Aim.Uz
Sana:
Mavzu. Kim?, kimlar?, nima?, nimalar? So`roqlariga javob bo'lgan so'zlar yuzasidan mustahkamlovchi dars.
Maqsad.
Ta`limiy:Shaxs bildirgan so'zlarga kim?kimlar? va liar xil narsalarni bildirgan so'zlarga nima?, nimalar?so'roqlarini bera olish,
Tarbiyaviy:Chiroyli uozish orqali nafosat tarbiyasini berish.
Rivojlantiruvchi: gapning asosini aniqlash ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Tashkiliy qism
I. Uy vazlfasini tekshirish. O`quvchilar daftarlari tekshiriladi.
III Yangi mavzu bayoni. 155-mashq shartiga ko`ra uzluksiz matndagi gaplarning chegarasini aniqlash.
Matn doskaga yozib qo'yiladi.
Buvijonim mehmonlarni romli ayvonda kutib olardilar oyim ham shu yerga joy qildi buvim mehmonlarni samovar choy bilan siyladilar
O'quvchilar gap qayerda tugashi va keyingi gap qayerdan boshlanishini isbotlash uchun gap nima yoki kim haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zlarni (gapning asosini) topib tushuntiradilar.
Masalan:
— Birinchi gap kim haqida aytilgan? (Buvijonim.) U haqda nima deyilgan? (kutib oldilar.) Ikkinchi gap-chi? Gap oyim haqida aytilgan. oyim haqida joy qildi deyilgan. Uchinchi gap buvim haqida aytilgan? Buvim haqida nima deyilgan? (siyladilar)
— Matnda uchta gap borligi yozuvda qanday ko'rsatiladi?
(O'quvchilardan biri chaqiriladi. U har bir gapning oxiriga nuqta qo'yadi va gaplarni bosh harf bilan boshlaydi.)
IV. Mustahkamlash 156- mashqni birgalikda bajarish.
— Birinchi gap kimlar haqida aytilgan? (Hunarmandlar.)
Ular haqida nima deyiladi? (juda ko`p.) Shu gapni o'qing.
(O'qiydilar.) Bu gapni keyingi gapdan qanday ajratamiz? (Gapning
oxiriga nuqta qo'yilgan.) Ikkinchi gap kimlar haqida aytilgan? (Gilamdo`zlar.) Ular haqida nima deyilgan? (to`qiydilar.)
Keyingi gaplarning asoslari ham shunday aniqlanadi.
Matnni ко 'chiring. Gap kimlar haqida aytilganini bildirgan so'zni aniqlab, tagiga chizish.
V. Darsni yakunlash. Baholash
— Darsda nimalarni bilib oldingiz? Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholayman.
V. Uyga vazifa. 157- mashq.
MRO`TIBO` ________________
Sana:
Mavzu. Yaqin ma'noli so'zlar bilan tanishtirish. O'rganilganlarni mustahkamlash mashqlari.
Ta`limiy: Yaqin ma'noli so'zlarni kuzatish. O'rni almashtirib berilgan so'zlardan gap tuzish, so'zlarga so'roq bera olish ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilar orasida vatanga hurmat hissini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilar bilim ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II. Uy vazifasini tekshirish.
— Qishdan keyin qaysi fasl keladi? (O'quvchilar bilgan bahor so'zini aytishlari mumkin.) Bu fasl nomi bahor so'zining yana bir nomi bor. Shu nomni kim aytadi? (O'quvchilar ko'klam so'zini ayta olsalar yaxshi, ayta olmasalar tushuntiriladi: qishdan keyin keladigan bahor faslining ikkinchi nomi — ko'klam. Bu bahor, ko'klam so'zlari yaqin ma'no bildiradi.
O'qituvchi quyidagi ikki gapni yozib (yoki aytib) so'raydi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Qushlar bahorda in qo`yadilar.
Bolalar qushlarga uya yasadilar. Shu gaplardagi yaqin ma'noli so'zlarni ayta olasizmi? Ayta olmasalar tushuntiriladi: in va uya yaqin ma'noli so'zlar. Bahorda qushlar yashash
uchun o'zlari yasaydigan joy in deyiladi; qushlar yashashi uchun bolalar yasagan joy esa uya deyiladi. Demak, in va uya so'zlari nima? so'rog'iga javob bo'Iadi, ikkalasi ham qushlar yashaydigan joyni bildiradi, shuning uchun yaqin ma'noli so'zlardir. Bunday suhbatni nima? so'rog'iga javob bo'lgan yelka. kift; ashula, qo'shiq; buloq, chashma kabi so'zlar yuzasidan ham o'tkazish mumkin. O'qituvchi xulosalaydi: tilimizda bahor, ko'klam; yelka, kift; barg, yaproq; el. xalq kabi yaqin ma'noli so'zlar juda ko'p. Mazmunga mos yaqin ma'noli so'zni tanlab maqollarni yozish. 158 — mashq.
IV.Mustahkamlash: O'rni almashtirib berilgan so'zlardan gap tuzish. 159- mashq. Buning uchun avval gap kim haqida aytilganini bildirgan so'zni topamiz: 1- gap kim haqida aytilgan? (Sanobar.) Keyin u (Sanobar) haqida nima deyilganini bildirgan so'zni topamiz. sanobar haqida nima deyilgan? (o`rganmoqda.) So'ng savol berib, o`rganmoqda so'ziga bog'langan so'zni topamiz. Nimani o`rganmoqda? (ingliz tilini.) Demak, ingliz tilini so`zi o`rganmoqda so'zidan oldin keladi. Endi savol berib, o`rganmoqda so'ziga bog'langan so'zni aniqlaymiz. Qanday o`rganmoqda? (astoydil) Demak, astoydil so'zi o`rganmoqda so'zidan oldin keladi. Endi topshiriqda aytilgan Sanobar so'zidan boshlab gapni to'liq yozamiz. Sanobar ingliz tilini astoydil o`rganmoqda Keyingi gaplar ham shu usulda tuzdiriladi. 160-mashq sharti yuzasidan bajariladi/
V. Darsni yakunlash. Baholash
VI. Uyga vazifa. 161- mashq.
MRO`TIBO` ________________
Sana:
Mavzu. Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf.
Maqsad.
Ta`limiy: Kishilarning ismi va familiyasi haqidagi tasavvurni aniqlash; ism va familiyani bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni kattalarni hurmat qilishga o`rgatish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilar bilim ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II. Uy vazifasini tekshirish.
Mashqni ko'rib chiqish va kim?,nima? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni aniqlash. Kim?, nima? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar haqidagi qoidani darslikdan o'qitish.
-Endi darslikda berilgan savolni o'qing. Shu savolga javob bering. (O'quvchilar bilganlarini aytib beradilar.)
Biz bugun kishilarning ismi va familiyasini bosh harf bilan boshlab yozishni o'rganamiz.
III.Yangi mavzu bayoni: Kishilarning ismi va familiyasida bosh harfhing ishlatilishi haqidagi ko'nikmani shakllantirish.
O'qituvchi bolalarga tanish bo'lgan «Kitobim — oftobim» kitobini ко`rsatadi va kichik she'r yoki matnni o'qib beradi.
Bu kitobni kim yozgan? Muqovasida yozilgan ism va familiyani o'qing. (O'qiydilar.) Familiya oldida turgan bosh harflar nimani bildiradi? Kitobni yozgan kishilarning ismi va familiyasini to'liq o'qing. O'qituvchi kilobni yozganlarning ismi va familiyasi kitobning oxirgi betida yozilishini aytib bir o'quvchiga o'qitadi.
Ism va familiya qanday harf bilan boshlangan? Daftaringizga yozing. O'zingiz bilgan yozuvchilarning ismi va familiyasi qatnashgan gap tuzing. («Kitobim — oftobim» kitobini Quddus Muhammadiy yozganlar.)
162- mashqni birgalikda bajarish.
IV.Mustahkamlash: 163- mashqni topshiriqlari tartibida bajarish.
Mashq matnini yozishdan oldin talaffuzda (aytilganda) so'z oxirida jarangsiz jufti t, p tovushi eshitilsa ham, d, b harfi yoziladigan so'zni aniqlaydilar, qaysi harfni yozishni aytadilar.
V. Darsni yakunlash.
- Darsda qaysi qoidani bilib oldingiz?
VI Uyga vazifa. 164- mashq. Alifboni takrorlang; «O'qish kilobi»dan
To'rtta yozuvchining ismini alifbo tartibida yozing.
MRO`TIBO` ________________
Sana:
Mavzu. Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf.
Maqsad:
Ta`limiy: Kishilarning ismi va familiyasi haqidagi tasavvurni aniqlash; ism va familiyani bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni kattalarni hurmat qilishga o`rgatish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilar bilim ,ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II. Uy vazifasini tekshirish. Uy vazifalari tekshiriladi, daftar almashtiriladi.
— «O'qish kitobi»dan qaysi yozuvchilar ismini yozdingiz? deb so'raladi va 4—5 o'quvchiga alifbo tartibida yozganlari o'qitiladi.
“ Kim ko`p ism biladi?” o`yinini o`ynaymiz.Bunda ismlar alifbo tartibida bo`lishi shartligini eslataman.
III.Yangi mavzu bayoni:
Kishilarning ismi va familiyasini bosh harf bilan boshlab yozish ko'nikmasini o'stirish yuzasidan mashq.
Nuqtalar o'rniga bolalar ismini qo'yib yozgan javoblar 2—3 o'quvchiga o'qitiladi. 165- mashq.
Kaptarlarga kim don beryapti? Zafar va Lola kaptarlarga don beryapti.
Kimlar koptok o`ynayapti? Dilshod va Guli koptok o`ynayaptilar.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Uzluksiz berilgan matndagi gaplar chegarasini qanday aniqlab yozganlarini o'qib tushuntiradilar. 166- mashq.
Gulnora Murodovaning Hilola degan singlisi bor u kichkina va sho`x Gulnora singlisiga Shukur Sa`dullaning jajji hikoyalatidan birini o`qib berdi hikoyadagi Hayotjon Hilolaga juda yoqdi.
« Onangiz va otangizning familiyasi va ismini ayting» degan vazifani bajaradilar.
V. Darsni yakunlash. O`quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa. 167- mashq.
MRO`TIBO` ________________
Sana: Mavzu. Matnni savollar yordamida og'zaki va yozma qayta hikoyalash.
Maqsad.
Ta`limiy:Matn tuzilishi haqidagi tasavvurni, matnni savollar yordamida yoritish ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilar orasida do`stona munosabatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Parta oralab,daftarlaridagi mashqlari tekshiiladi
O'qituvchi quyt'dagi kichik she'mi aylib turib yozdiradi:
Qor parchalar, parchalar, Oq kiyadi archalar. Qir, adirlar, qo'ralar, Oq kiyimga o'ralar. Kavsar Turdiyeva
O'quvchilar yozib bo'lgach, nimalar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlami aniqlab, tagiga chizadilar.
III.Yangi mavzu bayoni.168-mashq dagi Matnni savollar yordamida og'zaki va yozma qayta hikoyalash.
1.«Chin do'stlar» matnini o'qish va og'zaki hikoya qilish.
Matnni qayta o'qib, savollarga javob berish.
Matnni yozish uchun imloviy tayyorgarlik ko'rish.
H va x undoshlarining yozilishi, bosh harf bilan yoziladigan so'zlar vuzasidan qisqa tushuntirish. Har bir bo'limni xatboshidan yozishni eslatish.
Xattaxtaga sarlavha va savollar yozib qo'yiladi. Matn ifodali o'qib beriladi.
O'quvchilardan biri xattaxtadan 1- savolni o'qiydi. Boshqa 1—2 o'quvchi shu savolga yoziladigan javobni aytadi. Zarurat tug'ilsa, o'qituvchi shu savolga yoziladigan javobni to'g'rilab aytadi. (Xayrulla va Akmal bir sinfda o'qishadi. Ular qalin do'st).
O'quvchilar daftarlariga sarlavhani qo'yadilar. Birinchi savolga berilgan javobni xatboshidan boshlab yozadilar.lkkinchi va uchinchi savollar yuzasidan ham shunday ish bajariladi.Bolalar yozuvi shunday bo'lishi mumkin. Chin do'stlar Xayrulla va Akmal qalin do'st. Ular birga o'qishadi. Akmal kasal bo'lib qoldi. Xayrulla unga darslarni o'zlashtirib olishda yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |