. FUQAROLAR MUHOFAZASI
XVI.I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari
Insoniyat tarixida deyarli hamma davrlarda inson uchun eng
dahshatli va nihoyatda ko'ngilsiz voqea urush va bar xil qirg'inlar bo'lib
kelgan. Bu urushlarning hammasi o'zgalarning yeriga zo'ravonlik asosida
bosib olish bo'lgan. Jamiyat taraqqiyotining boshlang'ich davrlari
hisoblangan quldorlik jamiyatida ko'proq yerga va bu yerdagilarni
qullarga aylantirish yo'li bilan tekin ishchi kuchiga ega bo'lish va buning
asosida insoniyatning eng qadimdan ta'qib qilib kelayotgan eng yomon
xususiyati ko'proq boylik orttirishga bo'lgan xirs hisoblanadi. Ammo
buning natijasida ko'plab gullagan o'lkalarning xarobazorlarga aylanishi va
minglab begunoh odamlarning hayotda bemavrid ketishiga sababchi
bo'lish kechirib bo'lmaydigan voqealar sirasiga kiradi.
Feodal tuzim vujudga kelishi bilan bunday urushlarning salmog'i
yana ortabordi, bu davr qirg'inliklari haqidagi bir necha minglab tarixiy
shaharlar yo'q bo'lib ketgani ma'lum. Hozirgi zamon olimlarining taxminiy
hisob-kitoblariga ko'ra tarixiy hujjatlari ma'lum bo'lgan oxirgi 5500-yil
davomida urishda o'lganlar soni 4 mlrd. atrofida deb hisoblanadi.
Kapitalizmning paydo bo'lishi esa bu qirg'inbarot urushlarning
yanada avj olishiga olib keldi, chunki kapitalizmning rivojlanishi uchun
xomashyo bazalari zarur edi va xomashyo bazalari bo'lgan davlatlar
sanoati rivojlangan davlatlar uchun osongina g'alaba qozonish
imkoniyatini berardi. Buning asosiy sababi: industrial rivojlangan
davlatning birinchi vazifasi—qirg'in qurollarini ishlab chiqarish bo'ladi va
bu qirg'in qurollari ishlatilmasa, keyingi rivojlanish bo'lmaydi, ya'ni zavod
hamda fabrikalar to'xtab qoladi va bu ishchilar g'alayoniga sababchi
bo'ladi. Qirg'in qurollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarning
tinchlik
mahsulotlarini
ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish
288
birinchidan, katta qo'shimcha mablag' talab qiladi va ikkinchidan, tinchlik
maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulotdan keladigan foyda qirg'in
qurollaridan keladigan foydaga nisbatan bir necha marta oz.
Shuning uchun ham kapitalizm rivojlana borishi bilan qirg'in
qurollari hajmi ham orta bordi va bu qurollar mukammal qirg'in
qurollariga aylandi. Ko'rinib turibdiki, qurol- yarog'larningl
mukamallashib borishi urushlar jarayonida qurbon bo'layotganlar sonini
keskin ortib ketishiga olib keldi.
Dunyoda shu sohada tadqiqot olib borayotganlarning ma'lumot
berishlaricha 17-asrda qurbon bo'lganlar soni 3 mln kishini tashkil qilgan
bo'lsa, 18-asrda 5, 5 mln kishini, 19-asrda 16 mln ni va 20-asrda esa bu
raqam 70 mln dan oshib ketdi.
Qurbonlarning ko'payishi faqatgina harbiylar orasida bo'lib
qolmasdan, balki tinch fuqarolar o'rtasida qurbon bo'layotganlar soni ham
keskin oshib ketdi. Tadqiqotchilarning aniqlashiga ko'ra birinchi jahon
urushida 20 ta harbiyga bitta tinch aholi qurbon bo'lgan bo'lsa, ikkinchi
jahon urishida bu raqamlar tenglashdi, ya'ni bitta harbiyga bitta fuqaro
to'g'ri keldi.
Agar keyingi urushlarni olib ko'rsak, masalan, 1949-52-yillardagi
Koreya urishida bu raqam tinch aholi hisobiga besh hissa oshdi, Vetnam
urushida esa bir harbiyga 10 fuqaro halok bo'lganligi ma'lum.
Yana shuni ham ta'kidlash joizki, 20-asrning birinchi yarmida
urushlar uchun sarflangan mablag' 4 trillion dollami tashkil qilgan va bu
mablag' hisobiga yer yuzi aholisining uchdan ikki qismini talab
darajasidagi uy-joy bilan ta'minlashga yetar edi.
Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, urushlar
natijasida urushga hech qanday daxli bo'lmagan tinch aholining qirilib
ketishi yo'l qo'yib bo'lmaydigan hodisa hisoblanadi va shuning uchun
urush xavfi mavjud bo'lgan davlatlarning tashkiliy tizimlarida fuqaro
muhofazasi tizimi vujudga keldi.
Hozirgi zamonda deyarli hamma davlatlar va ayniqsa, katta kuch va
qudratga ega bo'lgan davlatlarning rahbarlari tinchliksevarlik
shiorlari bilan chiqayotgan va bu haqda har xil jahon hamjamiyatlarida
tinchliksevarlik haqida ma'ruzalar, o'qilayotganligidan qat'i nazar, oxirgi
o'n yillik davr mobaynida bir qancha qirg'in barotliklar ro'y berganidan
xabarimiz bor. Bunga misol tariqasida O'rta Osiyo mintaqasida hammani
nihoyatda tashvishlantirayotgan, Afg'onistonda bo'layotgan voqealar,
Pokiston va Hindiston davlatlari o'rtasidagi Kashmir viloyatini egaligi
haqidagi mojarolar, shuningdek, NATO davlatlarining Yugoslaviyaga
289
qilgan hujumlari va Chechenistondagi bo'layotgan voqealar keltirilishi
mumkin.
Keltirilgan dalillardan ko'rinib turibdiki, fuqarolar muhofazasi
zarurat sifatida vujudga kelgan fan hisoblanadi. Fuqarolarni mudofaa
qilish awal mudofaa vazirligining bir bo'linmasi sifatida vujudga keldi.
Uning tarkibiy qismlari belgilangandan keyin uning joylardagi bo'limlari
tashkil qilindi. Bu bo'linmalar asosan fuqarolar yashash va ishlash
joylarida tashkil qilinganligi sababli deyarli noharbiy kishilardan tashkil
topdi. Shuning uchun ularni o'qitish, urush va tinchlik sharoitlrida faoliyat
ko'rsatish me'yorlari belgilandi.
Sobiq Ittifoq davrida fuqaro muhofazasi masalalariga juda katta
e'tibor berilgan. Bunday e'tibor 30-yillardan boshlangan. Shu davrdan
boshlab Ittifoqning Yevropa hududlarida joylashgan shaharlarida fuqaro
muhofazasiga oid ishlar hamma fuqarolarning ham yashash joylarida, ham
ish joylarida olib borildi. Shuningdek, yangi qurilayotgan binolarning
deyarli hammasi bombapanalar bilan jihozlandi va eski binolarning
yerto'lalari va boshqa yer osti inshootlari bombapana sifatida qaytadan
tuzib chiqildi.
Bu qilingan sa'y-harakatlar ikkinchi jahon urushi boshlangandan
keyin bekorga emasligi, qilingan mehnat zoe ketmaganligi sezildi. Besh
yillik urush davomida bir necha minglab kishilar bombardimon vaqtida bu
bombapanalarda jon saqlaganligi ma'lum. Shuni ham aytish kerakki, bu
mudofaa masalalari urush tugagandan keyin ham to'xtatilmay davom
ettirilganligini ta'kidlash zarur. Urushdan keyingi yillarda atom quroli
ishlab chiqarilgani va bu qirg'inbarot qurol ishlatilganda fuqarolar uchun
hech ko'rilmagan miqdorda ofatlar yog'ilishi mumkinligi va shuningdek,
bu qurollarni yer sharining istagan nuqtasiga yetkazish imkoniyatini
beradigan raketalar kashf qilinishi tufayli endi urush yetib borishi qiyin
bo'lgan regionlar deyarli yo'q bo'lib qoldi va yerning istalgan nuqtasida
yadro quroli xavfi paydo bo'ldi.
Shundan keyingi davrdan boshlab fuqaro muhofazasining shakli va
strukturasi o'zgartirildi. Qurilgan bombapanalar yadro qurolining kuchi va
qudratiga bardosh beradigan tartibda qayta jihozlandi. Endigi harakat
faqatgina bomba parchalari va bosim kuchidangina emas, bomba
portlagandan keyin hosil bo'ladigan nurlanishlardan ham muhofazalanish
ehtiyojini vujudga keltirdi. Fuqarolar ish joylari va yashash joylarida
yadro qurolining dahshatli fojialar keltirishi mumkinligi tushintirildi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, yadro urushi xavfi dunyo miqyosida bir necha
marta kelib chiqishi mumkin bo'lgan holatlar mavjud bo'lgan bo'lsa ham,
290
harqalay boshlanib ketmadi va shuning uchun bu tayyorgarliklar talab
darajasida bo'lganmi-yo'qmi bu haqda bir narsa deyish qiyin.
Fuqaro
muhofazasi
faqatgina
urush
sharoitida
fuqarolarni
muhofazasini ta'minlab qolmasdan, odamzod hayotida urushdan kam
bo'lmagan talofatlarga olib keluvchi tabiiy ofatlardan saqlanish chora-
tadbirlari bilan ham shug'ullangan. Bu ikkinchi masala hozirgi zamon
sharoitida muhim ahamiyat kashf etmoqda.
Dunyo hamjamiyatida vujudga kelgan sharoit davlatlar o'rtasidagi
qarama-qarshiliklarning birmuncha yumshashiga sabab bo'ldi. Ittifoqning
tarqab ketishi va buning natijasi o'laroq boshqa hamdo'stlik davlatlari bilan
bir qatorda O'zbekiston Respublikasining o'z mustaqilligini ta'minlagani
NATO davlatlariga bo'lgan awalgi qarama-qarshilikni yo'qotdi va shuning
bilan birga O'zbekiston delegatsiyasi NATO sammitlarida qatnashishi
ijobiy samaralarga olib kelishi tabiiy. Shuning uchun ham O'zbekistonda
fuqaro muhofazasi xizmati favqulodda vaziyatlar vazirligiga aylantirildi.
Hozirgi tinchlik zamonida, ayniqsa, mustaqil O'zbekiston o'z
yuksalish yo'lidan borayotgan holatida hech qanday tinchsizlikning
bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston tinchliksevar o'lka va u hech kimning
tinchligini buzmoqchi emas. Ammo tabiat ato etgan bu o'lka birmuncha
favqulodda hodisalar o'chog'i bo'lib kelgan. Ayniqsa, u o'rnashgan hudud
zilzila xavfi mavjud bo'lgan hudud hisoblanadi. Shuning uchun uning har
bir fuqarosini bu o'lkada bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday favqulodda
hodisalardan ogoh qilish va favqulodda hodisa ro'y bergan taqdirda undan
muhofazalanish chora-tadbirlarini belgilash va bunday holatlarda aholini
iloji boricha bu hodisalardan kam talofat bilan qutilib ketish chora-
tadbirlariga o'rgatish «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining eng muhim
bo'lagi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |