Soylar to`li… oqadi.
Bog`lar kuli… boqadi.
Bizga juda yoqadi
Chamanzor har yoq.
199- mashq. So`zla, tik, ko`r, chal, uxla so`zlarini nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? So`roqlariga moslab o`zgartiring.
Nima qildi? Tikdi,…
Nima qilyapti? Tikyapti,…
Nima qiladi? Tikadi,…
Shu so`zlardan bittasi ishtirokida gap tuzing.
O'quvchilar harakat bildirgan so'zni qatnashtirib tuzgan va daftarlariga yozgan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'zning tagiga bitta, u haqida nima deyilganini bildirgan so'zning tagiga ikkita to'g'ri chiziq chizadilar.
IV. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni o'rgandingiz? Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zni boshqa so'zlardan farqlashni nima uchun bilish kerak? (Bunday so'zlarni gapda to'g'ri qo'llash va o'z fikrimizni aniq ifodalash uchun kerak.)
V. O`quvchilarni baholash
VI. Uyga vazifa. 200- mashq. Nuqtalar o`rniga mazmunga mos so`zlarni tanlang.
MRO`TIBO`___________
Sana:
Mavzu. Darslikdan diktant yozish.
Maqsad:
Ta`limiy:Kishilar ismi, familiyasida bosh harfning ishlatilishi haqidagi ko'nikmani tekshirish.
Tarbiyaviy: To`g`ri va chiroyli yozishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni eshitib yozish va chiroyli xatosiz yozish bilim, ko`nikmalarini rivojlantirish
Dars jarayoni
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
3
|
30
|
5
|
3
|
4
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II.Nazorat ishi bayoni. Daftarlar tarqatiladi, sana va mavzu doskaga yoziladi, diktant matni o`qib eshittiriladi, nuqtadan keyin, odamlarning ismlari, shahar qishlaq nomlari katta harf bilan yozilishi eslatib o`tiladi.
Sarishta qiz
Dilshoda tozalikni juda yoqtiradi.U har kuni uy va hovlilarni supuradi. Narsalarni o`z joyiga qo`yadi. Oshxonada oyisiga yordamlashadi. Idish tovoqlarni toza yuvadi. Darslarini ham o`z vaqtida tayyorlaydi.
III.Mustahkamlash: O`quvchilar diktantni yozib bo`lishgach tekshirib olishlari uchun vaqt beriladi, ular o`qib chiqishadi. O`quvchilar bilan mavzu yuzasidan qisqa savol –javob o`tkaziladi
VI.Baholash.O`quvchilarning daftarlari baholash uchun yeg`ishtirib olinadi.
V.Uyga vazifa: Uyda bajaradigan ishlaringiz haqida yozib keling.
MRO`TIBO` _____________
Sana:
Mavzu. Diktant tahlili.
Maqsad.
Ta`limiy:Xatolar ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish; kishilarning ismi, familiyasi, shahar, qishloq, ko'cha, daryoga, hayvonlarga qo'yilgan nomlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda sarishtalilikni,ozodalilikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni eshitib yozish vachiroyli xatosiz yozish bilim, ko`nikmalarini rivojlantirish
Dars jarayoni
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
3
|
10
|
25
|
3
|
4
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II. Diktantning umumiy natijatarini eshittirish.
Xatolar ustida ishlash.
Oqituvchi so'zlarni to'g'ri yozishga oid qoidalami eslatadi, o'quvchilar shu qoidaga oid yo'l qo'ygan xatolarini topadilar. Shu qoidani eslab aytadilar yoki qoidani darslikdan o'qiydilar, misollar yozadilar. (Mashqlar birgalikda bajariladi.)
1. Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlash.
Gapning oxiriga nuqta qo'yish.
Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf.
Hayvonlarga qo'yilgan nomni bosh harf bilan yozish.
Shahar, qishloq, ko'cha, daryoga qo'yilgan nomlarni to'g'ri yozish.
III. Mustahkamlash. Gap tuzish.
Quyidagi so'zlardan ikkita gap tuzing va yozing: hovli, supuradi, oshxona idish-tovoq, tayyorlaydi
— Yozilgan gaplarning davomi bo'ladigan bir-ikki gap tuzing.
(Mazmunga mos gapni izohlab yozdiriladi.) Test savollari bilan ishlash.
IV. Darsni yakunlash. O`quvchilarni baholash.
— Xatolar ustida ishlash darsi nima uchun kerak?
Xato ustida qanday ishlash lozim?
(O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar, men xulosalaymnan.)
V.Uyga vazifa: Gaplar tuzish.
MRO`TIBO`____________
Sana:
Mavzu. O`tilgan mavzu yuzasidan mashqlar.
Maqsad.
Ta`limiy: O`tilgan mavzularni mustahkamlash,
Tarbiyaviy:O`quvchilarda onalariga nisbatan mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilar nutqini o'stirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
3
|
10
|
25
|
3
|
4
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II.Uy ishini tekshirish. Parta oralab ko`rib chiqiladi,daftarlari almashtiriladi.
III.Mavzu bayoni: 202-mashqda berilgan topishmoq o`qiladi va javobi topiladi.
Qizimning “qizalog`i”
Goh-goh yig`lar ,yemaydi
Biz tamaddi qilganda
Menga bering demaydi.
O`quvchilar topishmoqni yozadilar Harakatni bildirgan so`zlarning tagiga chizadilar.
IV.Mustahkamlash.203-mashq sharti yuzasidan bajariladi.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bolaligidan otni ardoqladi. U ot bilan sirlashib ulg’aydi. Bu haqida o’zining “Boburnoma” asarida yozgan. Bobur o’n yoshida yurib ketayotgan ot ustida raqs tusha olgan.
Ko`chirib,harakatni bildirgan so`zlarni tagiga chizadilar.
204-mahsqda berigan fikrni davom ettiradilar.
Kishilarning qanday odamligi uning hayvonlarga bo`lgan munosabatidan bilinadi…
V. Darsni yakunlash va o`quvchiarni baholash.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz.
VI. Uyga vazifa. 205- mashq,
MRO`TIBO`__________
Sana:
Mavzu. Nutq o`stirish mahqi.
Maqsad.
Ta`limiy: Rasmlar va berilgan reja yordamida hikoya tuzish, matnni berilgan rejaga mos bo'lgan qismlarga bo'lishni o`rgatish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni chiroyli yozishga o`rgatish.
Rivojlantirish: xatboshiga rioya qilgan holda ko'chirish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
Davomiyligi
|
3
|
5
|
20
|
3
|
4
|
7
|
3
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II.Uy ishini takshirish.
III.Yangi mavzu bayoni: Rasm va reja yordamida hikoya tuzish. 206- mashq.
— Rasmlarni ko'ring. «Nimalar haqida hikoya tuzasiz?» savoliga
javob berish.
O'qituvchi yo'llanmasiga rioya qilib:
Rasmni yana e'tibor bilan ko'radilar va rejaning birinchi moddasini o'qiydilar. Hikoyaning birinchi qismini (hikoyaning boshlanishini) tuzadilar.
Rejaning ikkinchi moddasini o'qiydilar. (Matnning asosiy qismini tuzadilar.)
Rejaning uchinchi moddasini o'qiydilar hikoya tuzadilar. (Matnning xulosa qismi.) O'qituvclii o'quvchilar diqqatini hikoya qismlarining bog'lanishiga (ikkinchi qism qanday gap bilan tugagani va uchinchi qismni qaysi gap bilan boshlanganiga) va hikoyani qanday gap bilan tugatish ma'qul bo'iishiga qaratadi.
IV.Mustahkamlash. Matnni yozish.
Reja:
1.Shohida idishlarni yuvayotgan edi.
2.Ukasi oshxonaga kirdi.
3.Hikoyani davom ettiring…
Birinchi usul. O'quvchilar matnni o'qiydilar, sarlavha qo'yadilar va rejaga mos bo'lgan uch qismga bo'ladilar. Sarlavhani qo'yib, matnning har bir bo'limini xatboshidan boshlab ko'chiradilar. Darslikdagi matnga qarab tekshiradilar.
Ikkinchi usul. O'quvchilar o'qituvchi yo'llanmasi yordamida berilgan rejaga mos bo'lgan matnni o'zlari tuzadilar va yozadilar. Matnni o'qituvchi rahbarligida tekshiradilar.
V. Darsni mustahkamlash.207-mashqni bajaradilar. Darsda faol ishtirok rtgan o`quvchilarni baholash.
-Bugun darsda nimalarni bilib oldik? so'rog'iga javob berish.
VI.Uyga vazifa. 208- mashq.
MRO`TIBO`____________
Sana:
Mavzu. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar.
Maqsad.
Ta`limiy:O'quvchiiarda so'zga berilgan so'roq bilan shu so'zning leksik ma'nosini (shaxs va narsalarning) o'zaro bog'lanishi haqidagi to'g'ri tasavvumi o'stirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni chiroyli yozishga o`rgatish.
Rivijlantiruvchi:Matndagi nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi ? kabi so'roqlarga javob bo'ladigan so'zlarni farqlash ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
Davomiyligi
|
3
|
5
|
20
|
3
|
4
|
7
|
3
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II.Uy ishini takshirish.
III. Savollar yordamida hikoya tuzish. 209- mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |