KFS = KF / KM * 100;
Bu yerda, KFS kreditning foiz stavkasi, %; KF - qarz foizi, so'm;
KM - qarz miqdori, so'm.
Kreditlaming foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlaming foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlaming asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt, Parij va Bryussel shaharlarida joylashgan.
Kreditlaming foiz stavkasi turli omillar ta'sirida o'zgarib turadi. Bu omillaming asosiylari quyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya'ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog'i shu pulning iste'mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko'p foyda keltirsa yoki iste'molchi ehtiyojini to'laroq qondirsa, foiz yuqori bo'ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |