Tasodifiy foyda yoki daromadlar xo'jalik faoliyatini yuritish davomida ko'zda tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e'tiborga olinmagan jarayonlar va voqealar tufayli vujudga keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat yuritish davomida ifodalangan hisobotlarda aks etgan boshqa daromadlar bo' limi moddasidagi daromadlar kiritilmaydi.
Xo'jalik faoliyatini yuritish davomida korxonalar o'z mablag'lari darajasini aniqlashi va nazorat qilishi muhim o'rin tutadi. Chunki mulkiy javobgarlik, tuzilgan kontraktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan o'zaro kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu mulkka bo'lgan egalik huquqlari bo'yicha kafolatlanadi.
Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat'iy nazar faqat korxonaning o'z mablag'lariga quyilishi mumkin. O'z mablag'larning miqdori buxgalteriya balansi ma'lumotlariga asosan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |