Firmaviy kredit bir mamlakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakatdagi firmaga berilgan kreditdir. Uning eng keng tarqalgan turi bu eksportchining importchiga tovarlami to' lov muddatini kechiktirish asosida sotishga asoslangan kreditdir.
AkQeptli kredit yirik banklar tomonidan trattalami akseptlash shaklida beriladigan kreditlar. Agar eksport qiluvchi import qiluvchining to'lovga qobilligiga shubha qilsa yoki to'lov yig'indisini tezda olishni xohlasa, ushbu kreditdan foydalaniladi.
Akseptli-rambursli kreditning ma'nosi shundaki, eksport qiluvchining vekseli uchinchi mamlakat banki tomonidan aku;eptlanadi va importchi vekselda ko'rsatilgan yig'indini akseptlangan bankiga o'tkazadi. Ma'lumki, xususiy banklar ham xalqaro tashkilotlar (Xalqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqalar) kabi xalqaro kreditlar beradilar. Ammo ularning kreditlarning
berish shartlari o' zaro jiddiy farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
xalqaro tashkilotlar, odatda, uzoq muddatli kreditlar beradi. Xususiy banklar esa, asosan qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug' ullanadi;
xalqaro tashkilotlar beradigan kreditlarning foiz stavkasi kichik. Odatda, yiliga 7-9%ni tashkil etadi. Xususiy banklarniki esa nisbatan yuqori, ko'pchilik hollarda I 8-20%dan iborat b·o ladi;
xalqaro tashkilotlar iqtisodiyotni barqarorlashtirish dasturlari asosida kredit beradi. Bunda aniq dasturlar ularning ekspertlari tomonidan k·o rib chiqiladi. Bundan tashqari xalqaro tashkilotlar kredit oluvchi mamlakatlardan ma'lum ko'rsatkichlarga budjet defitsitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan ma'lum nisbati, intlyatsiyaning oylik darajasi va hokazolarga rioya etilishini talab qiladi; xususiy banklar esa, bu tahlitdagi dasturlarga, ko'rsatkichlarga rioya qilishni talab etmaydi;
-xususiy banklar beradigan xalqaro kreditlar hajmida ta'minlangan kreditlarning salmog'i katta bo'ladi. Xalqaro tashkilotlarning kreditida esa aksincha, ularning salmog'i, odatda, kichik bo'ladi.
Kredit jamiyatdagi vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini pullarga ehtiyojmand subyektlar o'rtasida taqsimlaydi. Bu taqsimlash jarayoni qayta taqsimlash deyiladi, chunki bu mablag'lar moliya kategoriyasi yordamida birlamchi taqsimlash jarayonidan o'tgan mablag'lardir. Bizga ma'lumki, moliya kategoriyasi yordamida milliy daromad dastlabki taqsimlanganda to'rt yirik qismga bo'linib ketadi:
moddiy ishlab chiqarish sohasida band xodimlarning ish haqi;
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning foydasi;
banklar bergan kredit uchun foiz stavkasi;
yer egalarining er rentasi.
Bu pul mablag'lari banklarning kredit resurslari uchun manba hisoblanadi. Masalan, ish haqini olaylik, korxonalarda ish haqi, odatda, oyiga 2 marta to'lanadi. Ish haqiga mo'ljallangan mablag'lar ishlatilgunga qadar kredit berish maqsadlariga ishlatilishi mumkin. Yoki korxonalar foydasi hisobidan tashkil etiladigan fondlarni olaylik. Ular ham kredit resursi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |