Kim?, kimlar?, nima?, nimalar? So`roqlariga javob bo'lgan



Download 1,48 Mb.
bet9/22
Sana31.08.2021
Hajmi1,48 Mb.
#160509
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
2-sinf Ona tili kons3

Ravon yo'l

Namangan Andijonga yaqin joylashgan. Namangandan Andijonga boradigan avtobus Do'stlik ko'chasi bo'ylab qatnaydi.

Avtobus Norin daryosi va Qoradaryo ko'priklaridan o'tadi. Daryo ko'priklari keng va mustahkam. U temir betondan ishlangan.

Avtobuslar ravon yo'ldan tez yuradi.
III.Mustahkamlash O`quvchilar bilan mavzu yuzasidan qisqa savol –javob o`tkaziladi

V.Uyga vazifa: O'zingiz yoki qo'shningiz boqayotgan kuchuk yoki mushukka qo'yilgan nomni qatnashtirib bitta gap tuzing va yozing.

MRO`TIBO` _____________

Sana:


Mavzu. Diktant tahlili , xatolar ustida ishlash.

Maqsad.

Ta`limiy:Xatolar ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish; kishilarning ismi, familiyasi, shahar, qishloq, ko'cha, daryoga, hayvonlarga qo'yilgan nomlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda uy hayvonlariga g`amxo`rlik qilishni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni eshitib yozish vachiroyli xatosiz yozish bilim, ko`nikmalarini rivojlantirish

Dars jarayoni



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

30

5

3

4

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash

II. Yangi mavzu bayoni Diktantning umumiy natijatarini eshittirish.

Xatolar ustida ishlash.

Oqituvchi so'zlarni to'g'ri yozishga oid qoidalami eslatadi, o'quv­chilar shu qoidaga oid yo'l qo'ygan xatolarini topadilar. Shu qoidani eslab aytadilar yoki qoidani darslikdan o'qiydilar, misollar yozadilar. (Mashqlar birgalikda bajariladi.)

1. Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlash.


  1. Gapning oxiriga nuqta qo'yish.

  2. Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf.

  3. Hayvonlarga qo'yilgan nomni bosh harf bilan yozish.

  4. Shahar, qishloq, ko'cha, daryoga qo'yilgan nomlarni to'g'ri yozish.

IV. Mustahkamlash. Gap tuzish.

Quyidagi so'zlardan ikkita gap tuzing va yozing: yaqinlashdi, bahor, yoqimli. chiqaryapli, kurtak, daraxtlar.

Yozilgan gaplarning davomi bo'ladigan bir-ikki gap tuzing.


(Mazmunga mos gapni izohlab yozdiriladi.) Test savollari bilan ishlash.

V. Darsni yakunlash. O`quvchilarni baholash.

Xatolar ustida ishlash darsi nima uchun kerak? Xato ustida qanday


ishlash lozim? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar, o'qituvchi
xulosalaydi.)

VI.Uyga vazifa: Gaplar tuzish.


MRO`TIBO` _____________

Sana


Mavzu; Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so'zlar haqida tushuncha.

Maqsad:

Ta`limiy: Narsa va shaxs belgisini bildirgan so'zlarning tilimizdagi ahamiyati haqidagi o'quvchilar tasavvurini chuqurlashtirish;

Tarbiyaviy: O`quvchilarda vatanni sevish tuyg`usini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi; so'zlarga savol berish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

Davomiyligi

3

5

20

3

4

7

3


I. Tashkiliy qism

II. Uyga vazifani tekshirish baholash

III.Yangi mavzu bayoni

— Biz bu darsda yangi mavzuni o'rgana boshlaymiz. Mavzuning nomini darslikdan o'qing.

Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so 'zlar qanday ?, qanaqa ? so'roqlariga javob bo'lishi bilan tanishtirish.

O'quvchilar 215- mashqni bajaradilar. Bunda o'qituvchi bolalar rasmda nimalarni ko'rayotgani, shu narsalarning qanday belgilari borligini suhbat orqali aniqlashga e'tiborni jalb etadi.

— Rasmda nima (qanday shahar) tasvirlangan? (Katta, chiroyli shahar.) Shaharda nimalarni ko'ryapsiz? (Binolarni, daraxtlarni, ko'chani...) Qanday bino? (Baland, ko'rkam bino.) Qanaqa daraxt? (baland, yam-yashil, chiroyli, sershox daraxt.) Qanday ko'cha? (Katta,ozoda ko'cha.) Siz shaharni, binoni, daraxtni, ko'chani tasvirlash uchun
qaysi so'zlardan foydalandingiz? Shu so'zlarga so'roq bering. (O'quvchilar foydalangan so'zlarini aytib, ularga qanday? yoki qanaqa? so'roqlarini beradilar. Ular qiynalgan o'rinda o'qituvchi so'roqlar bilan yordam beradi.)

Qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar


shu narsalarning belgisini bildiradi.

O'quvchilar mashqda berilgan namunaga qarab, savollarga bergan javoblarini yozadilar. Darslikdagi qoidani o'qiydilar.

IV.Mustahkamlash 216- mashq. Topishmoqlarning javobini toping. Usti yo'l-yo'l sariq, ko'k, Shirinligi til yorar, Beqasamga o'xshaydi. Hidi o'tkir, bo'yi past.

Daftaringizga yozing. (Qanday?) yo'I-yo'l, sariq, ko'k, o'tkir, past handalak. Rangi (qanaqa?) yo 'l-yo 'l, sariq, kо 'k; hidi (qanday?) o'tkir; bo'yi (qanday?) past handalak.

—Olamda narsalar juda ko'p. Hamma narsalarning o'z belgilari
mavjud. Narsalar belgilari bilan bir-biridan farqlanadi.

217- mashqni bajarish.



V. Darsni yakunlash.Nutqda narsalarning belgilarini bildirgan so'zlar nima uchun
kerak? Darsda nimalarni bilib oldingiz? (O'quvchilar javobi umumlashtiriladi.)

VI. Uyga vazifa. 218- mashq. Qoidalarni bilish.

MRO`TIBO`____________
Sana

Mavzu. Qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. Bunday so'zlarning nutqimizdagi ahamiyati.

Maqsad. Ta`limiy: Narsalarning belgisini bildirgan so'zlarni aniqlash va nutqda
ulardan ongli foydalanish ko'nikmasini o'stirish;

Tarbiyaviy: O`quvchilarda hayvonlarga mehr shavqat tuyg`usini tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: narsa va shaxslarni turli tomondan tasvirlash ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

Davomiyligi

3

5

20

3

4

7

3

I. Tashkiliy qism
II.Uy vazifasini tekshirish.

III.Yangi mavzu bayoni;Darsning maqsadini tushuntirish. Lug'at bilan ishlash.

Tushirib qoldirilgan harflarni qo'yib, shu so'zlarning ma'nosiga


mos belgi bildirgan so'zlarni tanlab, birga yozing:... o'qu...chi,... sh...mol,
... zavo... .

Qo'yish uchun so'zlar: aqlli, katta, mayin.



Narsalarning belgisini bildirgan so'zlarni kuzatish. 1. Belgi bildirgan so'zlardan qatnashtirib gaplar tuzish.

219- mashq.

Qanday?, nima?, nima qiladi? savollari yordamida gap tuzish. 220- mashq. Narsalar belgisini bildirgan so'zlarning nutqimizdagi ahamiyatini kuzatish.

IV. Mustahkamlash: Rozmarin olmani tasvirlash uchun ishlatilgan, uning belgisini bildirgan so'zlarni aniqlash.



O'qituvchi matnni o'qib beradi. Qanday?, qanaqa so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar birgalikda aniqlanadi.
Po'sti muloyim, yupqa, och sariq rangda, ustida oq nuqtalari bor. Eti oq, yumshoq, juda mayin. Mazasi xushta'm, qimizak.

Po'sti qanday? (Muloyim, yupqa, och sariq.) Nuqtalari qanaqa? (Mayda, oq.) Mazasi qanday? (Xushta'm, qimizak.)

Matndagi qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni
o`qituvchi tushirib qoldirib o'qiydi va nimani tushundingiz? deb so'raydi.
oquvchilar tushunganlaricha aytadilar.)

O'qituvchi narsalar belgisini bildirgan so'zlarning fikrni aniq ifodalashda, nutqni chiroyli, tushunarli tuzishda ahamiyati katta ekanini mashq misolida tushuntiradi.

V.Darsni yakunlash, o`quvchilarni baholash

Mashqlarni bajarish bilan nimalarni bilib oldingiz? Belgini bildiradigan so'zlarni nima uchun bilish kerak ekan?



VI.Uyga vazifa. 221- mashq.

MRO`TIBO`____________


Sana Mavzu: O`tilgan mavzu yuzasidan mashqlar.

Maqsad:

Ta`limiy: Matn ustida ishlash. O'quvchilarga Zulfiyaxonim qizlari mukofoti haqida qisqacha ma'lumot berish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda ijodga qiziqishni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:Narsalar belgisini bildirgan so'zlarni so'roq berib aniqlash ko'nikmasini o'stirish

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

Davomiyligi

3

5

20

3

4

7

3

I. Tashkiliy qism
II.Uy vazifasini tekshirish. Uyga vazifa o`qitiladi, o`quvchilar bilan savol javob o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni: Zulfiyaxonim haqida qisqacha ma 'lumot berish.
Matn ustida ishlash. 222- mashq.

Zulfiyaxonim qizlari

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili 14 nafar qizga beriladi.Ular adabiyot,madaniyat,san`at,fan,ta`lim sohalarida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizardir.Bu qizlar a`lo xulqi,o`qishi,zukkoigi,donoligi bilan ajralib turadilar.kelajakda ana shunday qizlar qatoriga siz ham qo`shilishingiz mumkin.

Ikkita gapni ko`chiring.Ajratib ko`rsatilgan so`zlarga so`roq bering.



Matnni ifodali o'qish va sharti yuzasidan bajaradilar.

  • IV.Mustahkamlash.

V. O`quvchilarni baholash

  • VI. Uyga vazifa. 223-mashq

Matn mazmunini tushuntirishga tayyorlanish

MRO`TIBO`____________

Sana. Mavzu. Qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. Qarama-qarshi ma'noli so'zlarni kuzatish.

Maqsad:

Ta`limiy: Matndagi narsalarning belgisini bildirgan so'zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli foydalanish ko'nikmasini o'stirish. Qarama-qarshi ma'noli so'zlar bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda hayvonlarga mehr -muhabbat tuyg`usini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilar bilim ko`nikmalarini rivojlantirish.

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

Davomiyligi

3

5

20

3

4

7

3

I.Tashkiliy qism.

O`quvchilar darsga tayyorgarligi tekshiriladi, dars boshlanadi


II.Uy vazifasini tekshirish. Uyga vazifa o`qitiladi, o`quvchilar bilan savol javob o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni. Hayvonot bog'iga katta, aqlli va zo'r hayvonlar keltirdilar. Uning dumi kalta, quloqlari katta. U og'ir ishlarni xartumi bilan bajaradi.

— Hayvonot bog'iga qaysi hayvon keltirilganini toping. (O'qituvchi fil rasmini ko'rsatadi.) Uning fil ekanini aniqlashda sizga qaysi so'zlar yordam berdi?

O'quvchilar matnni yozadilar, tekshiradilar.



Nutqda hayvonlarning belgisini bildirgan so'zlarning ishlatilishini kuzatish.

O'qituvchi olmaxon, quyon, tulki, jirafa kabi hayvonlarning asosiy belgilarini aytadi, o'quvchilar ularning nomlarini topadilar.

1. Kichkina, chaqqon, dumi uzun, juni yumshoq hayvon. U o'rmonlarda yashaydi. 2. Juni yumshoq, kulrang, oq, qulog'i uzun, dumi kalta, o'zi chaqqon, ammo qo'rqoq hayvon. U xonadonlarda ham boqiladi.

  1. Juni yumshoq, kulrang. Dumi uzun, o'zi ayyor yirtqich hayvon.

  2. Bo'yni juda uzun, katta hayvon. U baland shoxlardagi barglarni ham yeyaveradi.

Mazmunga mos so'zlarni qo'yib, hayvonlarni tasvirlab yozish. 224- mashq.

225- mashqni bajarish.

IV. Mustahkamlash. Qarama-qarshi ma 'noli so'zlar ustida kuzatish. 226- mashq.

Bu mashqni bolalar ongli bajarishlariga erishish uchun avval ular qarama-qarshi ma'noli so'zlar bilan amaliy tanishtiriladi. Shu maqsadda ikki narsa bir xil belgisiga ko'ra taqqoslanadi.

Masalan, shakliga (katta-kichikligiga) ko'ra fil bilan quyonni (fil katta, quyon kichkina), rangiga ko'ra ko'mir va qandni (ko'mir qora, qand oq), mazasiga ko'ra asal va garmdori (asal shirin, garmdori achchiq) qiyoslanadi.

O'quvchilarga, albatta, narsalar bitta birxil belgilariga ko'ra taqqoslanishi uqtiriladi.



V.. Darsni yakunlash o`quvchilarni baholash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz? Nima uchun narsalaming belgisini bildirgan so'zlarni, qarama-qarshi ma'noli so'zlarni bilish muhim.

  1. Uyga vazifa. 227- mashq. MRO`TIBO`____________

Sana:

Mavzu. Rasmlar va berilgan reja yordamida hikoya tuzish.



Maqsad.

Ta`limiy: Rasmlar va berilgan reja yordamida hikoya tuzish, matnni berilgan rejaga mos bo'lgan qismlarga bo'lishni o`rgatish.

Tarbiyaviy:O`quvchilarni chiroyli yozishga o`rgatish.

Rivojlantirish: xatboshiga rioya qilgan holda ko'chirish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

Davomiyligi

3

5

20

3

4

7

3

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II.Uy ishini takshirish.

III.Yangi mavzu bayoni: Rasmlar va reja yordamida hikoya tuzish. 228- mashq.

— Rasmlarni ko'ring. «Nimalar haqida hikoya tuzasiz?» savoliga
javob berish.

O'qituvchi yo'llanmasiga rioya qilib:



1- rasmni yana e'tibor bilan ko'radilar va rejaning birinchi moddasini o'qiydilar. Hikoyaning birinchi qismini (hikoyaning boshlanishini) tuzadilar.

2- rasmni e'tibor bilan ko'radilar va rejaning ikkinchi moddasini o'qiydilar. Ikkinchi rasmga qarab hikoya tuzadilar. (Matnning asosiy qismi.)

Rejaning uchinchi moddasini o'qiydilar va uchinchi rasmga qarab hikoya tuzadilar. (Matnning xulosa qismi.) O'qituvclii o'quvchilar diqqatini hikoya qismlarining bog'lanishiga (ikkinchi qism qanday gap bilan tugagani va uchinchi qismni qaysi gap bilan boshlanganiga) va hikoyani qanday gap bilan tugatish ma'qul bo'iishiga qaratadi.

IV.Mustahkamlash. Matnni yozish.

Reja:


1.Bahor keldi.

2.Bolalar yasagan inlarini daraxtga o`rnatdilar.

3.Ular qanotli do`stlarini ko`rib sevindilar.

Birinchi usul. O'quvchilar matnni o'qiydilar, sarlavha qo'yadilar va rejaga mos bo'lgan uch qismga bo'ladilar. Sarlavhani qo'yib, matnning har bir bo'limini xatboshidan boshlab ko'chiradilar. Darslikdagi matnga qarab tekshiradilar.



Ikkinchi usul. O'quvchilar o'qituvchi yo'llanmasi yordamida berilgan rejaga mos bo'lgan matnni o'zlari tuzadilar va yozadilar. Matnni o'qituvchi rahbarligida tekshiradilar.

V. Darsni yakunlash va baholash.

-Bugun darsda nimalarni bilib oldik? so'rog'iga javob berish.

VI.Uyga vazifa. 229- mashq.

MRO`TIBO`____________


Sana

Mavzu. Belgi bildirgan so'zlarni takrorlash.

Maqsad:

Ta`limiy: Matndan narsalar belgisini va qarama-qarshi ma'noni bildirgan so'zlarni aniqlash, ulardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o'stirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarga tabiatni sevishni o`rgatish.

Rivojlantiruvchi: Qarama-qarshi ma'noni bildirgan so'zlarni aniqlash, ulardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o'stirish.



Dars jihozi:Mavzuga mos ko`rgazmali va tarqatma materiallar.

Dars uslubi:Amaliy,savol-javob,aqliy hujum,klaster uchun plakat

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

5

20

10

4

3

ITashkiliy qism

Uy vazifasini tekshirish. Daftarlarni almashtirish.

II. Yangi mavzu bayoni. Matn ustida ishlash.

Matnga berilgan so'roqlarga javob berish va belgi bildirgan so'zlarni aniqlash, ularning nutqdagi ahamiyatini tushuntirish.

Berilgan narsalar nomi, uning belgisi va harakatini bildirgan so'zlar bilan hikoya tuzish. Hikoyaga sarlavha qo'yib yozish.

230-mashq.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish