Bola aziz, odobi undan aziz. (Maqol)
O'quvchilar aytilishi bir xil bo'lgan Aziz va aziz. so'zlarini aniqlaydilar. Birinchi gapdagi Aziz so'zi (kishi) bolaning ismi, shuning uchun bosh harf bilan boshlab yozilganini aytadilar.
V.Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa. 172- mashq.
MRO`TIBO` ________________
Sana:
Mavzu: Nutq o`stirish mashqi.
Maqsad:
Ta`limiy: Rasmlar va reja yordamida og'zaki hikoya tuzish; matnni berilgan rejaga mos qismlarga bo'lish va har bir bo'limni xat boshidan yozish ko'nikmasini o'stirish; Tarbiyaviy:qiyin ahvolda qolgan qushlar, jonivorlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:To`g`ri yozish qoidalarini rivojlantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II.Nazorat ishi bayoni
Rasmlar va reja yordamida og'zaki hikoya (matn) tuzish. 173-mashq.
Rasmlarni tartibi bilan ko'ring. Siz nima haqida hikoya tuzasiz? (Qor ustida holsiz yotgan qushcha haqida. Qushchaga yordam berish haqida.)
Birinchi rasmni e'tibor bilan yana ko'ring va rejaning birinchi moddasini o'qing. Hikoyaning birinchi qismini (matnning boshlanishini) tuzing. Qizcha va bolaga ism qo'ying.
Ikkinchi rasmni ko'ring va rejaning ikkinchi moddasini o'qing. Ikkinchi rasmni ko'rib gapirib bering. Bu hikoyaning asosiy qismi (matnning asosiy qismi) bo'ladi.
Rejaning uchinchi moddasini o'qing va uchinchi rasmni ko'ring. Hikoyaning uchinchi qismini (matnning xulosa qismini) tuzing.
O'qituvchi o'quvchilar e'tiborini hikoya qismlarining o'zaro bog'lanishiga qaratadi: ikkinchi qism qaysi gap bilan tugadi? Uchinchi bo'limni qaysi gap bilan boshlash ma'qul? Uchinchi qismni qaysi gap bilan tugatsak yaxshi bo'ladi?
Matnni yozish-
Birinchi usul. O'quvchilar mashqni o'qiydilar. Sarlavha qo'yadilar. («Qushlar— bizning do'stimiz», «G'amxo'r bolalar», «Qushchani uchirib yuborishdi» kabi).
Matnni rejaga mos bo'lgan uch qismga bo'ladilar va xatboshiga rioya qilgan holda ko'chiradilar. Darslikka qarab tekshiradilar.
Ikkinchi usul. O'quvchilar rejaga mos bo'lgan uch qismli o'z matnlarini tuzadilar. Matnga sarlavha qo'yadilar va xatboshiga rioya qilib yozadilar.
III. Mustahkamlash.
O`quvchilar yaxshilik va yomonlik haqida maqollar aytib izohlab berishadi. O`quvchilar yozganlarini tekshirib chiqishadi.
IV.O`quvchilarni baholash.
Matn mening rahbarligimdaa tekshiriladi.
V. Vyga vazifa. 174- mashq.
MRO`TIBO` ________________
Sana: Mavzu. Hayvonlarga qo'yilgan nomlarda bosh harf.
Maqsad. Ta`limiy: Hayvon nomini unga qo'yilgan nomdan farqlash ko'nikmasini o'stirish; hayvonlarga qo'yilgan nomni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda hayvonlarga bo`lgan rahmdillikni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilar bilim ,ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II Uy vazifasini lekshirish.
III.Darsning mavzusini aytish.
Do'stlaringiz bilan baham: |