishga muvaffaq boʻlindi. Amalgama (oltin suvini yuritish) kabi muhim

ishlar ham alkimyogarlar xizmatining samarasidir.Ad.: Karimov U. I., Neizvestnoye

sochineniye Abu Bakra ar-Razi "Kniga tayni tayn", T., 1957; Kazakov B., Prevraheniye

elementov, M., 1977; Rabinovich V. L., Alximiya kak fenomen srednevekovoy kulturi, M.,

1979.Qudrat Axmerov.

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyotlar




 

Soʻnggi tahrir 13 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi  

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Alkimyo

&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Alkimyo&oldid=2396862



" dan 

olindi 

Download 62,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish