II.1.2.Vitasteroidlar sinflanishi
Barcha Vitasteroidlar umumiy steroid asosga qaramasdan turli xil tuzilmaga ega bo’lishi mumkin ,shunga qarab Vitasteroidlar quydagi sinflarga ajraladi
1 Vitanolidlar (Withanolide)
2.Vitafisinlar (Withaphysalin)
3.Fizalinlar (Physalin)
4.Aromatik D halqasiga ega bo'lgan nikandrenonlar (Ring D aromatic Withanolide)
5.Aromatik A halqali Vitanolidlar (Ring A aromatic Withanolide)
6.Aknistinlar (Acnistin)
7.Iksokarpolaktonlar (Ixocarpalactone)
8.Perulaktonlar (Perulactone)
II.1.3.O’simliklarda tarqalishi
Vitanolidlar asosan Solanaceae oilasiga mansub o'simliklarda uchraydi, ammo bu turdagi birikmalar oilaning barcha a'zolarida mavjud emas.
Vitanolidlar quyidagi avlodlarga kiradi
– Withania – Dunalia
– Physalis – Discopodium
– Nicandra – Lycium
– Datura – Salpichroa
– Jaborosa – Tubocapsicum
– Acnistus – Exodeconus
II.2.1.Tabiiy birikmalarni nazariy oʼrganishda qoʼllaniladigan hisoblash usullari va hisoblash majmualari
Kvant–kimyoviy hisoblashlardan foydalanish birikmalarning elektron tuzilishini toʼliq tavsiflash imkonini beradi, jumladan, ularning tuzilishining oʼziga xosligini, reaktsiyaga kirishish xususiyati va hakozolarni aniqlash imkonini beradi. Biroq, hisoblash jarayonining qiyinligi yana shuningdek, koʼp elektronli toʼlqin funktsiyalari tarkibida ortiqcha axborotlarning mavjudligi kimyoviy yoki fizik maʼnoga ega boʼlgan maʼlumotlarni olish uchun kvant nazariyasini kimyoviymasalalarga tadbiq etish uchun kontseptsiyalar tizimini tuzib chiqish talab qilinishini belgilab beradi. Ushbu koʼrinishda, molekulalarning elektron tuzilishining kvant nazariyasi rivojlanishi faqatgina mutloqo amaliy matematikaning ishi boʼlmasdan, balki bu masala kimyoviy yondoshuvlarni ham talab qiladi [11].
Molekulyar orbitalar (MO) usulining tavsiflanishiga bagʼishlangan juda koʼplab adabiyotlar mavjud shu sababli, biz asosiy tushunchalarga toʼxtalib oʼtish bilangina cheklanamiz [12-16].
Kvant mexanikasi qoidalariga muvofiq, molekulaning tuzilishi va xususiyatlari uning toʼlqin funktsiyalari (Ψ) orqali aniqlanishi mumkin. Toʼlqin funktsiya kvant – mexanikasining asosiy tenglamasi hisoblangan Shredinger tenglamasi asosida hisoblab topilishi mumkin. Toʼlqin funktsiya kvant – mexanikasining asosiy tenglamasi hisoblangan Shredinger tenglamasi asosida hisoblab topilishi mumkin (1.1):
HΨ = EΨ (1.1)
Koordinata qismlari (MO-lar) atom orbitallarining chiziqli kombinatsiyalari (АOChK) koʼrinishidan tashkil topgan va toʼlqin funktsiya (Ψ) qiymati spin – orbitallarining antisimmetrik hosilasi koʼrinishida yozilishi asosidagi kvant – mexanik usullar nisbatan keng tarqalgan. Yadroning holati muzlatilgan (adiabatik yaqinlashuv) deb hisoblaniladi. Kvant – kimyoviy hisoblashlar algebraik tenglamalar tizimidan tashkil topgan Xartri – Fok – Rutan tenglamasi asosida hisoblab topiluvchi MO boʼyicha atom orbitallarining taqsimlanish koeffitsientini topishi asosida amalga oshiriladi. Xartri – Fok – Rutan tenglamasi yechimlariga nisbatan yondoshuvlarga bogʼliq holatda kvant – kimyoviy usullar noempirik (ab initio) va yarim empirik turlarga ajratiladi.
Noempirik usullar Xartri – Fok – Rutan tenglamasining qatʼiy yechimlariga asoslangan. Hisoblashlar davomida molekula tarkibidagi barcha elektronlar va elektronlararo oʼzaro taʼsirlashish integrallari hisobga olinadi. Ab initio usulida hisoblashlarning muhim tomonlaridan biri MO-larda taqsimlanuvchi bazis АO-lar turini tanlashdan iborat. Ab initio usullarining kamchiliklaridan biri koʼp atomli birikmalarda hisoblash vaqtining sezilarli darajada koʼpligi bilan bogʼliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |