279
chegaralab qo'yilgan.
Har xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik
jarayonlar bo’lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m
2
- 1 soatda),
shuningdek, titrash manbalari mavjud bo'lsa, bunday sanoat korxonalari
uchun bir qavvatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay
hisoblanadi.
Agar ko'p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati
korxonalarida yuqorida ko'rsatilgan sexlarni eng oxirgi qavatga
joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o'rtasiga
joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o'tib
ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli moddalar
ajratadigan yoki ko'plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda
iloji boricha xonaning chekka tomonlariga devorlar yaqiniga o'rnatiladi.
Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo'yoq
ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish
sexlari joylashgan bo'ladi.
Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo'lgan ishlarni bir xonada
joylashtirilganda, ularning zararlovchi omili ta'siri boshqalarga ham ta'sir
qilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda,
masalan, havo dushlari, zararli mashinalarni ajratish, havo to'siqlari va
boshqalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini yerto'lalarga
joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo'lgan ayrim hollardagina
yo'l qo'yiladi.
Xonalarga tabiiy yorug'lik tushishi muhim rol o'ynaydi.
Shuning uchun ham yoruglik tushiruvchi deraza va tuynuklarning
joylashishiga alohida e'tibor beriladi va bular albatta hisoblab chiqiladi.
Tepa tomondan yorug'lik tushishini ta'minlovchi fonarlar holatiga alohida
e'tibor berish zarur. Chunki sanoat korxonalarida zaharli moddalar
chiqishini hisobga olib, sanoat korxonasi shamollatish vositalari bilan
jihozlanishidan qat'i nazar, uni shamollatishning ma'lum vositalari bilan
jihozlash zarur hisoblanadi. Mana shu shamollatish vazifasini yorug'lik
tushirishni ta'minlovchi fonarlar amaiga oshiradi. Shuning uchun ham
yorug"lik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta'minlanadi va
shamollatish vazifasini bajaradi. Yon tomonga o'rnatilgan derazalar ham
shu vazifani bajaradi.
Binolarning devor va shiftlariga ham alohida e'tibor beriladi. Ular
ishchilarni sovuq va zax havodan saqlashi bilan birga zaharli modda va
gazlarni shimib olmasligi va bunday moddalarni undan yuvib yuborish
oson bo’lishi kerak. Binolarning tashqi devorlari albatta qiyin yonadigan
280
yoki yonmaydigan qurilish konstruksiyalaridan tayyorlanadi (masalan,
g'isht, beton, temir-beton va metall konstruksiyalar). Ular bundan tashqari
issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega.
Namlik ko'p bo'ladigan sanoat korxonalari binolari (masalan,
detallarni yuvish, bo'yash, galvanika uchastkalari) devorlari va shiftlari
suv va namlikni o'tkazmaydigan qilib tayyorlanadi.
Ba'zi bir juda zaharli va yemiruvchi xususiyatga ega bo'lgan
moddalar bilan ish bajaradigan (masalan, simob, qo'rg'oshin,
mishyak, benzol, kislotalar, oltingugurtli gazlar va boshqalar)
xonalarda, bino devorlari, pollari va shiftlari bu moddalarni) o'ziga
jamlab yoki shimib olmasligi, oson yuvib tashlash murnkin bo'lgan
materiallar bilan qoplanadi.
Ma'lumki ba'zi bir moddalarning bug'lari (simob, tetraetilv
qo'rg'oshin va boshqalar) hattoki, uncha katta bo'lmagan
miqdorlarda ham devor va shift yuzalariga o'tirib qolishi va uzoq| muddat
undan ajralib chiqib, ishlab chiqarishda band bo'lgan kishilarning
surunkali zaharlanish hodisalari uchraydi. Shuning uchun ham bunday
binolarning devorlari nitroemal yoki boshqa turdagi turg'in bo'yoqlar
bilan bo'yaladi.
Masalan, sanoat korxonalari. Binolarida galvanik ishlarini
bajaradigan,
simob
bilan
ishlatiladigan
asboblarni
ta'mirlashda
foydalaniladigan, shuningdek, moy bilan ishlatiladigan qurilmalan
yig'iladigan, akkumulatorlar zaryadlanadigan xonalarning devorlari 2 m
gacha balandlikda sopol plitkalar bilan qoplanadi.
Ba'zi bir ko'p chang ajralish bilan boradigan ishlar bajariladigan
xonalarda (masalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish
va boshqalar) chang so'rish vositalarini o'rnatish, pol va bino devorlarini
suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak.
Demak, har bir xonani ish bajarish turi, xili va holatiga qarab
jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va me'yorlariga to’la amal qilinadi.
Sanoat korxonalari xonalari pollariga ham alohida ahamiyat beriladi.
Pollar issiq, mustahkam, tarang bo'lib, ba'zi bir zarbalarga chidash berishi
va yetarli miqdorda yukni ko'taraolishi kerak. Undan tashqari sirpanchiq
bo'lmasligi va tozalashga qulay bo'lishi kerak.
Mexanika va asbobsozlik sexlarida bino pollari issiqlikni saqlovchi
materiallardan tayyorlanadi.
Agar ba'zi bir sexlarda polga ishqor yoki kislota to'kilishi xavfi
bo'lsa, bunday sexlarning pollari sopol plitkalar bilan qoplanadi.
Yong'inga xavfli sexlarda pollar yonmaydigan yoki olov ta'siriga
281
chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar
bo'lgan sexlarda ularni yuvib yuborish imkoniyatini beradigan oqova
uchastkalari ta'minlanadi.
Ko'plab yog' mahsulotlari to'kilishi mumkin bo'lgan xonalarning
poli ham sopol plitkalar bilan qoplanadi yoki betondan juda silliq qilib
tayyorlanadi.
Har qanday sanoat korxonasi xonalari yong'in bo'lgan taqdirda
odamlarni u yerdan chiqarib yuborishning eng qisqa ya xavfsiz yo'llari
bilan ta'minlanadi. Shuning uchun sanoat korxonalari har qanday binosida
kamida ikkita chiqish yo'li bo'lishi va bular iloji boricha qarama-qarshi
tomonga chiqishi kerak. Korxonaning hamma eshik va darvozalari albatta
tashqariga ochilishi kerak. Har bir sanoat korxonasi uchun eng uzoq ish
joyidan tashqariga chiqishgacha bo'lgan vaqt muddati belgilanadi.
Ishchilarni ish joylaridan tashqariga chiqarib yuborish vaqti 3
minutdan ortiq bo'lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: