Shahar, qishloq, ko'cha, daiyo nomlarida bosh harfning ishlatilishi haqidagi qoida bilan tanishtirish.
— Mamlakatimiz nomi nima? (O' zbekiston.)
O'qituvchi xattaxtaga, o'quvchilar daftarlariga yozadilar. Bizning mamlakatimiz— mustaqil O'zbekiston.
Mamlakatimiz markaziy shaharining, poytaxtimizning nomi nima? Yoziladi.
Siz yashayotgan shahar (qishloq)ning nomi nima? Biz qaysi shahar (qishloq)da yashayotirmiz?
Biz Toshkent shahrida yashaymiz- (Biz Xumson qishlog'ida vashayotirmiz.) Bolalar o'zlari yashayotgan shahar yoki qishloq nomini qo'shib, gap tuzadilar va yozadilar.
Bizning maktabimiz qaysi ko'chada? Yozadilar. Masalan: Maktabimiz Ulug'bek ко'chasida joylashgan.
— Shahrimizda (qishlog'imizda, shahrimiz yaqinida...) qaysi daryo bor?
IV.Mustahkamlash.O'qituvchi mamlakat, shahar, qishloq, ko'cha, daryolardan biriga atab qo'yilgan nom bo'lgani uchun O'zbekiston, Toshkent, Xumson, Ulug'bek, (Chirchiq kabi so'zlar bosh harf bilan yozilishini tushuntiradi.
183- mashqni bajarish.
O'quvchilar darslikdagi qoidani o'qiydilar, o'zlari misol aytadilar.
V. Darsni yakunlash.O`quvchilarni baholash.
— Darsda qanday yangilikni bilib oldingiz?
—Mamlakatimizda qanday shaharlar bor?
VI. Uyga vazifa. 184- mashq.
MRO`TIBO` _____________
Sana:
Mavzu. Shahar, qishloq, ko'cha, daryoga qo'yilgan nomlardning imlosi
Maqsad.
Ta`limiy: Shahar, qishloq, ko'cha, daryoga, biror joyga qo'yilgan nomlarda bosh harming ishlatilishi haqidagi ko'nikmani o'stirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda vatanimizga mehr va muhabbatni oshirish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarda vatan muqaddas degan tushunchani rivojlantirish.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II. Uy vazifasini tekshirish.
Lug 'at diktant.
Lug'atdagi so'zlardan quyidagilarni aytib turib yozdirish: O'zbekiston, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Zarafshon daryosi.
III. Mavzuni mustahkamlash mashqlari.
Namunaga qarab o'quvchiga o'zi haqida yozdirish. 185- mashq.
Mening ismim---….. Men….shahrida, ……ko`chasida turaman. Onamning ismi---….. Otamning ismi---….
Kerakli so`zlar: Mahliyo, Yangiyo`l, Ahil, Munira, Botir.
IV.Darsni mustahkamlash. Alisher Navoiy haqida suhbat.
— Alisher Navoiy kim? Ular haqida nimalarni bilasiz? G'azal yoki hikmatli so'zlaridan namuna bilasizmi, aytrb bera olasizmi? (O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi.)
Matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Tanlab yozish.
186- mashq. Alisher Navoiyning yoshligi, qobiliyati, qiziqishlari haqidagi matn ustida ishlash.
O'quvchilar matnni o'qib, uning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga og'zaki javob beradilar. «Bilmaganni so'rab o'rgangan — olim» gapining mazmunini bilganlaricha aytadilar.
O'qituvchi javoblarni xulosalaydi; ularga bilmaganlarini so'rab bilib olish zarurligini, so'rab bilib olgan o'quvchi a'lochi bo'lishini uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |