Kredit obyekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo'sh turgan, berilishi mumkin bo' lgan pullar va tovarlardir.
Bo' sh pul uch xii bo' ladi:
tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo' lidagi pul, ya 'ni kapital;
aholi qo' lidagi pul ertami-kechmi ehtiyojni qondirish uchun to'plangan pul, egasi qo'lida kapital emas, balki iste'molni qondirish vositasi;
davlat ixtiyoridagi pul. Bu pul ham kapital (davlat korxonasi uchun), ham umumiy iste'mol pulidir.
Qayd qilingan bo'sh pullar ssuda fondini (qarz fondini) tashkil etadi.
Bo' sh pulllar quyidagi manbalardan kelib chiqadi:
amortizatsiya pulining muddati tugagunga qadar to'planib borishi. Amortizatsiya puli har yili ajratiladi va u bir necha yildan keyin ishlatilishi sababli ma'lum davr bo'sh turadi;
ishlab chiqarishni o' stirish uchun foydadan investitsiya puli muqim ajratib boriladi, lekin bu pulni ma'lum miqdorda yig'ilgandan so'ng investitsiya qilish mumkin;
xomashyo, yoqilg'i va materiallar uchun oldin sarflangan pul tovar sotilishi bilan egasiga qaytarib beriladi, lekin ulami yangidan sotib olish shu vaqtning o'zida yuz bermaydi. Ammo bu mablag'lar dastlab joriy schyotga kelib tushadi. Bu resurslar depozit qilib rasmiylashtirilgandan keyingina kredit resurslari sifattda hisobga olinadi;
foydadan ajratilgan ijtimoiy fondlar pulining kelib tushish vaqti bilan ishlatish vaqti ham to'g'ri kelmaydi, natijada pul bo'sh qoladi;
ish haqi pulining kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi. Ma'lumki, tovar sotilgach, pul tushib turaveradi, ish haqi har kuni emas, har 15 kundan so'ng beriladi. Natijada, ish haqi fondining puli ham bo' sh turishi mumkin;
fuqarolaming iste'molchi sifatida qarilikni ta'minlash, qimmatbaho tovar olish, sayohat qilish yoki katta marosim o'tkazish uchun jamlangan puli bo' ladi, u yetarli miqdorga borguncha, yoki ishlatish fursati kelguncha b·o sh turadi;
davlat budjetiga pul daromadlarining kelib tushishi va ularning sarflanishi ham bir vaqtda yuz bermaydi;
turli-tuman xayr-ehson va sug'urta pullarining hosil bo'lishi va ishlatilishi ham turli vaqtda yuz berganidan, uning bir qismi sartlanmay, bo'sh turib qoladi.
Xullas, jamiyatdagi pul resurslari harakatining notekis bo' lishi, bir qism pulning bo'sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Kredit to'rt xii vazifani bajaradi:
Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to·lov vositalari (masalan, veksel, chek, sertifikat va hokazolar)ni yuzaga chiqarib, ularni xo'jalik aylanmasigajalb qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |