Ot so’z turkumi “A”



Download 63 Kb.
Sana09.12.2019
Hajmi63 Kb.
#29175
Bog'liq
OT SO'Z TURKUMI A


Ot so’z turkumi “A”

1. Tilshunoslikning qaysi bo’limlarida so’z o’rganiladi ?

A) morfologiya va leksikologiya B) morfologiya va sintaksis

C) leksikologiya va sintaksis

D) morfologiya va punktuatsiya

2. Qaysi atama “harf o’qish va yozish san’ati” , “harf” degan ma’nolarni anglatadi ?

A) grammatika B) morfologiya

C) sintaksis D) leksikologiya

3. Qaysi javobda tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan xalq nomi to’g’ri ko’rsatilgan ? A) arab B) yunon C) hind D) rus

4. Qaysi xalq olimlari so’zlarni uchga : ismlar , fe’llar , yordamchilarga ajratishgan ?

A) arab B) hind C) yunon D) rus

5. Qaysi xalq tilshunos olimlari ismlar ichidan sifat , son va olmoshlarni ajratib olgan ?

A) arab B) rus C) hind D) yunon

6. Hozirgi tilshunosligimizda ismlar sifatida qaraluvchi so’zlar guruhi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ? 1) ot 2) sifat 3) son 4) olmosh 5) taqlid so’zlar 6) harakat nomi 7) sifatdosh A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4,5,6

7. Turlanish hodisasi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ?

A) ismlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarish

B) ismlarning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishi C) ismlarning egalik va kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi

D) ismlarning egalik , kelishik va ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarishi

8. So’zlarni turkumlarga ajratishda ularning qanday xususiyatlari inobatga olinadi ?

1) so’zning ma’no bilan bog’liq xususiyatlari

2) so’zlarning ayrim morfologik xususiyatlari

3) so’zlarning sintaktik vazifalari

4) so’zlarning yasalishi bilan bog’liq xususiyatlari

A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4

9. Qaysi javobda yordamchi so’zlarga xos xususiyatlar ko’rsatilgan ?

1) atash ma’nosiga ega emas

2) ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydi

3) sintaktik vazifa bajarmaydi

4) grammatik ma’noga ega emas

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4

10. Qaysi javobda sifat vazifasida qo’llangan ot mavjud ?

A) Katta tog’ning toshi ham katta bo’ladi

B) Do’stning eskisi yaxshi

C) Oy borib , omon qayt , bolam

D) Sement ko’prik ustidan mashinalar tinimsiz o’tib turibdi

11. Qaysi javobda ravish vazifasida qo’llangan ot mavjud ?

A) Atrofda ikki-uchta loysuvoq uy ko’rinardi

B) Muxlisaning gul yonoqlari qizardi

C) Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh ,

Jayron , nega ko’zing to’la yosh ?!

D) Piyoda askarlar jangga kirishdi

12. Qaysi javobda otning ko’plik shakli ham leksik , ham morfologik usul bilan hosil qilingan ?

A) Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatishdi B) Fermamizda uch yuz bosh qoramol bor C) Kollejimizdagi ko’pgina o’quvchilar paxta yig’im-terimiga safarbar etilgan

D) Ariq to’la suv , ichgani tashna , bolam

13. Qaysi javobda faqat birlikda qo’llanadigan otlar berilgan ?

1) ishonch , g’azab , hayo 2) asal , gaz , neft

3) ko’z , qosh , til 4) quyosh , oy , yer

5) Buxoro , Nodira , G’irot 6) maktab , ko’cha , guzar

A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,2,3,4,5

14. Qaysi javobda ko’plik qo’shimchasi grammatik vazifa bajargan ?

A) Adamlar ishdan kech qaytadilar B) Yoshi saksonlardan oshgan edi

C) Osmon to’la havolar , Ammo menga yetmaydi D) Kampir nevaralariga bir hovuchdan turshak berdi

15. Qaysi javobda egalik qo’shimchasi qarashlilik , tegishlilik ma’nosini ifodalamagan ?

A) gul ifori B) quyosh nuri C) oyoq kiyimi D) maktab stadioni

16. Sifatdosh va harakat nomiga qo’shilgan egalik qo’shimchalari qanday vazifa bajaradi ? A) qarashlilik , tegishlilik B) umumdan ajratilganlik , xoslik

C) harakat bajaruvchisining shaxsi va soni D) mo’ljallanganlik , butundan qism

17. Qaysi gapda egalik qo’shimchasi belgisiz qo’llangan ?

A) Olmazorlar gulin to’kadi B) Holin bilgan horimas

C) Bizning qishloq tog’ bag’rida

D) O’zbekiston vatanim manim.

18. Quyidagi gapda so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilishi natijasida nechta fonetik hodisa sodir bo’lgan?

O’rnimdan turib uy eshigini ochsam , o’g’lim bilan o’rtog’i sovuqdan qulog’i va burni qizarib ketgan holda kulib turar edi .

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

19. Quyidagi grammatik vositalardan qaysi biri doimo tobe so’zga qo’shiladi ?

A) egalik B) kelishik

C) ko’plik D) egalik va kelishik

20. Duradgor eski eshikning dastasini almashtirdi .

Mazkur gapdagi qaralmish qanday sintaktik vazifa bajargan ?

A) ega B) sifatlovchi aniqlovchi

C) qaratqich aniqlovchi D) vositasiz to’ldiruvchi

21. Qaratqich kelishigi qanday hollarda belgisiz qo’llanmaydi ?

1) atoqli otlarda 2) sifatdoshlarda 3) olmoshlarda

4) qaratqich va qaralmish orasida so’z qo’llanganda 5) turdosh otlarda

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,3,4

22. O’g’zaki nutqda qaysi kelishik qo’shimchalari farqlanmaydi ?

A) qaratqich va tushum B) jo’nalish va o’rin-payt

C) jo’nalish va chiqish D) o’rin-payt va chiqish

23. Jo’nalish , o’rin-payt va chiqish kelishigi shakllari shaxs va narsa otlariga qo’shilsa , ular qanday sintaktik vazifa bajaradi ?

A) vositali to’ldiruvchi B) vositali to’ldiruvchi , o’rin holi

C) vositali to’ldiruvchi , payt holi D) vositali to’ldiruvchi , o’rin holi , payt holi

24. Qaysi misolda so’zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo’lgan suvning hammasi ifodalangan ?

A) suv ichdim B) suvni ichdim C) suvdan ichdim D) suvni ichdim , suvdan ichdim

25. Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar aniq bir sintaktik vazifa bajaradi ?

A) bosh kelishik B) qaratqich kelishigi C) jo’nalish kelishigi D) chiqish kelishigi

26. Hamisha o’timli fe’lga bog’lanuvchi so’zlar qanday sintaktik vazifa bajaradi ?

A) qaratqich aniqlovchi B) vositasiz to’ldiruvchi C) vositali to’ldiruvchi D) o’rin holi

27. Qaysi javobda otlarning doimiy grammatik kategoriyasi ko’rsatilgan ?

A) son va kelishik B) son , egalik va kelishik C) faqat kelishik D) faqat son

28. Ot kategoriyalaridan qaysi biri uning gapdagi sintaktik vazifasini belgilamaydi ?

A) kelishik va son B) son va egalik C) egalik va kelishik D) faqat kelishik

29. Ko’plik qo’shimchasi egalik shakllaridan keyin qo’llansa qanday ma’noni ifodalaydi ? A) hurmatlash B) ko’plik

C) ma’noni kuchaytirish D) jamlash , umumlashtirish

30. Ko’plik qo’shimchasi egalik shakllaridan oldin qo’llansa odatda qanday ma’noni ifodalaydi ? A) hurmatlash B) ko’plik

C) chama , taxmin D) ma’noni kuchaytirish

31. Qaysi javobda otlarning lug’aviy shakllari ko’rsatilmagan ?

A) –cha , -choq , -chak B) -jon , -xon , -oy

C) –gacha , -dek , -niki , -lar D) –ing , -imiz , -dan

32. Qaysi javobda shaxs nomlari ko’rsatilgan ?

A) Arslon , Rayhon , Bolta B) lola , nulufar , temir

C) shifokor, zargar, dehqon D) amper, rentgen, paskal

33. Qaysi javobda narsa otlari ko’rsatilgan ?

A) Boychibor , Qoplon , Oqmoya B) arslon , rayhon , lola

C) Amper , Rentgen , Paskal D) Matiz , Boing , Nokia

34. Qaysi javobda tarixiy sana va bayram nomi noto’g’ri yozilgan ?

A) Sakkizinchi dekabr B) 21-Mart C) Birinchi Sentabr D) 9-May

35. Qaysi hukm to’g’ri ?

1) xalqaro tashkilot nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi

2) oliy davlat tashkiloti nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi

3) oliy davlat mansabi nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi

4) davlat nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi

5) vazirliklar , idoralar , korxonalar nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4,5

36. Bola , yigit , chol kabi shaxs otlari nimani anglatadi ?

A) qarindoshlik darajasi B) kasb-kori

C) yoshi D) ijtimoiy qatlami

37. Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan ?

A) –bon , -lik , -kash B) –kich , -ma , -don C) –zor , -liq , -loq D) –g’in , -im , -chilik

38. Qaysi javobda mavhum ot yasovchi qo’shimchalar berilgan ?

A) –iq , -qin , -g’in B) –chilik , -garchilik , -lik

C) –im , -in , -ik D) –choq , -chak , -chiq

39. Qaysi javobda faoliyat otlari berilgan ?

A) chopiq , terim , saylov B) tintuv , yong’in , qo’zg’olon

C) dehqonchilik , tandirsozlik , sartaroshlik

D) yog’ingarchilik , loygarchilik , namgarchilik

40. Qaysi javobda mavhum ot berilgan ?

A) qahatchilik B) dehqonchilik

C) suvoqchilik D) ezgulik

41. Qaysi javobda sodda tub otlarning xususiyatlari to’g’ri ko’rsatilgan ?

1) birgina yetakchi morfemadan iborat bo’ladi

2) birgina asosdan iborat bo’ladi

3) tarkibida ot yasovchi qo’shimcha(lar) bo’lmaydi

4) tarkibida shakl yasovchi qo’shimchalar bo’lmaydi

5) asosi hamisha ot turkumiga mansub bo’ladi

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3 D) 2,3,5

42. Qaysi javobda sodda yasama otlar berilgan ?

A) chopiq , qarsak , tezlik B) qalamcha , qo’zichoq , bolakay

C) qizaloq , kelinchak , bo’taloq D) guldek , xalqniki , teraklar

43. Qaysi javobda asoslari ot va otdan iborat bo’lgan qo’shma otlar berilgan ?

A) xomtok , oqqush

B) oshko’k , gulbeor

C) shakarqamish , temiryo’l

D) shirinkulcha , boychechak

44. Qaysi javobda ikkinchi asosi turdosh otdan iborat bo’lgan qo’shma atoqli otlar berilgan ? A) Janubiy Koreya , Quyi Chiqchiq B) qorbo’ron , uchburchak

C) Beshariq , Yangibozor D) oltingugurt , temiryo’l

45. Juft otlarning qismlari ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlardan tashkil topadi ?

1) o’zaro ma’nodosh so’zlardan 2) o’zari zid ma’noli so’zlardan

3) ma’nosi yaqin so’zlardan

4) butun-bo’lak munosabatli so’zlardan

A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4

46. Qaysi javobda qismlari yasama so’zdan iborat bo’lgan juft ot berilgan ?

A) tish-tirnoq B) yig’im-terim C) ko’rpa-toshak D) o’yin-kulgi

47. Qaysi gapda ham morfologik , ham sintaktik usulda yasalgan ot uchraydi ?

A) Ariq bo’yida jaydari atirgullar , pastroqda esa namozshomgul , gultojixo’roz , sadarayhonlar ko’zga tashlanadi .

B) Farg’onada bizning Oltiariqdan tashqari Uchariq , Beshariq , Qo’shariq , Oqariq , Soyariq , Jinariq , Belariq singari joylar ko’p

C) Laylakqor urib turgan bir kun edi , birdan bozorboshida dod-faryod ko’tarilib qoldi

D) Qizlar tillaqosh , bargak , zebigardon , qo’ltiqtumor , marjon , uzuk , bilaguzuk kabi taqinchoq taqib , shoyi ko’ylak , nimcha , kamzul kabi kiyimlarni kiyib yasanar edilar

48. Qaysi javobda juft ot qo’llanmagan ?

A) bordi-keldi B) ur-yiqit C) qo’ydi-chiqdi D) ketdi-qoldi

49. Qaysi gapda jamlik ma’nosini ifodalovchi ot qo’llangan ?

A) Mirzacho’llar obod bo’ldi B) Bolalarning shovqinidan boshlarim og’rib ketdi

C) Ko’chaga qum to’kilgan D) Do’kondor suvlarni ko’rsatdi

50. Asalarichilik so’zi haqidagi to’g’ri xulosalarni belgilang .

1) yasama ot

2) sintaktik usul bilan yasalish kuzatiladi 3) morfologik usul bilan yasalish kuzatiladi

4) qo’shma ot

5) ikki yetakchi morfemaga ega

6) ikki komakchi morfemaga ega

7) sodda yasama ot

A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,4,5 D) 1,3,6,7

51. Qaysi javobda sodda yasama otlar berilmagan? A) o’roq, bo’yoq, suvoq B) soliq, tortiq, chopir C) sezgi, sevgi, kulgi D) bilak, ertak, terak

52. Moslashuvli so’z birikmasini toping. A) kitob o’qimoq B) maktab bormoq C) tol beshik D) o’rik sharbat

53. Qanday otlar birlik shaklida kelsa ham , aslida jamlikni bildiradi ?

A) donalab sanalmaydigan otlar

B) atoqli otlar C) mavhum otlar

D) organizmning yakka va juft a’zolari

54. Hurmatlash , sizlash ma’nosi qanday qo’shimchalar orqali ifodalanishi mumkin ?

1) egalik 2) ko’plik 3) kelishik

A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3

55. So’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda qanday fonetik hodisalar sodir bo’lishi mumkin ? 1) tovush tushishi 2) tovush ortishi 3) tovush almashishi A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3

56. Qaysi gapda tushum kelishigining qisqargan shakli qo’llangan ?

A) Qiz titradi ishq bahorin yelidan

B) Har oila o’chog’in o’z qutlug’ tarixi bor ,

Har boshpana kishilar mehnatin obidasi

C) Daryo suvin bahor toshirar , odam qadrin mehnat oshirar

D) Yer haydasang kuz hayda , kuz haydamasang yuz hayda

57. Qaysi hukm to’g’ri ?

1) jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishigi qo’shimchasini olgan shaxs va narsa otlari vositali to’ldiruvchi vazifasida qo’llanadi

2) jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishigi qo’shimchasini olgan payt otlari payt holi vazifasida qo’llanadi

3) jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishigi qo’shimchasini olgan o’rin otlari o’rin holi vazifasida qo’llanadi

4) jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishigi qo’shimchasini olgan otlar vositali to’ldiruvchi , o’rin holi va payt holi vazifasida qo’llanadi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,4

58. “Ko’nglim bilan ishi yo’q qancha xudobexabar ,

Ko’magim kerak bo’lsa , qayda bo’lsam topdilar .

Yumushlari bitgach so’ng , tik boqib , yo alhazar ,

Haqqimga qo’l uzatsam , qo’llarimni chopdilar “ .

Mazkur satrlarda egalik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida qanday tovush o’zgarishlari sodir bo’lgan ?

1) tovush tushishi 2) tovush ortishi 3) tovush almashishi

A)1,2,3 B)1,2 C)2,3 D)1,3

59. Qaysi xalqning so’zlarni turkumlarga ajratish borasidagi ilg’or nazariy g’oyalari g’arb tilshunosligida keng tarqalgan ?

A) hind B) arab C) yunon D) rus

60. Ikki tobut chiqdi bitta ko’chadan ,

Qazoga xos edi g’amgin manzara .

Kimlardir qarasa puchmoq g’o’shadan ,

Kimningdir qalbida silqidi yara . (A.Oripov) Ushbu to’rtlikning necha o’rnida ot turkumiga oid so’z qo’llangan ?

A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta




Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish