Ushbu ilmiy-ijodiy ishlar to„plami O„zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Xorazm viloyati bo„limi Kengashining 2021-yil 26-iyundagi 3-sonli yig‟ilishida
muhokama qilinib, nashrga tavsiya qilingan
This collection of scientific-literary works is discussed on the 3rd council of
Khorezm branch of Uzbekistan Writers Union.
It has been recomended to
publish on the 26th of June, 2021 y.
ISBN 978-9943-7364-1-1
© O‗tkir Hoshimov
―
Dunyoning ishlari
‖
© ―Xorazm nashr matbaa‖ , 2021.
3
BADIIY TARJIMA – CHINAKAM IJODDIR
Jahonda ilm-fan va madaniyat rivojlangan sari tarjimonlik ham avj olib
bormoqda. Chunki barcha tarjimonlar o‗zlarigacha yaratilgan, yozilgan va
bunyod etilgan yoki boshqalar tomonidan kashf etilgan, to‗plangan bilimlar
majmuasi, badiiy ijod namunalaridan bahra olmay, ular haqida ma‘lumotga ega
bo‗lmay yashay olmaydi. Ana shunday jarayonda tarjima bizga juda qo‗l keladi.
Tarjimani boshqa xalq yozuvchisi yoki shoiri yaratgan asardan aynan nusxa,
mexanik takror hodisa deb tushunish kerak emas. Tarjima - bu boshqa tildagi
badiiy go‗zallikni o‗zining xalqi uchun ijodiy o‗zlashtirish, yangi tilning
quvvatini hamda uning qudratini, boyligini ko‗rsatib beruvchi muhim omil
demakdir. Shu bilan birga, tarjima bir tilda yaratilgan badiiy tafakkurning yangi
to‗lqinlarini ikkinchi tilda yanada jozibaliroq jaranglashuvi uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunda badiiy tarjimaning roli nihoyatda ortib bormoqda. Tarjima
hamda tarjimonga bo‗lgan e‘tibor va ehtiyoj kun sayin yuksalayotganligini
ko‗rish mumkin, chunki chet ellar bilan hayotning turli jabhalarida olib
borilayotgan hamkorlik shuni taqozo qilayotganligini kuzatishimiz mumkin.
Chet tillari yaxshi o‗qitilgan vaziyatda va chet tilidagi badiiy asar xuddi o‗z ona
tilidagidek tushunarli bo‗lgan taqdirda ham, tarjimonlarga ehtiyoj aslo
kamaymaydi. Chunki badiiy asar mamlakat muhiti, milliy hayot formasi va
san‘ati bilan shu qadar chambarchas bog‗liq bo‗ladiki, bu o‗sha asarni o‗z ona
tilida o‗quvchi kishilar va tarjimonlargagina tushunarli bo‗lishi va to‗laligicha
borib yetishi mumkin.
Ayniqsa, matnni badiiy tarjima qilish tarjimaning yozma turlaridan eng
qiyinidir. Tarjimon har ikkala tilni mukammal bilish, nutq sovg‗asi, til tuyg‗usi
bilan bir qatorda badiiy qobiliyatga, yozuvchi yoki shoirning iste‘dodiga ega
bo‗lishi kerak.
To‗liq badiiy tarjima - bu asarni boshqa til madaniyati doirasida yangitdan
yaratish, asl mamlakat haqiqatlarini saqlab qolish, ammo ularni boshqa millat
vakiliga tushunarli qilib yetkazish vositasidir.
O‗zbek adabiyoti durdonalarini tarjima qilish, nafaqat o‗zbek nasri va
nazmidan butun dunyo o‗quvchilarini bahramand qiladi, uni jahon sahnasiga
chiqarib, butun dunyoga tanitadi, balki o‗zbek madaniyati va adabiyotining
naqadar boyligi, serqirraligini namoyon qilishda ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu to‗plamni nashrga tayyorlashning tag zaminida ham ushbu maqsad
yotibdi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Unda o‗zbek adabiyotining yetuk vakili
O‗tkir Hoshimovning ―Dunyoning ishlari‖ to‗plamidan o‗rin olgan
hikoyalarning ingliz tilidagi tarjimasi o‗rin olgan. Mazkur badiiy tarjima
Urganch davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta
o‗qituvchisi Saparbayeva Gulandam Masharipova rahbarligida Xorijiy
filologiya fakultetining bir guruh talabalari - Xudoyshukur Abdiyev, Og‗abek
Ruzmetov, Nigora Pirnafasova, Gulmira Bekchanova, Aziza Uskinova,
4
Shohista Sultonova, Hajibibi Ibragimova va Nodira Azatovalar tomonidan
amalga oshirilgan.
Yuqoridagilarga xulosa sifatida shuni aytish joizki, tarjimon bir millat ruhi
va qalbini ikkinchi millatga yetkazuvchi chopardir. Uning beminnat mehnati
o‗z qadrini topishi lozim. Har bir millat madaniyati va adabiyoti jahon
sahnasida aynan tarjima vositasida o‗z o‗rnini topadi. Badiiy tarjima faqat til
bilish bilangina chegaralanmasdan, millatning qalbini ochib beradigan xilqatni
ham yetkazib berishi lozim. Shu ma‘noda, ushbu badiiy tarjima Siz
o‗quvchilarga manzur bo‗ladi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |