Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Akademik litseyning tabiiy fanlar yo‘nalishidagi chuqurlashtirilgan



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   213
Bog'liq
Kimyo

Akademik litseyning tabiiy fanlar yo‘nalishidagi chuqurlashtirilgan
ORGANIK KIMYO fani o‘quv dasturi
(2-kurs 3-4-semestr)

Mavzular nomi
Soatlar
Ma’ruza
Amaliy 
mashg‘ulot
Labora-
toriya
1
Organik kimyoga kirish. Organik birikmalarning 
tuzilishi nazariyasi, organik birikmalardagi 
kimyoviy bog‘lanishning elektron nazariyasi, 
organik birikmalarga xos bo‘lgan reaksiyalar
2
2
Uglevodorodlar
2
Alkanlar
6
6
3
Sikloankanlar
2
2
4
Alkenlar
4
4
5
Alkadiyenlar
2
2
6
Alkinlar
4
2
2
7
Aromatik uglevodorodlar
8
8
8
Uglevodlarning tabiiy manbalari va ularni qayta 
ishlash
2
2
9
Gidroksil guruhi tutgan birikmalar (spirtlar, 
fenollar)
6
4
2
10
Aldegid va ketonlar
4
6
2
11
Karbon kislotalar
6
10
2
12 Murakkab efirlar. Yog‘lar
2
4
13
Uglevodlar
6
12


115
Azot tutgan organik birikmalar
14
Nitrobirikmalar haqida tushuncha, aminlar, 
aminokislotalar.
6
12
15
Geterotsiklik birikmalar haqida tushuncha
4
8
16
Oqsillar. Nuklein kislotalar
4
8
18
Sintetik yuqori molekulali birikmalar va tolalar 
haqida tushuncha. Kauchuklar va uning turlari
4
8
Umumiy soat 180
72
100
8
TUSHUNTIRISH XATI
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 19-mayda qabul qilingan va 2020-yil 
7-avgustdagi Senat tomonidan ma’qullangan, 2020-yil 23-sentabrda 637–sonli qaroriga 
asosan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari va mazmuni asosida, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni 
saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora –tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-4910 qaroriga muvofiq yangi O‘zbekistonning kelajak avlodiga jahon 
standartlari talablari asosida ta’lim-tarbiya berish akademik litsey oldiga qo‘yilgan eng 
muhim vazifadir. Ularni zamon talablariga javob bera oladigan va xalqaro andozalarga ham 
metodik, ham ilmiy-nazariy tomondan taqqoslasa bo‘la oladigan tegishli yo‘llanmalar 
bilan ta’minlash o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini unifikatsiyalash va ish saviyasini 
yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarish va pirovardida “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
tizimini namunali tizimga aylantiramiz” degan shiorni muvaffaqiyatli amalga oshira 
olish imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur organik kimyo bo‘yicha kimyo fanini chuqurlashtirib o‘rgatishga 
ixtisoslashtirilgan akademik litseylarning o‘quvchilari uchun tuzilgan bo‘lib, qamrov 
doirasi jihatidan organik birikmalarning sinflari ulardagi izomeriya hodisasi mavjudligi, 
xilma-xil organik birikmalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari, o‘ziga xos muhim 
tomonlari, ularni hozirgi kunda sanoat, texnika va xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida 
qo‘llanishi borasidagi erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni o‘z ichiga olganligini 
ta’kidlab o‘tish e’tiborga molikdir deb hisoblaymiz.
Modomiki, butun bir o‘quv yili davomida organik kimyo fanini o‘qitish rejalashtirilgan 
ekan, o‘quvchilarda organik birikmalarning sinflarining fizik-kimyoviy xossalarining
to‘liq mohiyati, ular o‘rtasidagi genetik bog‘liqllk va xossalarini taxmin qila olishdek 
nazariy bilimga ega bo‘lish va amalda, jumladan, laboratoriya tajribalari asosida va ularni 
bajarish jarayonida tasdiqlash darajasidagi bilimlarga ega bo‘lishga erishish maqsad qilib 
qo‘yilgandir.
Bunday maqsadga erishishda shubhasiz, “Umumiy kimyo” fanidan olingan bilimlarni 
ijodiy tatbiq qilish ayni muddaodir. Dasturni amalga oshirayotgan paytda o‘qituvchilar 
ana shu yuqorida qayd qilingan fikrlarga mumkin qadar ko‘proq darajada e’tibor berishlari 
lozim.
Shuni esda tutishimiz kerakki, akademik litseylarning tabiiy fanlar bo‘yicha 
ixtisoslashgan guruhlarida organik kimyo o‘quv predmeti umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida beriladigan boshlang‘ich va tayanch ma’lumotlarni yyetarli darajada 
kengaytirish hamda chuqurlashtirishni eng muhim maqsad qilib o‘qitiladigan fandir. Shu 
sababdan, dasturda organik kimyoni to‘laqonli o‘rganish uchun umumiy va anorganik 


116
kimyo bilimlariga tayangan holda fanlar va mavzular orasida uzviylikni qamrab olishga 
erishish ko‘zda tutilgan. Bu esa, har bir mavzuga ehtiyoj talab qilganicha va shu bilan 
birga imkoniyat boricha e’tibor berishni taqozo qiladi.
Shunday qilib, taqdim etilayotgan dastur organik kimyo fanining asoslarini yyetarlicha 
o‘rganishga erishishni mo‘ljallaydi. Buning uchun yuqorida aytib o‘tilgan fikrlardan 
tashqari quyidagilarga ham e’tibor berish lozim deb hisoblaymiz:
– moddalarning tuzilishi, kimyoviy jarayonlarning sodir bo‘lish sabab va imkoniyatlari 
to‘g‘risida yyetarli nazariy va faktik ma’lumotlarga ega bo‘lish;
– olingan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda 
masalalar yechish, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish, mashqlar o‘tkazish, seminarlar 
tashkil etish,dastur oxirida keltirilgan mavzular bo‘yicha referatlar yozish kabi tadbirlarni 
amalga oshirish tavsiya etiladi.
Har bir akademik litseyning metodik birlashmasi o‘z qarori bilan mavzularga ajratilgan 
dars soatlari chegarasida ayrim mavzular uchun kerak bo‘ladigan vaqtni o‘zgartirishi 
mumkin.
Kimyo fani bo‘yicha mutaxassislikni tanlagan o‘quvchilar guruhlari uchun dasturiy 
saboqlardan tashqari maxsus kurslar o‘qish, murakkab masalalar yechish va qo‘shimcha 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, ya’ni ularni dastur doirasidan tashqarida bo‘lgan mavzular 
bilan tanishtirish, ularning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, ilmiy tafakkurga
mustaqil fikrlashga erishish qobiliyatlarini to‘laroq namoyon etish va natijada, ilmiy-
tadqiqotning ilk kurtaklarini shakllantirish maqsadiga xizmat qiladi.
Dasturdagi tegishli mavzularni mustahkamlash uchun ularga mos masalalarni albatta 
yechish tavsiya etiladi. Tegishli masalalarning tartib raqamlari tanlangan adabiyotlar 
nomlarini qaytarmasdan kvadrat qavslar ichida ko‘rsatilgan raqam ketidan yozilgandir.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish