Khorezm branch of uzbekistan writers union



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana02.12.2022
Hajmi0,98 Mb.
#876852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
1654848187 (1)

 



FOREWORD 
 
This story consists of large and small novellas. But each part includes the 
image of my lovely Mum who is the dearest person in my life. I have witnessed 
to all people that characterize in the story. Only, some characters‘ are renamed. 
Their fate in some sense is related to my mother‘s as well. All mothers in the 
world are similar with the attitude to their children. 
Therefore, this story is devoted to you, dear Mothers! 
By the source text author, Utkir Hoshimov 
Perhaps, you might have come across such kind of situations: you awoke 
suddenly at midnight. Then you lie down for a long timelooking and looking at 
ceiling. Firstly, the sound of clock seems step by step slowly stopping. The 
house is in silence, outside and the dark sky is silent too. Even the wind doesn‘t 
blow. It gets so silent even your ears seem howled. Deep feelings embrace you 
nailing your body to the ground, it freezes your soul entirely; you feel alone and 
become a feeble creature. 
You feel as if the whole world is on one side and you in another…At that 
time my mother come to my mind abruptly. She comes out of the inside corner 
of the dark room and she smiled sadly leaning over my head. It seems to me as 
if she rubs my hair with her coarsened hands… With heartache, I couldn‘t 
control myself. Suddenly my dull memories as nightmare wrap me and I get up 
as my heart beats in hurt.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



OQ, OYDIN KECHALAR 
Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‗z
 
oldimga keladi. Hovlimizda bir 
tup bodom bo‗lardi. Erta bahorda qiyg‗os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: 
―Bodom yolg‗iz bo‗lgani uchun meva qilmaydi‖, deb tushuntirardi. Shu bodom 
tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga ko‗loblatib suv separ, kunbo‗yi 
oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo‗shilib ajib bir tarovat taratar, 
atrof jimjit bo‗lib qolar edi. 
Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan to‗lgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy 
suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib ohista pichirlar edi: 
Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subhon Ollo sizga, 
Umr bersin bizga...
Shunday deb boshimni silardi. Oymoma esa bu sehrli qo‗shiqni yana bir 
eshitgisi kelgandek, muallaq to‗xtab qolar, yulduzlar o‗ychan ko‗zlarini tikib 
muloyim boqib turishar, onam ertak aytar edi. 
Toshlar orasiga kirib g‗oyib bo‗lgan baxtsiz qizcha yig‘lab-yig‘lab qo‗shiq 
aytardi: 
Ochil-ochil, oq toshlar-a, 
Men onamni ko„rayin-a, 
Diydoriga to„yayin-a.
- Men osmondan yulduzimni tanladim. Qarang, oyi, yetti og‗ayni orasidagi eng 
yorug‗ yulduz - meniki... 
- Mayli, o‗g‗lim. O‗sha yulduz seniki. Anavi to‗rtinchisi - meniki. 
- Nega, oyi, to‗rtinchisi eng kichkina yulduz-ku! 
- Shuning uchun ham meniki...To‗rtinchi yulduz - yetimcha yulduz. Ko‗rdingmi, 
yaxshi o‗smay qolgan. Yetimlarga rahm qilish kerak. 
Yulduzlar sirli ko‗z qisishar, tillaqoshdek ingichka oy sirli mo‗ralar, shabada 
sirli shivirlar, sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar, osmon ham, yer ham sirlarga 
to‗la edi. 
Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina yonib turgan 
yulduz to‗satdan lop etardi-yu, ingichka, nurli iz qoldirib g‗oyib bo‗lardi. Onam 
cho‗chib tushardi: 
- Esiz… Bir bechoraning joni uzildi-ya… Yuragim shuv etib, onamning pinjiga 
kirardim. Ishqilib boshqa yulduz uchmasin! 
Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‗z oldimga keladi. Bilmadim, ehtimol 
o‗sha oq, oydin kechalarda оnam ilk bor qo‗limga qalam tutqazgandir. 
Yulduz to‗la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar 
onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so‗ngan yulduzlari birlashib quyoshga 
aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish