Alkimyo davri. Alkimyo davrining maqsadlari



Download 22,42 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,42 Kb.
#271251
Bog'liq
2 Alkimyo davri. Alkimyo davrining maqsadlari


Alkimyo davri. Alkimyo davrining maqsadlari

Alkimyo so’zi kimyo fanining arabcha nomi va hozirgi kimyoning ibtidosi manolarini anglatadi

 Alkimyoning rivojlanishida uch davr farq qilinadi: 1davr – 2–6-asrlar, ikkinchi davr – 12–14-asrlar va uchinchi davr – 15–17-asrlar. Bu davrlarda Misr, Xitoy, As-suriya, Movarounnahr va Hindistonda hamda Yevropada alkimyoning asosiy masalasi "past va noraso" metallarni oltin va kumushga aylantirishdan iborat bulgan. Olimlar metallarni bir-biriga qorishtirib oltin va kumush qotishmalarini tayyorlashgan. 8-asr oxiri va 9-asr boshlariga kelib qishloq xoʻjaligi, konchilik va hunarmandchilik ishlari bir muncha rivoj topdi. Bu esa uz navbatida tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon berdi. Konchilik, kunchilik, shisha va qog‘oz tayyorlash ishlari kimyo ilmining rivo-jiga ta’sir ko‘rsatdi. Sohaning yetuk olimlari yetishib chiqdi. Shulardan biri o‘rta asr kimyogarlarining ustozi Jobir ibn Xayyom (721–813) metallarning vu-judga kelishi nazariyasini ishlab chiqdi. Olimning fikricha, yer ostida ikki xil buglanish amalga oshib, birinchisi nam, ikkinchisi yer moddasidan ko‘tariladigan quruq bug‘ bo‘lib, tutundan iborat. Nam bug‘dan simob, quruq tutundan oltingu-gurt hosil bo‘ladi. O‘sha paytda ma’lum bo‘lgan mis, qo‘rg‘oshin, qalay va rux "no-raso" metallar qatoriga kiritilgan. Oltin bilan kumush tarkibi toza bo‘lib, qolganlari aralashmalardan tashkil topgan degan fikrlar bildirilgan. "Noraso" metallarni "takomillashtirish" va "tuzatish" orqali oltin va ku-mushga aylantirish mumkin degan g‘oya ilgari surilgan. Bu murakkab vazifani amalga oshirish uchun ana shu metallarga iksirdan ozgina qo‘shish kifoya qiladi deb o‘ylaganlar. Jobir ibn Xayyom har qanday taxmin aniq ma’lumotlar bilan tasdiqlangandagina qabul qilinishi mumkin deb yozgan. Kimyoda faqat taj-ribalarga suyanib ish ko‘rish kerakligini ham ta’kidlaganligi ma’lum. O‘rta asrlarda sharqning ikkinchi bir kimyogari Ar-Roziy Aristotel fikrlariga to‘zatish kiritdi. Uning fikricha, metallar murakkab moddalar bo‘lib, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga egAlkimyo U ko‘plab tajribalar utkazdi. Ar-Roziy o‘zining 200 dan ortiq ilmiy ishlarida, shu jumladan kimyoga oid mashhur "Sirlar kitobi" asarida o‘sha davr kimyosida qo‘llanilgan barcha moddalar, asbob-an-jomlar va tadbirlarni mufassal bayon etdi. Roziy ham, Jobir singari, iksir yordamida bir metallni ikkinchi me-tallga aylantirish mumkin deb o‘ylardi; bundan tashqari, metallarni turli nis-batda bir-biriga qo‘shish orqali ham oltinga o‘xshash metall hosil qilish ustida ko‘p tajribalar o‘tkazdi. Biroq Roziy shu usudda tayyorlangan metallar ko‘rinish jihatidan oltinga o‘xshasada, hali ular yuqori sifatli oltin emas deb ta’kidladi. Buning isboti uchun u o‘sha qotishmalarni o‘z tarkibiy qismlariga ajratdi. Xorazmlik ikki olim – Abu Abdullo Muhammad ibn Yusuf Kotibiy Xorazmiy va Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy ham kimyo tarixiga katta hissa qo‘shdilar. O‘rta Osiyoda, umuman, Sharqda kimyo fanining taraqqiyotida buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning roli ham nihoyatda kattAlkimyo Ibn Sino kimyogarlarning oddiy metallarni oltinga aylantirish to‘g‘risidagi fikrlariga keskin qarshi chiqdi. Metallarning paydo bo‘lishi masalasida u ham Jobir nazariyasiga o‘xshash nazariyani ilgari surdi; ammo Ibn Sinoning fikri-cha, o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan har qaysi metall o‘zicha alohida bir moddadir (biror yagona metallning turi emas). Bir metallni ikkinchisiga aylantirish uchun uning tarkibiy qismlari (oltingugurt, simob va boshqa aralashmalar) orasidagi nis-batni o‘zgartirish kerak. Vaholanki biz bu nisbatning qanday ekanligini bil-maymiz, demak, uni o‘zgartirishga qodir emasmiz, deydi Ibn Sino. Ibn Sinoning metallar murakkab tarkibli moddalar ekanligi haqidagi fikri fandan uzoq bo‘lsa ham, uning oddiy metallarni iksir yordamida oltinga aylantirish mum-kin degan nazariyaga qarshi chiqib yozgan mulohazalari o‘rta asr alkimyosining ilmiy 347kimyoga o‘sib o‘tishida katta rol o‘ynadi. O‘rta asr kimyogarlari oddiy metallarni oltinga aylantirish haqidagi o‘z naza-riyalarini amalga oshirish yo‘lida ko‘p kuch va vaqt sarfladilar. Natijada ular turli moddalar va asboblarni kashf etdilarki, bularning ko‘p qismi hozirgi kimyo ilmida keng qo‘llaniladi. Alkimyo sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar tufayli metallurgiyani rivojlantirishga, keramika, shisha, millionlab tonna nitrat kislota ishlab chiqarishga, gazmollarni bo‘yash ishlarini maromiga yetkazishga, novshadil, kinovardan simobni ajratib olish va boshqa ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Amalgama (oltin suvini yuritish) kabi muhim ishlar ham alkimyogarlar xizmatining samarasidir
Download 22,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish